Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1536017
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
9-uzbek



SOYIBJON TILLABOYEV, AKBAR ZAMONOV 
O
’ZBEKISTON TARIXI 
(XIX ASRNING IKKINCHIYARMI-XX ASR BOSHLARI) 
Umumiy o
’rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik 
TAHRIRIYATI TOSHKENT-2014 
КIRISH 
Biz tariximizdan biror sahifani ham olib tashlamaymiz. Bu tarix bizniki, uni 
unutishga hech kimning haqqiyo
’q. 
Islom KARIMOV 
Tarixiy xotirasiz kelajak yo
’q 
Vatan-bu biz tug
’ilib o’sgan zamin, kindik qonimiz to’kilgan tuproq, bobolarimiz 
izlari qolgan, ajdodlarimiz merosi, avlodlarimizga qoladigan yurtdir. Dunyoda 
Vatanga muhabbatdan qudratliroq biron-bir tuyg
’u va uning sog’inchidan 
kuchliroq his yo
’q. Vatan millatni yuksaltirguvchi milliy g’ururdek jozibador, 
sehrli bir tuyg
’uni uyg’otadi. Xalq qanchalik or-nomusli, g’ururli bo’lsa, undagi 
Vatan hissi va milliy ong ham shunchalik yuqori bo
’ladi. Ona yurt-bir umrlik 
makon, diyor tabiati, el urf-odatlari, an
’analari, ertak va afsonalaridir. Vatan 
hamisha navqiron va suyuklidir. Vatan millatning ma
’naviy-madaniy zaminini 
yaratib beradi va har bir avlod bobolarining yurtga bo
’lgan muhabbatlarini 
o
’zida tashigan holda so’nmas Vatan mehri bilan bu dunyoga qadam qo’yadi. 
Vatan tarixida yuksaklarda parvoz etilgan pallalar ham, murakkab va mushkul 
damlar ham bo
’ladi. Vatan mustaqilligi va bus-butunligini, o’z milliy ozodligini 
davr va zamon suronlaridan omon saqlab qola olgan xalq eng saodatli xalqdir. 
Har bir fuqaro uchun o
’z vatani va xalqi tarixini bilish esa muqaddas burchdir. 
Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o
’z maqsad-muddaolari, shu bilan birga, 
umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma
’naviy dunyosini 
yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida 
ahamiyat kasb etadi. Ya
’ni tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, 
xalq bosib o
’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va 
qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o
’rganilgan 
taqdirdagina chinakam tarix bo
’ladi. 
* Karimov I. A. Yuksak ma
’naviyat-yengilmas kuch. Т.: `Ma’naviyat`, 2008. 94-
bet. 
Qo
’lingizdagi O’zbekiston tarixi darsligi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr 
boshlarida sodir bo
’lgan voqealarni o’z ichiga oladi. Bu davr Vatanimiz 
tarixining eng murakkab va ziddiyatli yillaridir. Bu, bir tomondan, Rossiya 
imperiyasi istilosi tufayli og
’ir kulfatlar, yo’qotishlar keltirgan bo’lsa, ikkinchidan, 
ota-bobolarimiz, mustamlaka jabr-zulmiga qarshi Vatan ozodligi va mustaqilligi 
uchun qahramonona kurashlarini davom ettirdilar, uchinchidan, Vatan ravnaqi 
yo
’lida fidokorona mehnat qilib, katta ma’naviy va moddiy bunyodkorlik 
ishlarini amalga oshirdilar. 
Aziz o
’quvchilar! Siz ushbu darslikni o’qish jarayonida yaqin o’tmishimizdagi 
turli-tuman tarixiy hodisalar tafsilotiga duch kelasiz. Bu hodisalarga teran baho 


berish nihoyatda mushkul. Mustaqil davlatchiligimiz mohiyatini to
’la anglab 
yetish uchun mustamlakachilik sharoitida shu hududda yashagan xalqlarning 
boshidan kechirganlari, jabr-zulm, turli sitamlarga qaramay, o
’z e’tiqodi, 
qadriyatlari va ezgulik yo
’lidagi sobitdaqamligini saqlab qolganligi haqidagi 
tarixiy voqeliklarni bilishi muhimdir. 
Bundan tashqari darslik bilan tanishishda quyidagi masalalar bo
’yicha 
atroflicha ma
’lumotlarga ega bo’lasiz: 
-Rossiya imperiyasi istilosi arafasida O
’rta Osiyo xonliklari (Buxoro amirligi, 
Xiva va Qo
’qon xonliklari)dagi mavjud madaniy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
holat; 
-O
’rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan istilo etilishi; 
-Rossiya imperiyasining Turkistonni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma
’rifiy 
jihatdan mustamlakaga aylantirish uchun tutgan siyosati va uning oqibatlari; 
-Turkiston o
’lkasida milliy davlatchilikni tiklash va istiqlolga erishish uchun olib 
borilgan kurashlar, jadidchilik harakatlari va ularning dastlabki qadamlari. 

В О’ L I М 
XIX ASR O
’RTALARIDA O’ZBEK XONLIKLARINING SIYOSIY, IQTISODIY 
VA MADANIY HAYOTI 
Bo
’limni o’rganish natijasida: 
-O
’rta Osiyo xonliklarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli; 
> qishloq xo
’jalik, savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishi; 
> yer egaligi shakllari, soliq va majburiyatlar; 
> XIX asr o
’rtalarida Turkiston aholisi madaniy hayoti haqida bilib olasiz. 
l-

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling