Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
130 Robiya keyin birovga xotin bo‘lgan, buning dog‘ini qanday yuvish mumkin? Robiya yuzini qo‘llari bilan to‘sib yum-yum yig‘lay boshladi. Uning bo‘ynidagi marjonlari, sochiga taqilgan chiroyli kumush chochpopuklari, egnidagi atlas ko‘ylagi— hammasi o‘sha boy savdogarning puliga kelgan. Tohir shuni o‘yladi-yu, uning nazarida, Robiya o‘lgan eriga kuyunib yig‘layotganday ko‘rindi. — Robiya, rostini ayt, sen eringga... sodiqmisen?! — Meni pulga sotdilar! Zo‘rlab nikohladilar! — Bo‘lmasa nechun muncha kuyunib yig‘laysen! — Men sizga vafo qilolmaganimga kuyunamen! Sizni unutganim yo‘q edi, Tohirjon og‘a! Mana, tepamizda xudo turipti! Bu savdogar sizning tirnog‘ingizga ham arzimas edi! Lekin meni unga qul qilib berdilar. Tohir tishini-tishiga bosib so‘radi: — Bolang bormi? Robiya yig‘i aralash bosh chayqadi: — Men nomiga xotin edim... Aslida beva... Bir vaqtlar gulday qiz bo‘lgan Robiyaning o‘zini «xotin», «beva», deb atashi Tohirning borlig‘ini qaqshatib yubordi. Robiyaday qizga olti yildan beri «it tegmay» yurishi mumkin emasligini u ilgari ham xayolida ko‘p o‘tkazardi. «Faqat tirik topsam bas!» deb qidirardi. Biroq Robiyani topgani bilan yoshlikdagi beg‘ubor, sodda baxti endi abadiy topilmasligini u ilgari bilmas edi. Badandagi og‘ir jarohat tuzalganda ham chandig‘i umrbod qolganiday, boshlariga tushgan savdoning dahshatli izi ko‘ngillaridan osonlikcha ketmasligini Tohir endi sezmoqda edi. Robiya ham abadiy yo‘qolgan beg‘ubor yoshligiga kuyunib yig‘lamoqda edi. — Robiya, bas! Omon qolganimizga shukr qil, qani, yur! Tohir Robiyaning bilagidan olib tashqariga boshladi. Qiz yig‘idan to‘xtab: — Qayoqqa? — dedi. — Sen hali ham mening qallig‘imsen. Yur, tezroq! — Axir men... men narsalarimni olay! — Hech narsa olmaysen. Hammasini unut. Ikkinchi yodimga solma! Tashqi hovliga chiqqanlarida Robiya yuk tashiyotgan navkarlarni ko‘rdi-yu: — Ko‘chada... uyalamen! — dedi. — Yopinchig‘im yo‘q. Tohir chakmonini yechib berdi. Robiya tovoniga tushadigan uzun simobi chakmonni boshiga yopindi-yu, Tohirning otiga mingashib chiqib ketdi. Keyin Tohir Qosimbekka arz qilib, Faqih Abullays mahallasidan Shayboniyxonning odamlari tashlab ketgan durustgina bir hovlini oldi. Robiyaning iddasi o‘tgach, mahalla imomi uni Tohirga nikohlab berdi. 6 Kechasi yoqqan qalin qor har bir tomni, devorni, har bir daraxt va gumbazni mayin oq hoshiya bilan bezab chiqqan. Bobur Bo‘stonsaroyning yuqorigi qavatidan shaharga qarab turibdi. Toza qor orasidan jimjima bo‘lib ko‘rinayotgan daraxt shoxlari hozir uning nazarida xuddi oq qog‘ozga bitilgan nasta’liq* xatiga o‘xshab ketadi. Bugun Hirotdan, Alisher Navoiydan kelgan xat ham nasta’liq bilan yozilgani esiga tushdi-yu, qalbidagi quvonch va faxr tuyg‘usi yangi bir kuch bilan mavjlana boshladi. Bobur Samarqandni Shayboniyxondan tortib olgandan beri uning jasoratiga tan berib she’r yozganlar, satrlardan abjad hisobi bilan g‘alabaning aniq sanasini chiqargan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling