Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
269 Ba’zilarini Humoyunning odamlari, ba’zilarini Xo‘ja Kalonbekning navkarlari ta’qib etmoqda. Lekin ularning otlari ertalabdan beri u yoqdan-bu yoqqa chopib, charchab qolgan. Tohirlarning tobinda dam olib turgan otlari jangdan toliqib qolgan otliqlardan o‘tib, yovga birpasda yetib oldi. Yengilgan qo‘shin bo‘linib-bo‘linib qochayotgan bo‘lsa ham cho‘g‘i juda katta ekani Tohirga yaqin borganda bilindi. Har to‘pda yetti ming-sakkiz ming keladigan qo‘shin. Ularga nisbatan quvib kelayotganlarning to‘pi juda kichik. Yovning har to‘pida qator- qator fillar kelayapti. Lekin ularning orasida oq fil yo‘q. Balki Ibrohim fildan tushib, ot minib ketayotgandir? Qosimtoy bilan Tohir o‘zaro maslahatlashishdi-yu, yovning kichikroq ko‘ringan bir to‘pini ikki yonidan aylanib o‘tib, oldilaridan to‘sib chiqishdi va bir suruv filni egalari bilan asir olishdi. Ularning orasida Ibrohim Lodi yo‘q edi. Qosimtoy filbonlarni hind tarjimon orqali so‘roq qila boshladi. — Ayt, Ibrohim Lodining qaysi to‘pda ketayotganini ko‘rsatib bersa ozod qilamen! Filbonlardan biri orqada qolgan jang maydonini ko‘rsatib, kuyib-pishib allanarsa dedi: — Ibrohim mingan fil yaralanib yiqilgan emish, uning o‘zi o‘lganmish, — dedi tarjimon. Lekin Qosimtoy bunga ishonmadi: — Bizning odamlar Ibrohimning qochganini ko‘rgan. So‘ra, rostini aytsin, bo‘lmasa boshi kesilgay! Birinchi filbon yana avvalgi gapini takrorladi. Chindan ham Ibrohim jang maydonida o‘lgan edi. Lekin Qosimtoy filbonning gapidan ko‘ra boya Boburga axborot bergan yasovulning gapiga ko‘proq ishonar edi. Qosimtoy siqishtira bergandan keyin boshqa bir filbon tusmol bilan Ibrohimning daryo bo‘ylab ketib borayotgan katta to‘pda ekanini aytdi. Uchinchi bir filbon o‘ng tomonda ketayotgan to‘pni ko‘rsatdi. Qosimtoy hamma filbonlarni fillari bilan birga maxsus navkarlarga topshirib, Boburning ixtiyoriga yubordi. Keyin daryo bo‘ylab chekinayotgan to‘pning ketidan tushdilar. Bu to‘pda fil mingan, ot mingan va Lodi qo‘shinining eng jangovar qismi hisoblanadigan rajputlar ko‘p edi. Qosimtoy daryo tomonda, Bobobek bilan Tohir o‘ngdan aylanib o‘tib, ularning yo‘llarini to‘sib chiqdilar. Rajputlar ta’qib etayotganlarning nisbatan oz ekanligini ko‘rdilaru kamonlariga o‘q o‘rnatib, qilich yalang‘ochlab, dadil jang qila boshladilar. Tohir kamoniga o‘q o‘rnatib otayotganda singan barmog‘ining jonsizlanib, ishlamay qolganini sezdi. O‘qning uchini boshqa barmoqlari bilan tutib, kamonni tortib otdi. O‘q qilich yalang‘ochlab kelayotgan qora bir odamning ko‘zi aralash yuziga tegdi. O‘q yegan rajput bir qo‘li bilan yuzini changallab, otdan yiqilib tushdi. Bu orada polvontaxlit bir rajput Tohirga yaqin kelib qoldi. Tohir kamoniga qayta o‘q o‘rnatishga ulgurmasligini sezdi-yu, qilichini sug‘urdi. Rajput polvoni oltita keskir tig‘i bor chakra degan qurolini ko‘tardi. Tohir uning chakra tutgan qo‘liga qarab qilich sermadi. Qilich chakraga qarsillab tekkanda Tohirning singan boshmaldog‘idan badaniga shunday og‘riq tarqaldiki, vujudi zirqirab ketdi. Shishib ketgan boshmaldoq qilichning dastasini qo‘lidan qanday chiqarib yuborganini bilmaydi. Faqat qilich yerga uchib tushganini ko‘rib, belidan xanjarini olmoqchi bo‘ldi, lekin ulgurmadi. Olti tig‘li keskir chakra uning bo‘yni va o‘ng yelkasiga shunday bir zarb bilan urildiki, kiftidan engagigacha hamma joyini qiymalab tashlaganday tuyuldi. Tohir ko‘zi tinib otning yoli ustiga ko‘kragi bilan tushganda chakraning yana bir zarbasi uning zirhli kiyimiga qarsillab urildi. Tohir dahshatli og‘riq ichida: «Endi bu meni otdan yiqitmaguncha qo‘ymaydi! — deb o‘yladi. U otdan yiqilsa jasadi tuyoqlar tagida qanday majaqlanishini tasavvur qildi-yu: — Tezroq hushimdan ketsam edi!» — dedi. Shu payt Mamat yetib kelib, dastasi uzun oyboltani chakra ko‘targan rajputning qo‘liga urdi. Chakra yerga tushib ketdi. Mamat qonga belanib, egardan sirg‘alib tusha boshlagan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling