Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
295 ishongan va uning amrida bo‘lgan oshpazlarni ishga olgan ekan-da! Bu oshpazlar tayyorlagan hindcha taomlarni yeyish bilan el-ulusning ko‘nglini olmoqchi bo‘lgani ham, uning o‘z kuchiga ortiq darajada ishonganidan kelib chiqmaganmikin? Holbuki, kechagi dushmanlarni bugun darhol do‘stga aylantirish osonmi? Xususan, Baydadek farzand dog‘ida kuyib yurganlar yoki oshpaz Bahluldek inisining qasdini olmoqchi bo‘lganlar bilan muomalada ehtiyotkorroq bo‘lishi kerak emasmidi? Kobulda Mohim begim aytgan iztirobli gaplar yana uning yodiga tushdi. Begona yurtdan borgan fotihni osonlikcha kechirmasliklari, uning qilichidan paydo bo‘lgan yaralar asrlar davomida bitmasligi rost bo‘lsa... Bobur bu mamlakat xalqining ko‘nglini olishi uchun qancha ko‘p yillar kerak bo‘ladi? Bunga uning umri yetarmikin? Umuman, bu o‘zi erishish mumkin bo‘lgan maqsadmi yoki sarob?.. Bu o‘ylardan Bobur yana boshi berk ko‘chaga kirib qolganday bo‘ldi, kelajak ko‘ziga qorong‘i ko‘rinib ketdi. Faqat tanasiga asta-sekin qaytib kelayotgan hayotiy kuchlar shu zulmatni yorib o‘tib kelayotgan yog‘dularday iliq tuyulardi. O‘sha kecha Bobur yaxshi uxladi. Ertasi kuni tabib uning tomiridan ko‘proq qon olmoqchi bo‘ldi. — Zaharlangan harom qonni chiqarib yuborgaymiz, hazratim. Yana biror hafta qimirlamay yotmog‘ingiz kerak. Bobur bunga e’tiroz qildi. Busiz ham uning darmoni ketib qolgan edi. Agar tabib ko‘p qon olsa uzoq yotishi aniq. Holbuki, «Podshoh o‘lim to‘shagida yotgan emish!», «Umid yo‘q emish!» degan ovozalar tarqalgan, qulay fursat kutayotgan g‘animlar jonlanib qolgan edi. Beklar ham Boburning tezroq ko‘pchilikka ko‘rinishini istar edilar. Oradan yana ikki kun o‘tgach, Bobur tantanali marosimlarda kiyadigan kiyimlarda devoniomga chiqdi. Baland taxtning ikki tomonida tizilib turgan yuzdan ortiq amirlar, sarkardalar, viloyat hokimlari ta’zim bajo keltirib bo‘y egdilar. Bobur taxtga shoshilmay chiqib o‘tirgach, ikkita navkar malika Baydani poygahdagi eshikdan olib kirdi. Kampir hali ham boshdan-oyoq oq kiyib, o‘g‘li Ibrohimga aza tutib yurar edi. Faqat qaddi avvalgidan bir oz bukchayganroq. Lekin ko‘zlari Boburning yuziga tushganda uning og‘ir kasalga o‘xshab sarg‘ayib qolganidan qanoat hosil qilganday mamnun yiltiradi. Eshik og‘a Muhammad Do‘lday malikani so‘roqqa tutib, suiqasdga yana kimlar ishtirok etganini surishtira boshladi. — Suiqasd emas, bu intiqom! — dedi malika. — Podshoingiz to‘kkan qonlarning qasosi bu! Menga yordam bergan oshpaz ham, Ahmad Choshnagir ham, kaniz ham botir qasoskorlar edi. Hammasi mardlarcha jon berdi. Endi navbat meniki. Men o‘g‘limning dog‘ida kuyib kul bo‘lganman. Endi qo‘llaringdan kelsa kulimni ko‘kka sovuringlar! Malika saroyda hamma tushunadigan forsiy tilda gapirmoqda edi. A’yonlar nafaslarini ichlariga olib, yerga qarashdi. Malika bir o‘limni bo‘yniga olib kelgan endi har bir so‘zni o‘qqa aylantirib yoviga dadil otar, Boburning g‘azabga to‘lib, jallod chaqirishini, qurolsiz onaga qarshi barcha qurollarini ishga solishini istardi. O‘shanda ma’naviy g‘alaba malika tomonida bo‘lar, uning dovyurakligi og‘izdan-og‘izga o‘tib, odamlarning ehtiromini qozonar edi. Buni Bobur ham sezdi-yu, o‘zini bosib, Malikdod Koroniyga qaradi. — Bu qanday yosumanlik! — dedi Malikdod Koroniy Baydaga. — Shunchalik o‘ch olish niyatingiz bor ekan, a’lohazratning inoyatlarini nega qabul qildingiz? — Niyatimga yetishim uchun shunday qilishim kerak edi! — A’lohazrat sizni «Mo‘’tabar onamizdek e’zozlang!» deganlarida yig‘lab minnatdorchilik bildirganingiz bizning yodimizdan chiqqan emas! — Men u paytda nafratim zo‘ridan yig‘lagan edim! O‘g‘limning kushandasiga ona bo‘lishdan qiynalib ko‘zim yoshlangan edi! — Yo alhazar! Axir siz ham Muhammad ummatisiz, muslimasiz-ku! O‘g‘lingiz bularga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling