Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
o‘ziga olganday bo‘lib. 
Mulla Fazliddin pargorni yerdan ko‘tarar ekan: 
— Yo‘q, aksincha, begim, sizning nazaringiz tushgan naqsh yanada yaxshiroq chizilgay! 
— Men eshitdimki, mavlono musavvir ham emishlar. 
— Aslida me’morlar musavvirlik san’atidan xabardor bo‘lmoqlari darkor. 
— Undoq bo‘lsa mening suratimni chizib ko‘ring! 
Kutilmagan bu taklifdan cho‘chigan mulla Fazliddin atrofga alanglab qaradi. To‘rxonada 
boshqa hech kim yo‘q. Shunday bo‘lsa ham ovozini pasaytirib dedi: 
— Bajonidil chizar edim... Faqat... 
— Xavotir olmang, mavlono, men sir saqlashga qodirmen! 
— Agar men chizgan surat narigi dunyoda jon talab qilsa, qaydan topurmen, begim? 
Mulla Fazliddin bu so‘zlar bilan shariat surat chizishni man etganini, agar qo‘lga tushsa 
joni xavf ostida qolishini aytmoqchi edi. Xonzoda begim uning ochiq aytolmagan fikrini 
tushundi-yu, jilmaydi: 
— Agar suratim uchun sizdan jon talab qilsalar, menga ayting, men o‘z jonimni 
bergaymen! 
...Mulla Fazliddin po‘lat sandiqda yashirib yurgan suratni mana shu gaplardan keyin 
chizishga jur’at etgan edi. Shundan keyingi to‘polonlarda u Xonzoda begimni uzoq vaqt 
uchratolmay yurdi. 
Nihoyat, bultur kuzda mana shu Buratoqqa Xonzoda begimning o‘zi kelib qoldi. Bobur 
Samarqandga ketishda o‘z onasi va egachisiga «O‘shdagi hujradan xabar olursizlar», 
deb tayinlab qo‘ygan ekan. Mezon oyida O‘shga mehmon bo‘lib kelgan Xonzoda begim 
bitta kanizi bilan Buratoqqa chiqdi. Mulla Fazliddin o‘sha paytda yolg‘iz shogirdi bilan 
ishlamoqda edi. Har bitta g‘ishtni, yog‘ochni, har bir ko‘za suvni pastdan olib 
chiqqunlaricha tinkalari qurib ketardi. Marmar yo‘nib sangkorlik qilishga sangtarosh yo‘q. 
Sirlangan koshin olish-ga pul yo‘q. Bu hammasi mulla Fazliddinni juda qiynab qo‘ygan. 
Lekin bu mushkulotlarni Xonzoda begimga qandoq aytadi? Begimning marvarid qadalgan 
ipak toqisi*dan tortib uchi qayrilgan qizil etikchasigacha butun borlig‘i shunday nafis 
ko‘rinar, bu samoviy go‘zallik oldida tosh va g‘ishtdan gap ochish juda erish tuyulardi. 
Biroq Xonzoda begim mulla Fazliddindan bo‘lajak hujraning rejasi chizilgan tarhni so‘rab 
oldi. Qog‘ozga qarab turib: 
— Gumbazini koshin bilan bezatmoqchi bo‘libsiz, koshiningiz yetarlikmi? — dedi. 
Mulla Fazliddin endi dardini aytishga majbur bo‘ldi. Bu qiz me’morlik san’atidan ham 
xabardor bo‘lib, anchagina kitob mutolaa qilgan ekan. 
— Bobur mirzo zafar bilan qaytsalar, xudo rahmati otamning o‘sha orzularini ro‘yobga 
chiqarurlar, — dedi. O‘shanda yana o‘zingiz bosh bo‘lursiz, mavlono! 
Dunyoda hali hech bir tovush mulla Fazliddinga bunchalik yoqimli tuyulmagan edi. 
Xonzoda begim har gal uni «mavlono», deb ulug‘lash bilan go‘yo porloq bir istiqbol va’da 
qilganday bo‘lardi. Podshoh oilasidan me’morchilik san’atini shunchalik biladigan, 
qadrlaydigan ittifoqdosh topilgani mulla Fazliddinning ko‘nglini ko‘taribgina qolmay, 
qalbida g‘alati bir zavq va dadillik uyg‘otdi. 
U sirpanchiq qoyatoshga ko‘tarilishdan ko‘ra tushish qiyinligini bilar edi. Shuning uchun 
Xonzoda begimni pastga kuzatib tusha boshladi. Xalq «qilko‘prik» deb nom qo‘ygan tor 
va xatarli tosh so‘qmoqdan o‘tayotganlarida Xonzoda begimning oyog‘idagi tagi silliq 
charmdan tikilgan etigi toyib ketdi. Xonzoda begim muvozanatini yo‘qotib, yonida 
borayotgan kaniziga qo‘l cho‘zdi. Ammo kaniz ham zo‘rg‘a kelayotgan edi, ikkovi barobar 
chayqalib ketdi. Kaniz qo‘rqib chinqirib yubordi. Ular pastdagi chaqir toshlarga yiqilib 
tushadigan bo‘lganda mulla Fazliddin oldinga sakrab o‘tib, ikkovini ikki qo‘li bilan 
quchoqlab tutib qoldi. Yoshgina kaniz qo‘rqqanidan mulla Fazliddinning yelkasiga 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling