Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
57 boshlagan Ahmad Tanbal ovozini xiyol ko‘tarib. Uning bu so‘zlari Boburning qulog‘iga ham chalindi. Bugun tog‘dan haydab tushilgan behisob qo‘y va yilqilar saroy ahlining Samarqandga yurish qilish ishtiyoqini yana ham oshirib yuborgani Boburga tobora aniq sezilmoqda edi. Ilgari ham ularning bu ishtiyoqlariga qarshi borish qiyin edi. Ammo hozir bek va navkarlarning Samarqandga intilishi — tog‘ daryosining yuqoridan pastga qarab otilishiga o‘xshardi. Bu daryoni orqaga qaytarish hech kimning qo‘lidan kelmasdi... ____________ * M a v k a b — podshoh va uning barcha a’yonlari, yaqinlari. * H a f t k o r — yetti xil rang. 6 Oqish suvli jo‘shqin Burasoy O‘sh qal’asining tosh yotqizilgan poydevoriga bosh urib, ko‘pirib o‘tadi. Soyning o‘ng betidagi serdaraxt mahallada mavlono Fazliddin bulturdan beri istiqomat qilayotgan peshayvonlik mo‘’jaz bir uy bor. Uning oldidagi besh-oltita nok va behi daraxtlari hozir oppoq bo‘lib gullab turipti. Hovlining chetidagi bostirmaga ikkita ot bog‘lab qo‘yilgan. Berigi yoqdagi oyoqlari uzun to‘riq qashqa otni anjomlari bilan Bobur mirzo in’om etgan edi. Mavlono Fazliddin podshohning xos me’mori qilib tayinlangan, unga yaxshigina ulufa* belgilangan edi. Buning hammasidan mavlono Fazliddin o‘zida yo‘q xursand bo‘lib yurgan edi. Biroq keyin ba’zi bir noxush xabarlarni eshitib, ko‘ngli g‘ash torta boshladi. Mavlono Fazliddin Andijonda qurmoqchi bo‘lgan katta imoratlarini shu bu yil yozdayoq boshlash orzusida edi. Bobur mirzo ko‘rsatgan marhamatlar bu orzuning ro‘yobga chiqishiga yo‘l ochganday bo‘lgan edi. Hatto Bobur mirzoning o‘zi uni borgohda qabul qilib, qanaqa madrasa, qanday xonaqoh va kutubxonalar qurish haqida gaplashgan, mavlononing bu haqdagi takliflarini ma’qullagan, «Xonzoda begim biz yo‘g‘imizda mutasaddi bo‘lurlar, rejalarni butun tafsilotlari bilan tuzib, begimga ko‘rsatursiz», degan edi. Ish ustida yana Xonzoda begim bilan uchrashishini o‘ylaganda, mavlononing qalbida qo‘rquv aralash shirin bir hayajon qo‘zg‘alar edi. Biroq Bobur yaqinda yana Samarqandga qo‘shin tortib bormoqchi ekanligi, davlatning butun kuchi shunga ketib, qurilishlar noma’lum vaqtga kechiktirilishi ma’lum bo‘ldi. Agar Bobur Samarqandni ololmay, urushda yengilsa, unda mavlononing barcha orzulari o‘z- o‘zidan puchga chiqadi. Agar Bobur Samarqandni olsa, tabiiy, o‘sha yerda podshoh bo‘lib qoladi. Keyin u Farg‘ona vodiysida katta qurilishlar qiladimi, yo‘qmi? Odatda, podshohlar qayerni poytaxt qilsalar, o‘sha yer ko‘proq obod bo‘ladi. Andijon yana poytaxt bo‘lishi gumon. Demak, mavlononing bu yerda qilmoqchi bo‘lgan ishlari, barcha rejalari qum ustiga qurilganday omonat. Hozir ayvonda eski handasa va riyoziyot kitoblarini titkilab, kerakli bir jadvalni axtarayotgan mavlono mana shu narsalarni o‘ylab, ta’bi tirriq bo‘lmoqda edi. Bir payt darvoza ustma-ust taqilladi. Bostirmada otlarning tagini tozalayotgan keksa xizmatkor yog‘och kuragini devorga suyab qo‘yib, darvozaga qarab o‘tdi. Birpasdan so‘ng xizmatkor ayvonning oldiga qaytib keldi-yu: — Mavlono, bir kimsa huzuringizga kirmoqchi. — Kim? — Kiyimi uvada, o‘zi bahaybat bir yigit. «Jiyanlari bo‘laman», dedi, ammo men sizdan beruxsat kirgazmadim. — Jiyanim? Shoshmang-chi! — deb, mavlono o‘rnidan turdi. Yalang oyog‘iga charm |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling