Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
73 oldida darhol non kavshashdan o‘zini tutdi. Faqat nonning hididan mast bo‘lganday ezma-lanib gapira boshladi: — Nonday aziz bo‘ling, uka. Biz ko‘rgan kunlarni hech ko‘rmang. Qo‘ldan berganga qush to‘ymas. Jotib jesang bu non ikki kunga ham jetmaydi. Lekin men shuning kuchi bilan qishlog‘imga jetib olaman. Ana u tovning orqasida og‘a-inilarim bor. Biz o‘zbekning qo‘yanquloq urug‘idanmiz. Qishlog‘imga jetib borsam, bir-ikki qop g‘alla tovib kelaman. Lekin bo‘sh qop tik turmas ekan, uka. Bitta cho‘bir otim bor edi, kuzda so‘yib jeb qo‘ydik. Piyoda ketay desam, och odam tovda jig‘ilib sovuqda qotib o‘laman, deb qo‘rqdim. Mana en-di qo‘rqmasam bo‘ladi... — Men sizni qayerdan topamen? — dedi Tohir unga avvalgi va’dasini eslatib. — Ko‘nchilik guzarida uyim bor. Mamat polvon desangiz, hamma biladi. Bir vaqtlar polvon edik, uka. Mana endi gavdamizni zo‘rg‘a ko‘tarib juribmiz. — Esingizda bo‘lsin, qizning oti Robiya. Mamat polvon bu nomni bir-ikki takrorlab xotirasiga joylagach: — Agar xabari chiqsa, sizni qayerdan tovaman? — dedi. — Qosimbekning navkarimen. Otim Tohir. — Xo‘p, Tohirbek, men sizni qidirib tovamen. Bizning odamlar sizga jamanliq qilgan bo‘lsa, siz menga jaxshiliq qildingiz. Bu jaxshilig‘izni albatta qaytaraman. Xayr! Tohir uning orqasidan qarab qoldi. «Quvada ukasining balchiqqa botib o‘lganiga men sababchi bo‘lganimni bilsa nima qilarkin?» deb o‘ylandi. Mamat esa nariroqqa borib shosha-pisha qo‘yniga qo‘l tiqdi-yu, issiq nondan bir burda uzib olib, tez og‘ziga soldi. 4 Andijonlik bek va navkarlar «Samarqandni olsak hamma mushkullarimiz oson bo‘ladi», deb o‘ylagan edilar. Biroq eng katta ishkalliklar Samarqand olingandan keyin boshlandi. Uch ming kishilik qo‘shinning besh-olti ming ot-ulovi bor. Qahraton qishda qamaldan abgor bo‘lib chiqqan shaharda na ochlarni to‘ydirib bo‘ladi, na qo‘shinga oziq-ovqat yetkazib bo‘ladi, na otlarni yem-xashak bilan ta’minlab bo‘ladi. Shahar darvozalari ochilgan, bu yog‘i O‘ratepagacha, bu yog‘i Qarshigacha barcha tomonlarga tuya karvonlari jo‘natilgan, bozor va rastalarni tiriltirish uchun turli choralar ko‘rilayotgan bo‘lsa ham poytaxtda hayot hali-beri izga tushadiganga o‘xshamas edi. Samarqand so‘nggi yillarda ko‘p marta qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, dahshatli talon-torojlardan qashshoqlanib qolgan edi. — Bu mushkulotlar ko‘z ochib-yumguncha o‘tib ketgay,— deb, mashvaratlarda Boburning ustozi Xo‘ja Abdulla andijonlik beklarni sabr-qanoatga chaqirar edi:— Bahor yaqin, pishiqchilikka yetsak, og‘ir kunlarni ko‘rmagandek bo‘lib keturmiz. Tanqisliklar o‘tur, ammo bu yog‘i Qarshiyu Shahrisabzgacha, u yog‘i O‘shu O‘zgangacha — shunday ulug‘ mamlakat qolur. Tangrim bizga shunday katta kishvarni inoyat qilgani uchun, biz Samarqandday olamshumul dorussaltanaga muyassar bo‘lganimiz uchun shukronalar aytmog‘imiz kerak. Bobur mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr yana Ulug‘bek davridagi kabi birlashsa, poytaxt asliga qaytsa, hamma viloyatlar hamjihatu obod bo‘lsa. Amirzodamning bu orzulari sizu bizning muqaddas maqsadimizdir. Ilohi omin, parvardigori olam bizni bu maqsadimizga ham yetkazsin! Bu gaplar Xonqulibek va Ahmad Tanbalga o‘xshagan beklarning g‘ashiga tegsa ham, ular mashvaratga to‘plangan boshqa beklar qatori: — Ilohim omin! — deyishib, yuzlariga fotiha tortadilar. Chetdan qaragan odam buni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling