"boburnoma" asaridagi tilga oid ilmiy-badiiy topilmalar


Oriental Renaissance: Innovative


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana03.12.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1798007
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
boburnoma-asaridagi-tilga-oid-ilmiy-badiiy-topilmalar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
816 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
kabi o’nlab ijodkorlar,Xoja Abdulla Marvariy, Qul Muhammad Udiy, Behzod, Shoh
Muzaffar kabi ko’plab san’atkorlar tavsif etilib, ularningijodiy faoliyatlariga xolis 
baho beriladi. 
Jumladan, Alisher Navoiy haqida shunday deyiladi: “ Alisherbek naziri yo’q 
kishi edi.Turkiy til bila to she’r aytibturlar,-hech kim oncha ko’p va xo’p aytqon 
emas”. ―Boburnoma‖ 15- asr o’zbek badiiy nasrining yorqin namunasi sifatida sof 
badiiy lavhalar, jonli tasvirlar,an’anaviy lirik chekinishlarga boy.Nasriy matn ichida 
keltirilgan xalq vaqol-matallari,iboralari,ibratli o’gitlar,she’riy parchalar uning 
badiiyligini yanada oshiradi,o’ziga xos joziba bag’ishlaydi. 
―Boburnoma‖ ni o’rganishga xissa qo’shgan O’zbekistonlik olimlarning ilmiy 
izlanishlari ham,bu asarning nechog’lik nodirligini izohladi.Professor Fitrat 
tomonidan tuzilgan ―O’zbek adabiyoti namunalari‖ xristomatiyasida ―Boburnoma‖ 
dan parchalar, Boburning 31 g’azali . 2 masnaviy va 28 ruboiy berilgan. M.Sale 
―Boburnoma‖ ni rus tiliga to’la tarjima qilib, 3 marta (1958,1982,1993) nashr ettirdi 
(S.Azimjonovaning kirish so’zi va taxriri ostida).P.SHamsiyev va S.Mirzaevlar 
tomonidan―Boburnoma‖ ning ikki jildli (1948) va bir jildli (1960) nashri chop
etildi.1956-66 yillarda Boburning uch jildli tanilgan asarlari chop etilib, unga 
Boburning she’riy devoni (1-jild) va ―Boburnoma‖ (2-3 jildlari) kirgan. 
Bobur va uning ilmiy merosini o’rganishga S.Azimjonova kata ulush 
qo’shgan. ―Boburnoma‖ ning M.Sale tomonidan qilingan tarjimalari uning batafsil 
so’z bolisi va taxriri ostida nashr etilgan. 
Boburning turkey til rivoji uchun qo’shgan xissasi yana bir holatda 
ko’rinadi.Ya’ni, ―Xatti Boburiy‖ risolasini yaratadi.Risolada muallif arab alifbosini
taxrir etib,yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va 
talaffuz mezonlariga moslashtiradi. 
Zahiriddin Muhammad Bobur Alisher Navoiydan so’ng o’zbek adabiy 
tilining taraqqiyotida juda kata rol o’ynaydi. Bobur ko’pincha oddiy kishilar va o’z
askarlari orasida bo’ldi.Bu esa uning xalqning soda,ayni paytda boy tilini 
o’rganishga va o’z navbatida asarlari tilining jozibali bo’lishiga olib keldi. 
Bobur til san’atini shu darajada chuqur egallaganki,go’yo uning g’azallaridan 
o’ziga xos musiqa ovozi sizib turadi.Mana besh asrdirki, uning g’azallari hamon 
qalbni titratadi,oshifta dillarni qitiqlaydi. 
O’zbek adabiy tili tarixida esa bu murakkab, ayni paytda jiddiy masala dastlab 
Zahiriddin Muhammad Bobur e’tiborini tortdi.U o’zbek tilidagi nutq tovushlari 
bilan yozuv usulidagi nomuttanosiblikni sezib, mavjud alifboni isloh qilishga 
kirishadi va 1503-1504 yillarini ko’zda tutib, ―Ushbu mahallarda Boburiy xatni 
ixtiro qildim‖,-deb yozadi.Bobur ixtiro qilgan bu yozuv turkiy xalqlar tillariaga mos 
alifbo qidiruv yo’lidagi katta jasorat edi.Bobur yozuvida hech bir harf nuqta bilan 
yozilmagani,soddaligi va qulayligi bilan iste’moldagi alifboga nisbatan ancha 



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling