"Boburnoma"da qayd etilishicha, Umarshayx Mirzo past boʻylik, paxmoq soqolli, yumaloq yuzli, toʻla, loʻppi kishi boʻlgan. Kiyimni tor tiktirib kiyar, sallani chirmab oʻrar edi


idorasi ostiga o'ta boshlaydi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi.  Bu orada


Download 30.19 Kb.
bet5/5
Sana02.01.2022
Hajmi30.19 Kb.
#190559
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boburnoma

idorasi ostiga o'ta boshlaydi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi.  Bu orada 

Boqi  tarxon  Qarshi,  G 'uzom i,  Abulmuhsin  Mirzo  Qorako'lni  qo'lga 

kiritadi.  Shayboniy  qo'shinlari  har  tarafdan  quvilib,  Buxoro  atrofida 

to'planishga majbur bo'lishadi.

  • “Boburnoma” – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan.

    “Boburnoma” – oʻzbek nasrining goʻzal namunasi. Ungacha Yusuf xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari muqaddimasida, Rabgʻuziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pogʻonaga olib chiqdi. Biroq “Boburnoma” bu borada oʻzbek nasrining oʻziga xos kashfiyoti sifatida yuz koʻrsatdi.

    Asarda tarixning Bobur yashab oʻtgan davri voqelari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xoʻjand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Yaʼni unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.

    “Boburnoma”dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va loʻnda, taʼsirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan eʼtiborlidir. Muallif voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alohida kishilarning taʼriflariga jiddiy ahamiyat beradi.

    Asarda oʻsha davr kishilarining haqqoniy, realistik tasviri berilgan. Bu narsa Boburning bergan maʼlumotlaridagi ishonchlilikni taʼminlagan.

    Asar bilan yaxshi tanishish Bobur xarakterini, undagi fazilatlar manbalarni aniqlashga imkon beradi.

    Bobur oʻz otasi haqida shunday yozadi: “hanafiy mazhabliq, pokiza eʼtiqodliq kishi edi… Ravon savodi bor edi.

    “Xamsatayn” va masnaviy kitoblarni va tarixlarni oʻqub edi. Aksar “Shohnoma” oʻqur edi. Tabʼi nazmi bor edi, vale sheʼrga parvo qilmas edi.

    Adolati bu martaba ediki, Xitoy karvoni keladurganda, Andijonning sharqiy tarafidagʻi togʻlarning tubida ming oʻyluk korvonni andogʻ qor bostikim, ikki kishi qutuldi. Xabar topib, muhassillar (xiroj oluvchilar) yiborib, korvonning jamʼi jihotini (hamma yogʻini, butun atrofini) zabt qildi… Samarqand va Xurosondin vorislarini tilab kelturub, mollarini solim (omon, sogʻ-salomat) topshurdi.

    Bisyor saxovati bor erdi. Xulqi dogʻi saxovaticha bor erdi, xushxulq va harrof (tez gapiradigan, soʻzamol) va fasih (yoqimli) va shirin zabon kishi erdi, shujoʻ (shijoatli) va mardona kishi edi”.

    Otasidagi bu xislatlarning koʻpi Boburning oʻzida ham mujassamlashganini qayd etish joiz.

    Bobur koʻplab hukmdorlar, mamlakat boshliqlari haqidagi tarixiy faktlarni muhrlab qoldirgan. Amir Temur, Umarshayx, Mirzo Ulugʻbek, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Badiuzzamon, Muzaffar mirzo singari davlat boshliqlarining siyosiy-ijtimoiy faoliyatlariga baho berilgan.

    Boburning oʻzi har qanday holatda, hatto urush-taloshlar avj olib turganida ham adolat mezonini qattiq tutgan. Jumladan, 909 (1503–1504)-yillar voqealari bayonida shu holat kuzatiladi. Qunduz shahri atrofida Xisravshohning askarlari ancha betartiblikka, zulm va zoʻravonlikka oʻrgangan edilar. Ular Boburga qoʻshilganidan keyin ham bu odatlarini tashlamaydi. Bir navkar “birovning bir koʻza yogʻini tortib olgʻon uchun eshikka kelturub tayoqlattim, tayoq ostida oʻq joni chiqdi. El bu siyosattin tamom bosildilar”, – deb taʼkidlaydi Boburning oʻzi.

    Asarda oʻsimliklar va hayvonot olami haqidagi nodir maʼlumotlar ham jamlangan, jumladan, adib Afgʻonistondagi Dashti Shayxda oʻttiz uch xildagi bir-birini takrorlamaydigan lola turlari haqida gapiradi.

    “Boburnoma”da adabiyot va sanʼat ahli, ilm-maʼrifat kishilariga ham munosib oʻrin berilgan. Unda Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Sayfiy Buxoriy, Mir Husayn Muammoiy, Mullo Muhammad Badaxshiy, Yusuf Badiiy, Ohiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Ahliy, Alisher Navoiy, Binoiy va boshqa soʻz ustalari haqida maroqli hikoyalar mavjud.

    Hasan Yaʼqub haqida gapira turib: “…tabʼi nazmi bor edi, devon tartib qilib edi, vale sheʼri bisyor sust va bemaza edi. Andoq sheʼr aytqondin aytmogʻon yaxshiroqdur”, – deydi.

    Kotiblardan Sulton Ali Mashhadiy, musavvirlardan Kamoliddin Behzod, Shoh Muzaffar, musiqa ustalaridan Qul Muhammad Udiy, Shayxi Noyiy, Shohquli Gʻijjakiy va boshqalarni faxr va iftixor bilan tilga oladi.

    Bu oʻrinda adibning Alisher Navoiy haqidagi maʼlumotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Asarda Navoiy siymosiga bir necha marotaba murojaat qilinganini kuzatish mumkin.

    Ular orasida Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlari, Navoiyning shaxsiyati, uning ijodi, adibning badiiy ijod va ijodkorlarga boʻlgan munosabati haqida koʻplab qimmatli kuzatishlar mavjud.

    “Boburnoma”da adibning shaxsi, uning tarjimayi holi, xarakteri, qiziqishlari, kishilarga munosabati borasidagi qarashlari tegishli tarzda oʻz aksini topgan. Biz asar sahifalaridan Bobur shaxsiyatidagi rostgoʻylik, mardlik, adolatparvarlik, mehribonlik, qattiqqoʻllik, hassoslikning namoyon boʻlish holatlari bilan tanishamiz. Asarda Boburning ajdodlari, oilasi, avlodlari haqida ham birlamchi materiallar berilgan.

    Unda ayrim asarlarning yaratilish tarixi haqidagi materiallar ham keltirilgan, jumladan, 906 (1500–1501)-yillar voqealari bayonida bir hukmdorning Boburga yaxshi iltifot koʻrsatmagani aytiladi va adib quyidagi misralarini eslatadi:



    Kim koʻrubtur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiliq?

    Kimki ondin yaxshi yoʻq, koʻz tutma ondin yaxshiliq.

    907 (1501–1502)-yillar voqealari bayonida esa Toshkentga borib xon qoshida bir ruboiy oʻqigani eslanadi:



    Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,

    Shod etmas emish koʻngulni gʻurbatda kishi.

    Koʻnglum bu gʻaribliqta shod oʻlmadi hech,

    Gʻurbatda sevunmas emish, albatta, kishi.

    Xuddi shu yil voqealari bayonida u:



    Jonimdin oʻzga yori vafodor topmadim,

    Koʻnglumdin oʻzga mahrami asror topmadim, –

    degan 7 baytli gʻazalini tugatganligini ham aytadi.

    Kobul atrofidagi Gulbahor degan bir joydagi lolalarni sanatganda, u yerdan 34 xil lolani keltiradilar. Mana shu asnoda shoirning quyidagi gʻazali yaratiladi:

    Mening koʻnglumki, gulning gʻunchasidek tah-batah qondur,

    Agar yuz ming bahor oʻlsa, ochilmoqi ne imkondur.

    Asarda 1508–1520,1525,1530-yillardagi voqealar aks etmay qolgan.



     


    Download 30.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling