Bog‘ va uzumzorlardan maqsadsiz foydalanilgan holatlarda yer ijara shartnomasini bekor qilish tartibi to‘g‘risida
Download 30.77 Kb.
|
Agrar Huquqi Mantiqiy Savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy Savollar: 40-savol
- 64-savol
- 2. Fermer xo‘jaligi faoliyatini O‘ zbekiston Respublikasining “X ususiy korxona to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga solish mumkinmi
- Birinchidan
- Ikkinchidan
71-Kazus Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2007 yil 20 fevraldagi 40-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Bog‘ va uzumzorlardan maqsadsiz foydalanilgan holatlarda yer ijara shartnomasini bekor qilish tartibi to‘g‘risida” nizomda bog‘ va uzumzorlardan maqsadsiz foydalanilganlik uchun yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish asoslari belgilangan. Nizomda “yerdan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun bog‘ va uzumzorlar buzib tashlanganda” va “eskirgan maydonlarda yangi bog‘ va uzumzorlar tashkil etilmaganda” yer ijara shartnomasini bekor qilish mumkinligi belgilangan. Biroq, Yer kodeksining 36-moddasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi tartibi belgilangan bo‘lib, unda yuqorida tilga olingan nizomda keltirilgan asoslar ko‘rsatilmagan. Qonun xujjatlarini yuqorida keltirilgan normalarini sharhlagan holda, ushbu holat qonun talabini amaliyotda qo‘llash jarayonida noqulayliklar tug‘dirishi yoki yo‘qligi xususida huquqiy jihatdan asoslangan fikringizni bildiring.
Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir. Ya’ni, tadbirkor. Qonunchilik fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirishni ko‘zda tutadi. Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish boshqa tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishdan farq qiladi va ayrim holatlarda o‘xshash tomonlari mavjud. Qonunchilik fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirishni qanday tartibini belgilaydi? Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish boshqa tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishdan nimasi bilan farq qiladi? Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga oid qonunchilik talabidan kelib chiqib masalani muhokama qiling! 64-savol Fermer xo‘jaligini xususiy korxonaga tenglashtirish holatlari uchraydi. O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasida xususiy korxonaga berilgan ta’rif fermer xo‘jaligiga ham mos keladi. Ya’ni, mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Fermer xo‘jaligini xususiy korxona sifatida e’tirof etish mumkinmi? Fermer xo‘jaligi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga solish mumkinmi? Amaldagi qonunchilikni taxlil qilgan holda javob bering! 71-Kazus Biz mazkur holatni yuridik tahlil qilishdan oldin avvalambor O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2007 yil 20 fevraldagi 40-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Bog‘ va uzumzorlardan maqsadsiz foydalanilgan holatlarda yer ijara shartnomasini bekor qilish tartibi to‘g‘risida” nizomining tegishli bandlariga qisqacha to’htalib o’tishni lozim topdik. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2007 yil 20 fevraldagi 40-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Bog‘ va uzumzorlardan maqsadsiz foydalanilgan holatlarda yer ijara shartnomasini bekor qilish tartibi to‘g‘risida” nizomining 1- bandida quyidagilar keltirilgan: Bog‘ va uzumzorlardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi1. Bundan ko’rinadiki, bog’ va uzumzorlar uchun ajratilgan yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Agarda mazkur yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanilganda yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi bekor qilinadi. Bog‘ va uzumzorlardan maqsadsiz foydalanilganlik uchun yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish asoslari quyidagilardan iborat: yerdan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun bog‘ va uzumzorlar buzib tashlanganda; eskirgan maydonlarda yangi bog‘ va uzumzorlar tashkil etilmaganda; qulay tabiiy — iqlim sharoiti mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ijaraga oluvchining aybi bilan bog‘ va uzumzorlarning hosildorlik darajasi keyingi uch yil mobaynida belgilangan normativdan (kadastr bahosiga ko‘ra) pasaytirib yuborilganda; bog‘ va uzumzorlar olingan paytdan boshlab bir yil ichida ulardan foydalanishga kirishilmaganda2. Mazkur holatda, bog’ va uzumzorlar uchun ajratilgan yerlardan uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona foydalanish zarur. O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasining 6-bandida ham agarda yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida yer uchastkasiga egalik qilish huquqi yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqi yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga ko’ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tugatiladi deb o’tilgan3. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30-oktyabrdagi 476-sonli “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarorining 8-ilovasi 15-bandining 3-qismida ham quyidagilar keltirib o’tilgan: yerdan uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo’llanish, o’z xo’jalik faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo’l qo’ymaslik. Fermer xo’jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo’jaligi yerlari, shuningdek ekinlaridan qishloq xo’jaligi ekinlari shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa maqsadalarda foydalanilishi amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan birgalikda ijara shartnomasining qo’pol ravishda buzilishi hisoblanadi4. Biz yuqoridagilarga qo’shimcha sifatida, Fermer xo’jaliklarining bir qator vazifalarini sanab o’tishni lozim topdik. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30-oktyabrdagi 476-sonli “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarorining 6-ilovasi 8-bandining 1-3-qismlarida ham quyidagilar keltirib o’tilgan: ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash; tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish; mustaqil ravishda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish, shuningdek xizmatlar ko’rsatish5; Mazkur vaziyatda ko’rinib turibdiki yuqorida keltirib o’tilgan ikkala qonun hujjatlarida ham “yerdan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun bog‘ va uzumzorlar buzib tashlanganda” va “eskirgan maydonlarda yangi bog‘ va uzumzorlar tashkil etilmaganda” yer ijara shartnomasini bekor qilish mumkinligi belgilangan. Yana qo’shimcha sifatida yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasining bekor bo’lishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30-oktyabrdagi 476-sonli “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarorining 8-ilovasi 17-bandining 3-qismida ko’rsatib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30-oktyabrdagi 476-sonli “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarorining 8-ilovasi 17-bandining 3-qismida quyidagilar keltirilgan: yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi yerdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xo’jaligi ekinlari ekinlari ekilganda bekor bo’ladi6. Yuqorida keltirib o’tilgan tahliliy fikrlarni umumlashtirgan holda xulosa qilar ekanmiz, mazkur vaziyatda bog’ va uzumzorlar uchun ajratilgan yerlardan uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona foydalanish zarur. Yuqorida keltirib o’tilgan ikkala qonun hujjatlarida ham “yerdan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun bog‘ va uzumzorlar buzib tashlanganda” va “eskirgan maydonlarda yangi bog‘ va uzumzorlar tashkil etilmaganda” yer ijara shartnomasi yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga ko’ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tugatilishi keltirib o’tilgan.
Biz mazkur masalani muhokama qilishdan oldin quyidagi savollarni o’rtaga tashlashni lozim topdik. 1. Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish qay tartibda amalga oshiriladi? 2. Tadbirkorlik faoliyatini tekshirish qay tartibda amalga oshiriladi? 1. Biz fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish qay tartibda amalga oshirilishi haqida so’z yuritishdan oldin fermer xo’jaligiga qisqacha ta’rif berib ketishni lozim topdik. Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektidir. Fermer xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligidir. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestri O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan yuritiladi. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi7. Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish (moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar bundan mustasno), davlat ehtiyojlari uchun mahsulot realizatsiya qilish shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligiga dalillar bo‘lgan, shuningdek yagona yer solig‘i o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda, ijaraga olish shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan yer uchastkasidan faqat belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha, belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta amalga oshiriladi. Yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek fermer xo‘jaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi. Ushbu moddada ko‘rsatilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin8. 2. Biz tadbirkorlik faoliyatini tekshirish qay tartibda amalga oshirilishini muhokama qilishdan oldin tadbirkorlik faoliyatini tekshirish haqida qaror qabul qilishga nimalar asos bo’lishini yoritib o’tishni lozim topdik.
Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishdan yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek qisman farq qiladi. Ularning o’xshash tomonlari faqatgina tekshirish haqida qaror qabul qilish uchun asoslari bo’lishi mumkin. Ya’ni Fermer xo‘jaligi faoliyati hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashga oid soliq va bojxona qonun hujjatlarini muntazam ravishda (moliya yili davomida ikki va undan ortiq marta) buzish holatlari kuzatilganda amalga oshiriladi. Yuqorida keltirib o’tilgan tahliliy fikrlarni umumlashtirgan holda xulosa qilar ekanmiz, Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishdan yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek qisman farq qiladi. Ularning o’xshash tomonlari faqatgina tekshirish haqida qaror qabul qilish uchun asoslari bo’lishi mumkin. Ya’ni Fermer xo‘jaligi faoliyati hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin.
“Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektidir. Fermer xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligidir. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestri O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan yuritiladi. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”11.Demak, fermer xo‘jaligi bu ijaraga berilgan yer uchaskalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyekti hisoblanar ekan. Xususiy korxona tushunchasiga O’zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona to’g’risida”gi O’RQ-558-II-sonli qonunining 3-moddasida quyidagicha tarif berilgan: “Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir. Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi”12. Demak, xususiy korxona bu – yagona jismoniy shaxs tomonidan tuziladigan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy tashkilot ekan. Bizning fikrimizcha, fermer xo’jaligini xususiy korxona sifatida e’tirof etib bo’lmaydi. Biz buni quyidagi faktlar orqali ko’rishimiz mumkin. Birinchidan, fermer xo’jaligi tashkil etishda Yer Kodeksining 53-moddasi hamda “Fermer xo’jaliklari to’g’risida”gi qonuning 11-moddasi talablariga asosan ijaraga yer olish asosida tashkil etiladi. Xususiy korxona esa “Xususiy korxona to’g’risida”gi qonuning 3-moddasida keltirilganidek mulkdorning mablag’lari hisobida tashkil etiladi. Ya’ni, ustav fondi mulkdorning shaxsiy mablag’lari hisobidan shakllantiriladi. Ikkinchidan, fermer xo’jaliklari bu “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonuning 3-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir. Xususiy korxona esa ruxsat etilgan faoliyat turlari bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik subyektidir. 2.Fermer xo‘jaligi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga solish mumkinmi? Fermer xo’jaligi sohasini O’zbekiston Republikasining “Xususiy korxona to’g’risida”gi qonun bilan tartibga solib bo’lmaydi. Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan O‘RQ-662-II-sonli “Fermer xo‘jaliklar to‘g’risida”gi qonunining 1-moddasida ushbu qonun qaysi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi ko’rsatilgan: “Ushbu Qonunning maqsadi fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat”13. Mazkur modda mazmunida shu nasra ayon bo’ladiki, fermer xo’jaligi sohasini tshkil etish, qayta tashkil etish va tugatish ushbu qonun bilan tartibga solinadi. O’zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona to’g’risida”gi O’RQ-558-II-sonli qonunining 1-moddasida esa mazkur qonuning maqsadi bayon qilingan. Mazkur qonuning maqsadi xususiy korxona tuzish, qayta tuzish va tugatish tartiblarining belgilashdan iborat. Ikkinchidan, yuqorida ta’kidlaganimizdek, fermer xo’jaligi hisobidagi yer qonuni normasiga muvofiq ijaraga olingan bo’ladi. Uchinchidan, Fermer xo’jaligini tuzish, qayta tuzish va tugatish “Fermer xo’jaliklari to’g’risidagi qonun bilan tartibga solinadi. Shuningdek, fermer xo’jaligini faoliyatini tekshirish “Fermer xo’jaliklari to’g’risda”gi qonunning 30-moddasi bilan tartibga solinadi. Yuqorida keltirilgan tahlily fikrlardan kelib chiqib xulosa qilar ekanmiz. Birinchidan, fermer xo’jaligini xususiy korxona sifatida e’tirof etish mumkin emas. Ikkinchidan, fermer xo’jaliklarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish hamda boshqa tashkiliy masalalar “Xususiy korxona to’g’risida”gi qonun bilan emas balki, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. 1 O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2007 yil 20 fevraldagi 40-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Bog‘ va uzumzorlardan maqsadsiz foydalanilgan holatlarda yer ijara shartnomasini bekor qilish tartibi to‘g‘risida” nizomining 1-bandi 2 O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2007 yil 20 fevraldagi 40-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Bog‘ va uzumzorlardan maqsadsiz foydalanilgan holatlarda yer ijara shartnomasini bekor qilish tartibi to‘g‘risida” nizomining 2-bandi 3 O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasining 6-bandi 4 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30-oktyabrdagi 476-sonli “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarorining 8-ilovasi 15-bandining 3-qismi 5 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30-oktyabrdagi 476-sonli “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarorining 6-ilovasi 8-bandining 1-3-qismlari 6 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30-oktyabrdagi 476-sonli “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarorining 8-ilovasi 17-bandining 3-qismi 7 O’zbekiston Respublikasi “Fermer xo’jaligi” to’g’risidagi qonuning 3-moddasi2004-yil 26-avgust, 662-II-son 8 O’zbekiston Respublikasi “Fermer xo’jaligi” to’g’risidagi qonuning 30-moddasi2004-yil 26-avgust, 662-II-son 9 O’zbekiston Respblikasi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish” to’g’risidagi qonuni2019yil 10-yanvar,1596-son 10 O‘zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi.53-modda.30.04.1998. Manba: O‘R QHT, 2019-y. 03/19/584/4025-son. 11 O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaliklar to‘g‘risida”gi O‘RQ-662-II-sonli qonunni.26.08.2018. 12 O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to’g’risida”gi O’RQ-558-II-sonli qonunni.11.13.2003. 13 O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaliklar to‘g‘risida”gi O‘RQ-662-II-sonli qonunni.26.08.2018. Download 30.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling