Bog’ zararkunandalari va ularga qarshi kurash reja
Bog‘ zararkunandalariga qarshi kurash usullari
Download 25.53 Kb.
|
1 2
Bog'liqBOG’ ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agrotexnika usuli.
Bog‘ zararkunandalariga qarshi kurash usullari. Bog‘ zararkunandalariga qarshi kurash, asosan, quyidagi ikki yo‘nalishda olib boriladi:
a) oldini olish yoki ogohlantirish: dala, bog‘larda, o‘tloq va boshqa ekinzorlarda hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari saqlanadigan omborxonalarda zararkunandalar ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik; b) qirib tashlash: ekinzorlarga zarar yetkazayotgan, hosilning nobud bo‘lishiga xavf solayotgan zararkunandalarni yo‘qotish. Zararkunandalar ekilgandan to hosilini yig‘ib olinguncha va hatto hosil omborxonalarda saqlanayotganda ham zarar yetkazishi mumkin. Bog‘ zararkunandalariga qarshi agrotexnik, biologik, kimyoviy, fzik, mexanik usullarda kurashiladi va karantin choralari ko‘riladi. Bu kurash usullari birlashtirilgan tadbir shaklida xo‘jaliklarning ishlab chiqarish rejasiga kiritilgan. Har bir kurash usulining o‘ziga xos qulay tomonlari va kamchiliklari bo‘lib, ularni ma’lum sharoit taqozosi bilangina qo‘llash mumkin. Agrotexnika usuli. Bu usul o‘simliklarni uyg‘unlashgan holda himoya qilishda asosiy hisoblanadi. Agrotexnika usuli yordamida zararkunandalar ko‘payishining oldini olish, ba’zan esa ularni butunlay qirib tashlash mumkin. Agrotexnika usulini muvaffaqiyatli qo‘llash yo‘li bilan zararkunandalar uchun noqulay sharoit yaratish, erkin o‘simliklarining yaxshi o‘sib rivojlanishi hamda entomofaglar ko‘payishi uchun esa qulay sharoit vujudga keltirish mumkin. Zararkunandalarning rivojlanishi va zarar keltirishi ko‘pincha tabiiy muhit sharoitiga, oziq miqdoriga, harorat va namlikning o‘sha zararli tur uchun qulayligiga va boshqa muhit sharoitiga bog‘liq. Agrotexnika chora-tadbirlaridan oqilona foydalanish ko‘plab zararli hasharotlar ommaviy rivojlanishining oldini olishga, ularning zarari darajasini kamaytirishga imkon beradi. Bunday agrotexnika usullari yerga ishlov berish, almashlab ekish, o‘g‘itlash, sug‘orish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va hokazolardan iborat. Bu ishlar o‘z vaqtida bajarilsa, kimyoviypreparatlardan kamroq foydalaniladi Agrotexnika usulining yana bir afzalligi shundaki, mahsulot pestitsid qoldiqlarisiz – toza bo‘ladi, dalalarda esa foydali hasharotlarning rivojlanishi va ko‘payishi uchun imkoniyat yaratiladi, oqibatda ekologiya tarozisi bir tomonga og‘ib ketmasligi ta’minlanadi. Foydali hasharotlar endi bu dalalardan boshqasiga (masalan, bedazorlardan bog‘larga) uchib o‘tadi. Bedazorlar foydali turlar ko‘payadigan manba vazifasini bajaradi. Agrotexnika usuli asosan 2 yo‘nalishda foydalidir: – sog‘lom o‘simliklar o‘z-o‘zidan zararkunandalarga chidamli bo‘ladi va usulni qo‘llash orqali ham bu turlar uchun noqulay sharoit vujudga keladi; – kasallangan o‘simliklarning rivojlanishi va o‘z holatini tiklab olishi uchun sharoit yaratiladi. Bundan tashqari, agrotexnika usulini integrallashgan usul chora-tadbirlari bilan birgalikda amalga oshirish ham uning afzalliklaridan biridir. Bu usul ko‘pincha qo‘shimcha sarf-xarajat talab qilmaydi. Bog‘dorchilikda agrotexnika tadbirlari quyidagicha: – zararkunandalar ta’sirida va kasallanish oqibatida qurib qolgan shox-shabbani kesib tashlash; daraxtlarga doim shakl berib, butab borish, yoshartirish tadbirlarini o‘tkazish, kasallanish va zararlanish oqibatida to‘kilgan mevalarni terib olish; – bog‘ qator oralariga ishlov berish; daraxtlarni oqlash. Tashkiliy-xo‘jalik tadbirlarini o‘tkazish, monokulturadan qutulish – ekinzorlarda foydali hasharotlarning ko‘payishiga imkon beradi. Bunda foydali turlarning rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan o‘simliklar o‘stirish, sershira o‘tlar ekib qulay sharoit vujudga keltirish zarur. Asalari meva va paxta hosilini 1,5–2 s ga oshirishi bizga ma’lum Almashib ekish – bir dalaga ekiladigan meva daraxtlari boshqa ekin turlari bilan almashtirib turilsa, yerda zararkunanda va kasalliklar avj olib ketmaydi. Shudgor qilib haydash tuproqdagi hasharotlarning tuxumi, lichinkasi va imagosining qirilishiga sabab bo‘ladi. Yaxob suvi berilganda ham ma’lum natijalarga erishiladi. Ekish muddatining kechiktirilishi yoki erta ekish ham ba’zi bir zararkunanda va kasalliklar uchun qulay vaziyat vujudga keltirishi mumkin. erga mineral va organik o‘g‘itlar solish to‘g‘ri tashkil qilinsa, ilmiy asosda o‘g‘itlangan dalalarda o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi yaxshi kechib, ular zararkunanda va kasalliklarga chidamli bo‘ladi. Mineral o‘g‘itlar o‘simliklarning osmotic bosimini oshiradi, bu esa so‘ruvchi hasharotlarning oziqlanishi uchun noqulay hisoblanadi. Kaliyli va fosforli o‘g‘itlar o‘simliklar bargi va poyasining mexanik to‘qimalarini mustahkamlaydi, kutikulasini qalinlashtiradi, oqibatda so‘ruvchi hasharotlar uchun noqulay sharoit vujudga kelib, ularning xartumi o‘simliklar sharbatini so‘rish uchun kaltalik qiladi. Azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar o‘simlik bitlari, sikadalar oziqlanishining vaqtinchalik to‘xtashiga sabab bo‘ladi. Sug‘orish foydali va zararli hasharotlar soniga katta ta’sir ko‘rsatadi. Namlikni xush ko‘radigan hasharotlar o‘simlik bitlari va ba’zi bir boshqa turlarning rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Quruqsevar – kserofl hasharotlarga salbiy ta’sir etadi. Agrotexnika usullaridan, ayniqsa, sug‘orishning hasharotlarga ta’siri yaxshi o‘rganilmagan. Har bir ekinda uchraydigan zararkunandaning hayot kechirishini hisobga olgan holda hosilni yig‘ishga kirishilsa, kelgusida shu turdagi zararkunanda tarqalishining oldi olinadi. Download 25.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling