Bog‘ zararkunandalariga qarshi kurash usullari
Download 23.14 Kb.
|
Bog\' zararkunandalariga qarshi kurash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy usul.
Mexanik usul. Bu usulga o‘simliklarning qurigan qismlarini
kesib tashlash, daraxtlarga har xil tutqich moslamalar o‘rnatish, ekin ekilgan maydonlar atrofni toza saqlash va daraxtlar po‘stlog‘idagi zararkunandalarni yo‘qotish kabi tadbirlar kiradi. Daraxtlar tanasini ohakli suv bilan ishlash va hokazolar zararkunandalar soni ko‘payib ketishining oldini olishda yaxshi natija beradi. Kimyoviy usul. O‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilishda zararli organizmlarga qarshi kimyoviy moddalarni ishlatish yaxshi natija beradi. O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish universal usul bo‘lib, ularni har xil qishloq xo‘jalik ekinlaridagi juda ko‘pgina zararkunanda va kasalliklarga va begona o‘tlarga qarshi qo‘llash mumkin. Shu bilan birga, kimyoviy vositalar bilan omborxona, issiqxona va boshqa binolarni ham ishlash mumkin. O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari sanoatda ishlab chiqariladi va xaridorlarga uncha qimmat bo‘lmagan narxda sotiladi. Ularni ishlatishdan xo‘jaliklar manfaatdordir. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida sarflanadigan bir so‘mga o‘rtacha 4 so‘m sof daromad olinmoqda. Qishloq xo‘jaligida ko‘plab kimyoviy moddalar ishlatiladi. Ularning uncha zaharli bo‘lmagan, samarasi yuqori bo‘lgan, ekologiyaga kam ta’sir qiladigan xillarini chiqarish ustida ish olib borilmoqda. Pestitsidlarni qo‘llash usullari, ishlatish yo‘llari, issiqqonli organizmlarga kam ta’sir etuvchi yo‘llari ishlab chiqilmoqda. Bu usulning o‘ziga xos kamchiliklari ham bor. Masalan, ko‘pgina zararkunandalarning chidamliligini oshiradi. Hozir 200 ga yaqin chidamli tur ma’lum. Shu bilan birga, pestitsidlarni ishlatish issiqqonli hayvonlar va odam organizmi uchun zararli bo‘lib, ekologik muhitga ham salbiy ta’sir etadi. Download 23.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling