Bo’g’imoyoqlilar tipi.Qisqichbaqasimonlar sinfi.Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi ,tana bo’limlari, oyoqlari, tana qoplag’ichlari Reja: - Bo’g’imoyoqlilar tipi
- Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi
- Ko’payishi
- Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi
- Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi va ahamiyati
Bo’g’imoyoqlilar tipi - Bo‘g‘imoyoqlilar tanasi qattiq xitin po‘st bilan qoplangan. Xitin po‘st organlar uchun tashqi tayanch skelet vazifasini ham bajaradi. Chunki unga ichki organlarning muskullari va oyoqlar kelib birikadi.
- Qisqichbaqasimonlar – birlamchi suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar. Ularning tanasi boshko‘krak va qorin bo‘limidan iborat. Boshko‘krak xitin qalqon bilan qoplangan. Qisqichbaqasimonlar suvda hayot kechiradi, jabra bilan nafas oladi. Ular ikki juft mo‘ylovlarining bo‘lishi bilan boshqa bo‘g‘imoyoqlilardan farq qiladi. Daryo qisqichbaqasi bu sinfning tipik vakili hisoblanadi.
Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi - Yashash muhiti. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvli ko‘l, daryo va soylarda hayot kechiradi. Uning tuzilishi va rangi suv muhitida yashashga moslashgan. Tanasining ustki tomoni ko‘kimtir-qo‘ng‘ir, ostki tomoni esa oqish rangda; shuning uchun suv ostidagi qisqichbaqani payqash qiyin. Qisqichbaqa kun bo‘yi toshlarning ostida yoki qirg‘oq yaqinida daraxtlar ildizi ostidagi inlarida bekinib yotadi. Oziq izlab faqat kechqurunlari chiqadi. Qisqichbaqaning asosiy ozig‘i suv o‘tlari, kasal hayvonlar (mollyuskalar, hasharotlar lichinkasi), ularning murdalari hisoblanadi. U oziqning hidini yaxshi sezadi.
Tashqi tuzilishi. Daryo qisqichbaqasining tanasi qattiq xitin po‘st bilan qoplangan. Xitin qoplag‘ich uning tanasini tashqi ta’sirdan himoya qiladi; tana uchun tashqi skelet vazifasini bajaradi. Unga ichki organlar muskullari va oyoqlar kelib birikadi. Qisqichbaqaning tanasi boshko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat (1-rasm). Boshko‘krak bosh va ko‘krak bo‘limlarining harakatsiz birikishi natijasida hosil bo‘lgan va boshko‘krak qalqoni bilan qoplangan. Qalqonning oldingi uchi uzun pixni hosil qiladi. Ana shu pixning ikki yonida, harakatchan poyachalar ustida ko‘zlar joylashgan. Boshining oldingi tomonida joylashgan bir juftdan uzun va kalta mo‘ylovlari hid bilish va tuyg‘u organlari hisoblanadi. Og‘izteshigini uch juft jag‘lar o‘rab turadi. Boshko‘krakning keyingi qismida 8 juft o‘simtalar bor. Ulardan 3 jufti jag‘oyoqlar bo‘lib, oziqni ushlab og‘izga surish va jabralarga suvni haydash vazifasini bajaradi. Qolgan 5 juftidan birinchi jufti qisqichga aylangan; keyingi to‘rt jufti esa haqiqiy yurish oyoqlari hisoblanadi. Qisqichlar oziqni tutish uchun xizmat qiladi. Qorin bo‘limi yetti bo‘g‘imdan iborat. Har qaysi bo‘g‘imda bir juftdan qorinoyoqlar bo‘ladi. Ulardan oldingi 5 jufti ikki shoxli bo‘ladi, oxirgi 2 jufti dum suzgichni hosil qiladi. - Tashqi tuzilishi. Daryo qisqichbaqasining tanasi qattiq xitin po‘st bilan qoplangan. Xitin qoplag‘ich uning tanasini tashqi ta’sirdan himoya qiladi; tana uchun tashqi skelet vazifasini bajaradi. Unga ichki organlar muskullari va oyoqlar kelib birikadi. Qisqichbaqaning tanasi boshko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat (1-rasm). Boshko‘krak bosh va ko‘krak bo‘limlarining harakatsiz birikishi natijasida hosil bo‘lgan va boshko‘krak qalqoni bilan qoplangan. Qalqonning oldingi uchi uzun pixni hosil qiladi. Ana shu pixning ikki yonida, harakatchan poyachalar ustida ko‘zlar joylashgan. Boshining oldingi tomonida joylashgan bir juftdan uzun va kalta mo‘ylovlari hid bilish va tuyg‘u organlari hisoblanadi. Og‘izteshigini uch juft jag‘lar o‘rab turadi. Boshko‘krakning keyingi qismida 8 juft o‘simtalar bor. Ulardan 3 jufti jag‘oyoqlar bo‘lib, oziqni ushlab og‘izga surish va jabralarga suvni haydash vazifasini bajaradi. Qolgan 5 juftidan birinchi jufti qisqichga aylangan; keyingi to‘rt jufti esa haqiqiy yurish oyoqlari hisoblanadi. Qisqichlar oziqni tutish uchun xizmat qiladi. Qorin bo‘limi yetti bo‘g‘imdan iborat. Har qaysi bo‘g‘imda bir juftdan qorinoyoqlar bo‘ladi. Ulardan oldingi 5 jufti ikki shoxli bo‘ladi, oxirgi 2 jufti dum suzgichni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |