Bo’g’imoyoqlilar tipi. Qisqichbaqasimonlar sinfi. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi,tana bo’limlari, oyoqlari, tana qoplag’ichlari


-rasm. Daryo qisqichbaqasining hazm qilish, jinsiy va nerv sistemasi


Download 182.69 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi182.69 Kb.
#1155395
1   2   3   4
Bog'liq
Bo’g’imoyoqlilar tipi

2-rasm. Daryo qisqichbaqasining hazm qilish, jinsiy va nerv sistemasi:

1 – og‘iz; 2 – katta oshqozon; 3 – kichik oshqozon; 4 – ichak; 5 – halqum usti nerv tuguni; 6 – halqum osti nerv tuguni; 7 – qorin nerv zanjiri; 8 – jinsiy bez

Ayirish sistemasi. Ayirish sistemasi bosh tomonda joylashgan bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat. Ularning tuzilishi yomg‘ir chuvalchanginikiga o‘xshash. Bu bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida joylashgan, naychalari esa kalta mo‘ylovlarning asosida tashqariga ochiladi. Yashil bezlar qonda erigan zararli almashinuv mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi.

  • Ayirish sistemasi. Ayirish sistemasi bosh tomonda joylashgan bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat. Ularning tuzilishi yomg‘ir chuvalchanginikiga o‘xshash. Bu bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida joylashgan, naychalari esa kalta mo‘ylovlarning asosida tashqariga ochiladi. Yashil bezlar qonda erigan zararli almashinuv mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi.
  • Nerv sistemasi. Yomg‘ir chuvalchanginiki singari halqum usti va halqum osti nerv tugunlari, halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Halqum usti nerv tugunidan ko‘z va mo‘ylovlarga, halqumosti tugunidan jag‘larga, qorin nerv tugunlaridan esa barcha organlarga nervlar chiqadi.
  • Sezgi organlari. Qisqichbaqaning bir juft murakkab ko‘zlari harakatchan poyachalarning ustida joylashgan. Har bir ko‘z juda ko‘p mayda ko‘zchalardan tashkil topgan. Har qaysi ko‘zcha atrof-muhitning faqat kichik bir qismini ko‘radi. Hamma ko‘zchalar birgalikda yaxlit tasvirni hosil qiladi. Bunday ko‘rish ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar uchun xos bo‘lib, mozaik ko‘rish deyiladi. Daryo qisqichbaqasi mo‘ylovlari va oyoqlari sirtida joylashgan tukchalar hid bilish hamda tuyg‘u organlari hisoblanadi. Kalta mo‘ylovlarining asosida eshitish va muvozanat saqlash organlari joylashgan.

Download 182.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling