Bog‘lanish va bog‘lanish reaksiyalari


Download 369.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi369.11 Kb.
#209413
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-мавзу Боғланишлар



Тема:  BOG‘LANISH VA BOG‘LANISH REAKSIYALARI.  

КУЧ  МОМЕНТИ. 

 

 



Qattiq jism unga ta’sir etayotgan kuchlar ta’sirida fazoning ixtiyoriy tomoniga 

harakat qila olsa, bunday jism erkin jism deb ataladi. 



Agar  jismning  holati  yoki  harakati  biror  sabab  bilan  cheklangan  bo‘lsa, 

bunday  jism 

bog‘lanishdagi  jism

  deyiladi.  Jismning  holati  yoki  harakatini 

cheklovchi  sabab  esa 

bog‘lanish 

deyiladi.  Bog‘lanishning  jismga  ko‘rsatadigan 

ta’siriga  bog‘lanish  reaksiya  kuchi  deyiladi.  Bog‘lanish  reaksiya  kuchi 

bog‘lanishdagi jismning harakati cheklangan tomonga teskari yo‘naladi. 

Bog‘lanishdagi jismlarning bog‘lanish reaksiya kuchlarini aniqlash statikaning 

asosiy  masalalaridan  hisoblanadi. Bu  masalani  yechishda bog‘lanishdagi jismning 

harakatini  yoki  muvozanatini  erkin  jismning  harakati  yoki  muvozanatiga  keltirib 

tekshirish lozim bo’ladi. 

 

1-rasm 



Bog’lanish  reaksiyalari  ham  vektor  ko’rinishidagi  kuch  bo’lib,  ushbu  kuch 

faqat aks  ta’sir  sifatidagina  mavjud  bo’ladi.  Agar  bog’lanish  olib  tashlansa  uning 

reaksiyasi nolga teng bo‘ladi. Shuning uchun reaksiya kuchlari ko’p hollarda passiv 

kuchlar deb ataladi. 

Bog’lanishlarning  turlari  juda  ko’p,  shunga  ko’ra  ularning  reaksiyalari  ham 

turlicha bo’ladi. Reaksiya kuchlarining son qiymatlari har bir masalada jismga ta’sir 

etayotgan kuchlar sistemasiga bog’liq ravishda aniqlanadi. 

Shuning  uchun bog’lanishlarning  reaksiya  kuchlari kuchlarini  yo’nalishlarini 

aniqlash yo’llari bilan tanishib o’taylik. 


Download 369.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling