Bog’lanishlar va bog’lanish reaksiyalari


Nuqtaga va o’qqa nisbatan kuch momenti


Download 1.1 Mb.
bet2/14
Sana09.01.2022
Hajmi1.1 Mb.
#263277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Nazariy mrxanika yakuniy javoblar

Nuqtaga va o’qqa nisbatan kuch momenti.

Kuchning nuqtaga nisbatan momenti vektor kattalik bo‘lib, u moment markaziga qo‘yiladi va moment markazi hamda kuchning ta’sir chizig‘i orqali o‘tgan tekislikka perpendikulyar holda shunday yo‘naladiki, uning uchidan qaraganda, kuch jismni soat mili harakat yo‘nalishiga qarama qarshi yo‘nalishda aylantiradi Agar, kuch qo‘yilgan A nuqtaga, moment markazi O nuqtadan o‘tkazilgan radius vektorni 𝑟⃗ desak, nuqtaga nisbatan kuch momentining vektori quyidagicha ifodalanadi: ( ) . M0 F rxF     = (1.4) Chunki, bu vektor ko‘paytmaning moduli: rxF = rFsin(r ^ F) = rh    (1.5) ga teng bo‘lib, yo‘nalishi, vektorlar algebrasidan, 𝑟⃗ va 𝐹⃗ vektorlar yotgan tekislikka perpendikulyar bo‘lib (5.1b-rasm), uning uchidan qaraganda r⃗ ni 𝐹⃗ vektor ustiga, kichik burchak orqali tushirish uchun, soat milining aylanishiga teskari yo‘nalishda burish kerak

𝐹⃗ kuchning z o‘qqa nisbatan momentini hisoblaymiz. Buning uchun z o‘qqa perpendikulyar tekislik o‘tkazamiz va bu tekislikka 𝐹⃗ kuchni proeksiyalaymiz. 𝐹⃗ kuchning mazkur tekislikdagi proeksiyasi 𝐹⃗ 1 bilan belgilanadi (1.15a-rasm). O‘q va tekislikni kesishish nuqtasini aniqlab, kuchning tekislikdagi proeksiyasidan aniqlangan nuqtaga nisbatan moment hisoblaymiz. Hisoblangan moment 𝐹⃗ kuchning z o‘qqa nisbatan momentini ifodalaydi. Agar, 𝐹⃗ kuchning z o‘qiga nisbatan momentini 𝑀(𝐹⃗) bilan belgilasak, u quyidagicha ifodalanadi: (1.6) Demak, kuchning biror o‘qqa nisbatan momenti deb, kuchning shu o‘qqa perpendikulyar tekislikdagi proeksiyasining o‘q bilan tekislik kesishgan nuqtaga nisbatan hisoblangan momentiga aytilar ekan. O‘qqa nisbatan kuch momenti skalyar miqdordir. U musbat ishoraga ega bo‘ladi, agarda z o‘qining musbat yo‘nalishidan qaraganda, kuchning tekislikdagi proeksiyasi jismni soat milining aylanishiga teskari yo‘nalishda aylantirishga intilsa aks xolda,o‘qqa nisbatan kuch momenti manfiy ishoraga ega bo‘ladi.




  1. Download 1.1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling