Bog`lov bog`ining distal qismlarida aylanma bog`ich bilan boshlanadi


Download 4.65 Kb.
Sana08.10.2020
Hajmi4.65 Kb.
#132893
Bog'liq
xirurgiya 4-1


1. Sirkulyar (aylanma) bog`lam - bosh sohasining peshona, chakka va ensa sohalarini berkitish uchun qo`llaniladi. Bu turdagi bog`lmlarni qo`llash uchun 5-7 sm kenglikdagi bintlar ishlatiladi. Sirkulyar bintlash qadamlari bir tekkis kompressiya (bosim) ta`minlash bo`yicha bir-birini ustidan o`tkaziladi. Bu turdagi bog`lamlarning yana bir afzalligi - texnik jihatdan qo`llash oson.

2. Velpo bog`lami - yelka suyagi, bo`g`imi va yumshoq to`qimalari shikastlanganda transport immobilizatsiya qlish uchun qo`llaniladi:

- bog`lam qo`yishdan oldin qo`ltiq osti chuqurchasiga yumshoq yostiqcha qo`yiladi;

- bilakni tirsak bo`g`imida to`g`ri burchak ostida bukib, qo`lni ko`krakka olib kelinadi;

- sirkulyar y`ol bilan shikastlangan yelka ustidan ko`krak qafas oldingi yuzasiga o`tiladi va shu yerda joylashtirilgan qo`l bilak sohasini o`rab tananing orqa yuzasiga, yana bel sohasidan yuqoriga (sog`lom tomon qo`ltiq osti orqali) 3-4 marta bintlanadi;

- bint bel sohasida alyantirilib yelkaga chiqariladi, o`mrov suyagidan esa yelkaning tashqi yuzasi bo`ylab tirsakni aylanib o`tguncha tushiriladi. Bog`lam yuqoriga sog`lom tomonidagi qo`ltiq osti chuqurchasiga yo`naltiriladi;

- Sog`lom qo`ltiq osti chuqurchasidan shikastlangan tomondagi yelka ustiga yo`naltiriladi, undan orqa tomonga o`tkazilib pastga tushiriladi;

- Bint tananing atrofida birinchi sirkulyar bog`lam 2/3 qismini yopgan holda ostidan o`tadi.

3. Qo`ldagi sirpanuvchi bog`lam - asosan boshqa bog`lamlarni mustahkamlash uchun ishlatiladi. Mustaqil ravishda ham qo`llash mumkin:

- bog`lov bog`ining distal qismlarida aylanma bog`ich bilan boshlanadi;

- so`ngra yo`nalish proksimal ko`tariladi;

Aylanmalarning orasidagi masofa bog`lamning kengligi bilan teng bo`lishi kerak.

4. Tovonga bog`langa to‘rt bog‘ichli sopqonsimon bog‘lam - uni tayyorlash uchun bint yoki boshqa yumshoq ip-gazlama olinadi va ikkala chetidan uning o'rtasigacha kesiladi. Bajarish tartibi:

- bintning kesilmagan qismi tovonga qo`yiladi va pastki bog'lash uchlari oyoq panjasining ostidan yuqoriga chiqarilib, panjaning ustida bir-biriga kesishtirilib, boldir sohasining pastki orqa (to`piqdan yuqorida) yuzasiga bog`lanadi.

- keyin yuqorigi bog`lov uchlarini oyoq panjasining pastki yuzasida bir biriga kesishtirilib, oyoq panjasini yuqori yuzasida, pastki bog`lov uchlari kesishgan joyda bog'lanadi.

5. Boldir sohasiga bog`langan ro`molli bog`lam - bu bog`lamni qo`yish uchun uchburchak shaklidagi birorta bog‘lov materiali (doka, surp, bo‘z ) parchasi ishlatiladi. Bunday bog‘lamning eng uzun tomoni ro‘mol (kosinka) ning asosi, uning ro‘parasidagi burchak- tepasi, qolgan ikkita burchagi-uchlari deyiladi. Bajarish tartibi:



- ro`molningning pastki uchi to'piq sohasi bo'ylab olib boriladi va bir oz yuqoriga yo'naltiriladi, u erda ilgak tugma bilan mahkamlanadi.

- boldirning yuqori qismi ro`molning boshqa uchi bilan yuqoridan aylana shaklida yopiladi va uchi ham ilgak igna bilan mahkamlanadi.
Download 4.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling