Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi
Download 1.89 Mb.
|
2 5456645895326009657
10. Habar va aloqa vaziri – bu vazir zimmasiga mamlakatning turli burchaklarida sodir bo’layotgan voqealardan hukmdorni ogoh qilib turish, markazdan joylarga buyruq, farmon va ko’rsatmalarni jo’natish, markazga turli hujjat, hisobot kabilarni yetkazishi, tashqi siyosiy-diplomatik munosabatlarni amalga oshirish hamda davlat yuklarini o’z manzillariga yetkazish yuklatilgan. Vazirlikning o’zi devoni rasoil, devoni insho deb atalgan.
Mamlakatda ichki va tashqi favqulodda voqealardan voqif etib turuvchi ming nafar piyoda, ming nafar tuya mingan, ming nafar ot mingan choparlar bo’lgan. Butun saltanat bo’ylab bir kunlik yo’l oralig’ida yomxonalar tashkil etilgan bo’lib, har bir yomda ellik boshdan ikki yuz boshgacha ot-ulov saqlangan. Tadqiqotlardan mahlumki, Amir Temur va temuriylar davlatni ulus, viloyat va tumanlarga bo’lib boshqarganlar. Temur davrida saltanat to’rt ulusga bo’linib, ularga o’g’il va nabiralarni hukmdor etib tayinlagan. SHuningdek, viloyat va tumanlarni ham asosan temuriy shahzodalar va harbiylar boshqarganlar. Ali Yazdiy mahlumotlariga ko’ra, Amir Temur janglarda, davlat ishlarida toblangan sadoqatli tadbirkor, oqil va bilimdon shaxslarni o’g’illari va nabiralari yoniga maslahatchi qilib tayinlagan hamda ularga yirik viloyat va hududlarni ishonib topshirgan. Amir Temur mahalliy hokimliklarni o’ziga itoat etuvchi davlat maslahatchilari orqali ham muvofiqlashtirib turgan hamda mahalliy va markaziy hokimiyat aloqadorligini shu mansab orqali ushlab turishga harakat qilgan. Mansablarga asoslangan zamonaviy tadqiqotlarda Amir Temur va temuriylar davri mansab va unvanlari haqida ko’plab mahlumotlar mavjudki, ular quyidagilardir: amin, arzbegi, bakovul, bakovulboshi, bovarchi, baxshiylar, bitikchi, vazir, daftardor, devonbegi, dorug’a, dodxoh, jarchi, juybon, zobit, ixtisobchi, zinbardor, inoq, ichkilar, iqto, yasag’lik, ko’kaldosh, kulu, kalontar, kutvol, ko’ragon, mavkab, mahdi ulyo (mahdi oliya), majlisnavis, miroxo’r, mirob, muxtasib, oqo (og’o), otaliq, parvonachi, pos (posbon), sadr, sadri ahzam, sohibi devon, tavochi, tarxon, uyo’g’lon, farrosh, xazinador (xozin), xattot, chuhra, shayxulislom, chuhraboshi, shiqovul, shixna, shuqurchi, yurtchi, yasovul, qozilar, qo’rboshi, qushchi (qushbegi), qorovul, qopuchi, hojiblar.1 Ushbu keltirilgan mansab va unvonlar Temur va temuriylar davrida mukammal mahmuriy tizim yaratilganini, bu tizim davlat ravnaqi va fuqarolarni himoya qilishga va ularning farovonligini tahminlashga xizmat qilganini ko’rsatadi. Bu davrda har bir mansabdor o’z mansabini yuqori va quyi pog’onadaligidan qathiy nazar u mavjud qonun-qoidalar asosida ish yuritgan, qonunning ustivorligi tamoyiliga amal qilgan bo’lib, ularning burch hamda vazifalari hokimiyat tomonidan belgilab qo’yilgan edi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling