Yoki u birob munosabat bilan munozaraga


Download 18.58 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi18.58 Kb.
#106354
Bog'liq
TAQRIZ


Taqriz (a. –ijobiy baho)- asosan, adabiy tanqid janri bo’lib, yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asarlar tahlilida qo’llaniladi. Unda asarning bibliografik tavsifi, mazmuni, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari, ko’tarilgan muammolar, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o’rni haqida ma’lumot bo’ladi, asarga baho berilib, uning asosiy yutuqlari va kamchiliklari qayd qilinadi. Taqrz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qilib, zarurini tanlab olishiga ko’maklashadi.

Taqriz badiiy asar haqida shunchaki ma’lumot bermay, balki adabiy hayotning muhim masalalarini ko’tarib, kitobxonni adabiyot va hayot haqida o’ylashga o’rgatadi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beradi. Taqrizni haqiqiy san’at darajasiga ko’targan shaxs bu rus tanqidchisi Belinskiydir.

Xarakteriga ko’ra taqriz xilma-xil ko’rinishlarda bo’ladi. Masalan, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik ma’lumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maqola taqrizlarida esa konkret asar munosabati bilan biror muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy o’ylar) xarakteridagi taqrizlarda taqrizchi o’z fikr-tuyg’ularini, asarni o’qish jarayonida paydo bo’lgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Muallifning o’zi han o’z asariga taqriz yozishi mumkin. Taqrizning bu turi avtotaqriz nomi bilan yuritiladi. Unda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u birob munosabat bilan munozaraga kirishadi.

Shuningdek, ichki taqrizlar ham mavjud bo’lib, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq bu turdagi taqrizlar matbuotda e’lon qilinmaydi.



O’zbek adabiyotida taqriz XX asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. A.Qahhor, G’.G’ulom, Oybek, M.Shayxzoda kabi yozuvchilar, O.Hoshim, S.Husayn, Ayn(Olim Sharafiddinov), Izzat Sulton, M.Qo’shjonov, Ozod Sharafoddinov, U.Normatov, I.Haqqulov va boshqa olimlar o’zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratdilar.

Adabiy tanqid janri bo‘lgan taqrizda 0‘zbekiston miltiy ensiklopedi- yasida yozilishicha «... asarning bibliografik tavsifl, snuningdek, mazmu- ni, unda kcrtarilgan muammolar, asarning g'oyaviy-badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma'lumot bo‘iadi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qiltnadi».

Publitsistik maqola taqrizi 20-asr boshlarida matbuot bilan teng rivoj lana boshlagan.

Taqriz. Bu jurnalistikaning mustaqil janri bo'lib, u ikkiga bo‘linadi. Tanqidiy bibliografik maqola (adabiy taqriz) hamda san’at mavzusidagi maqola (teatr spektakliga, kinofilmga va boshqa san’at turlariga yozilgan taqriz). Taqriz o'ziga xos xususiyatga ega.

Unda ocherk, hisobot, kengaytirilgan axborot elementlari bo'ladi. Shu bois tajribali jurnalistlar taqrizni gazetaning umumlashtirilgan janri deb bejiz aytishmaydi.

Tanqidiy-bibliografik maqola (adabiy taqriz), asosan, kitoblar, risolalar, bir yoki bir necha maqolalarni tahlil qiladi. Taqrizchi muallif o‘z asarida hayotning u yoki bu hodisalarini to'g'ri, qaysi g'oya nuqtayi nazaridan yoritgan, mavzu qanchalik ochib berilgan, voqelik aniq va to'g'ri ifoda etilganmi, asarning badiiy yoki publitsistik darajasi qanday kabi savollarga javob berishi lozim. Tanqidiy fikrlar muallifni xato va kamchiliklarni tuzatishiga ruhlantirishi kerak.

Xuddi shunday vazifa spektakllar, kinofitmlar, konsert tomoshalari va san'atga oid boshqa asarlarga yoziladigan taqrizga ham qo'yiladi. Bunda teatr jamoalari, bastakorlar, mo'yqalam ustalari, haykal-taroshlar, aktyorlar, dramalurglar, stsenaristlar va boshqa san’at narrj3yandalari- ning ijodi tahlil etiladi.

Taqriz haqqoniy bo'lishi kerak. Uni qolipga solib bo'lmaydi.

Har qanday taqrizga qo'yiladigan talab bitta. U urr.vimiy gaplar yig'indisiga ayfanib qolmasligi kerak. Jumladan, qaysi bir spektaklga taqriz yozayotgan muallif pyesa mazmunini aytib berish, unda ishtirok etayotgan aktyorlar ismi-sharifr va qaysi rolni bajarayotgan ini sanash bilan cheklanmasligi, balki pyesa bugungi kun talabiga javob beractimi, dramaturgiyasi, rollarga aktyorlar to'g'ri topilganmi, teatr o'zining mavjud imkoniyatlaridan to'la foydalanganmi, rejissyor xizmati va kamchiliklari qanday, badiiy bezagi pyesaning muvafTaqiyatida qanday rol o'ynadi va boshqa shu kabi savollarga javob berishi kerak.

Taqrizning eng chiroyli, ibratga loyiq bir namunasi sifatida 0‘zbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotshunos olim va adib Ozod Sharafiddinovning fantast yozuvchi Hojiakbar Shayxov ijodiga bag‘ishlangan laqrizmi to'laligicha ko'chiramiz.
Download 18.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling