Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Download 1.89 Mb.
bet154/221
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#227371
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   221
Bog'liq
2 5456645895326009657

Qushbegi (mirishkor) – ov paytida xonga hamrohlik qiladigan mansab egasi. Qushbegining ovchi itlari, lochin va burgutlari bo’lib, ov paytidagi xonning dam olish jarayonlariga ham bu shaxs javobgar bo’lgan.

  • Salomog’asi – xon nomidan xalqqa salom beruvchi.

  • Kitobdor – saroy kitobxonasi uchun javob beradigan amaldor.

  • Risolachi – elchilar va ularning xat-xabarlariga javob berish uchun mashul bo’lgan saroy amaldori.

  • Jamhog’a – xonning suhbati, qabuli hamda bazmlariga ishtirok etuvchilarga xabar berib, chaqirib keladigan saroy amaldori.

  • Jarchi – xalq yig’iladigan ommaviy joylarda xonning farmon va buyruqlarini jar solib (baland ovoz bilan) ehlon qiladigan shaxs.

  • CHopquchi – pichoq yasovchi, xon saroyidagilar uchun qurollar (pichoq, xanjar qilich) yasab, qo’rchi vazifasini ham bajargan.

  • SHotir – xon rikobi oldida yuradigan hizmatchi, odamlarni xon kelishidan xabardor etib, ularni tahzimga chorlab turgan.

  • Udaychi - xon rikobi oldida yurib, uning shahniga baland ovoz bilan maqtovli so’zlar va hamdu sanolar aytib boruvchi hizmatchi.

    Yuqoridagi amal va mansab egalari o’z hizmatlari evaziga yillik maosh (pul, ot, qo’y, g’alla ko’rinishida) olganlar. Bundan tashqari, ularga tegishli yer-mulklar ham berilgan.

    Butun o’rta asrlar musulmon davlatlarida bo’lgani kabi Qo’qon xonligidagi musulmon ruhoniylari ham alohida imtiyozlarga ega bo’lgan ijtimoiy tabaqa hisoblangan. Xonlikdagi davlat boshqaruvida, tahlim – tarbiyada, sud ishlarida hamda jamiyat hayotining turli sohalarida ularning fikri katta ahamiyat kasb etgan. Qo’qon xonligida qo’yidagi diniy va qozixona mansab, unvon hamda amallari mavjud bo’lgan:


  • 1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   221




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling