Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Xonlikdagi harbiy unvonlar va mansablar


Download 1.89 Mb.
bet169/221
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#227371
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   221
Bog'liq
2 5456645895326009657

Xonlikdagi harbiy unvonlar va mansablar. Davlatdagi eng oliy harbiy amaldor xonning o’zi edi. Ko’p hollarda shaxsan xon boshchiligida, ayrim hollarda taniqli sarkardalar boshchiligida boshqa hududarga yurishlar uyushtirilgan. Eng yuqori harbiy-mahmuriy lavozim amir ul-umaro edi. Undan keyingi rasmiy ravishda yuqori sarkarda yasovulboshilik mansabi edi. Xonlikda ular ikki kishi bo’lib, biri yovmud turkmanlariga, ikkinchisi esa chovdirlarga qo’mondonlik qilar edi. Xon huzuridagi rasmiy qabul marosimlarida yasovulboshilarning doimiy o’rinlari bo’lmas edi. Lekin ular xon huzurida bo’ladigan tor kengashda mehtar, qo’shbegi va devonbegi bilan bir qatorda qatnashar edilar. Yasovulboshiga yasovullar, mirshablar, shotirlar, eshikolari itoat etganlar.

Yasovulboshidan keyingi harbiy unvon mingboshi edi. Harbiy yurishlar paytida mingboshilarga katta mahsuliyat yuklangan. Yahni, ular qo’shinni aytilgan yerga to’plashi, ularning tayyorgarlik darajasini nazorat qilishi, jang paytida qo’shinning mahlum guruhiga yo’lboshchilik qilishi lozim bo’lgan. SHuning uchun ham arxiv hujjatlariga ko’ra mingboshilar yaxshi inhomlar olganlar.

Xiva xonligida harbiy istehkomlar-qalhalar alohida ahamiyatga ega bo’lib, ular mahmuriy-mudofaviy vazifani bajargan. Bunday qalhalar kutvol (qalhabon) qo’lida edi.

Xiva qo’shinlarida sarkardalar muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Sarkardalar bir necha yuzdan bir necha minggacha bo’lgan navkarga boshchilik qilganlar. Yurishlar paytida sarkarda boshchiligida tug’ (bayroq) qo’tarib borilgan. Bayroq ko’tarib boruvchilarga tug’begi boshchilik qilgan. Qo’shinda yuzboshi, panjshohboshi (ellikboshi), dahboshi (o’nboshi), qorovul, mahram, navkar kabi vazifalar bo’lgan.

Navkarlar soliqlar va turli majburiyatlardan ozod qilinganliklari bois katta yer egalarini qattiq himoya qilganlar. Xiva qo’shinida dehqonlardan olinadigan navkarlardan tashqari, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa ko’chmanchi xalqlar askarlari ham bo’lib, ular xonga majburiy ravishda mahlum miqdorda askarlar berganlar.


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling