Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi
Boshqaruvdagi qonuniylik va tartib-intizom
Download 1.89 Mb.
|
2 5456645895326009657
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vakolatlar
- Idoraviy vakolatlar
- Tahqiqlash
Boshqaruvdagi qonuniylik va tartib-intizom. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining demokratik qadriyatlari hukmron bo’lgan hozirgi davrda erkin va mashuliyatli shaxslarni kamol toptirish uchun davlat boshqaruvining ijtimoiy munosabatlarini tartibga solish boshlang’ich nuqta bo’lib xizmat qiladi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruvga huquqiy hodisa sifatida qarash davlat boshqaruvining ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishning asosiga aylanadi.
Tadqiqotlarga ko’ra, insonlar ijtimoiy hayoti faoliyatining turli ko’rinishlari huquq yordamida ularning shaxsiy, jamoaviy va jamoatchilik aloqalarida tartibga to’shadi. Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish amaliy va bunyodkorlik ahamiyatiga ega bo’lib, shaxsiy va jamoaviy, xususiy va ijtimoiy, shaxsiy va jamoatchilik manfaatlarini o’zaro murosaga keltiradi. Davlat fuqarolikning huquqiy asoslari bilan bog’liq jamiyat shakli, insonlar hamjamiyati sifatida, hokimiyat va boshqaruv vazifalarini amalga oshirish bilan band professionallar apparati sifatida huquqiy majburlash mexanizmlaridan foydalangan holda ijtimoiy munosabatlarni normallashtirish va umumiy ehtiyojlar, manfaat va farovonlikka uyg’unlashtirish maqsadida o’zining boshqaruvchilik, tashkil etuvchilik va tartibga soluvchilik borasidagi tahsirini o’tkazadi. Davlat boshqaruvining huquqiy munosabatlari – bu davlat va jamiyat ishlarini boshqarish zarurati munosabati bilan davlat hokimiyatini amalga oshiradigan, huquq mehyorlari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir. Ushbu munosabatlardan huquqiy mehyor shakllanadi. Huquqiy mehyor – bu davlat tomonidan o’rnatilgan, davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan, o’zgaradigan va barham topadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadlarini ko’zlaydigan xatti-harakat qoidalaridir. Huquqiy mehyorning o’ziga xos tomoni shundaki, subhektlarning davlat tomonidan belgilab qo’yilgan xatti-harakat qoidalari mahmuriy choralar va tartib-intizom mashuliyati bilan himoya qilinadi. Huquqiy munosabatlar subhektlari – bu mahlum harakatlar sodir etish huquqi va majburiyatiga ega bo’lgan shaxslardir. O’zining mazmun-mohiyatiga ko’ra huquqiy munosabatlar moddiy (boshqaruv sohasida paydo bo’ladigan) va protsessual (boshqaruv jarayonida uni amalga oshirish qoidalarini tartibga solgan holda shakllanadi) huquqiy munosabatlarga bo’linadi. Moddiy munosabatlar protsessual munosabatlar vositasida tartibga solinadi. Davlat boshqaruvida vakolatlarni belgilash va ularni amalga oshirish uchun tegishli shaxslarga davlat-hokimiyat vakolatlarini berish – davlat boshqaruvini huquqiy tartibga solishning muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Vakolatlar – davlat organi yoki mansabdor shaxslarning belgilab qo’yilgan vazifa-vakolatlarini bajarish uchun ularga berilgan huquq va majburiyatlar yig’indisidir. Vazifa-vakolatlar - davlat organi yoki mansabdor shaxsning Konsti-tutsiya, qonun yoki mehyoriy hujjatlar bilan belgilab berilgan vakolatlar majmui bo’lib, ular o’z faoliyati davomida shundan tashqariga chiqishi mumkin emas. Idoraviy vakolatlar – konstitu-tsiyaviy tushuncha bo’lib, davlat va jamiyat hayotining mahlum sohalarida hokimiyat-boshqaruv faoliyatini amalga oshirish huquqini bildiradi. Soha mutaxassislarining fikrlariga ko’ra, davlat organining huquqiy maqomi quyidagilardir: davlat organining davlat apparati umumiy tarkibiy tuzilmasidagi holati va uning hokimiyat-boshqaruv faoliyat turiga (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati), maxsus ixtisoslashgan kichik tizimlarga (umumiy vakolatlar, huquq-tartibot, harbiy va h.k.) mansubligi; davlat organi vakolatlarining mahlum faoliyat sohasida ular bajaradigan vazifa va vakolatlarning huquqiy ifodasi sifatidagi birligi; davlat organi faoliyatining tashkiliy tuzilmasi, tamoyillari, shakllari, usullari va tartib-qoidalari, mahlum masalalarni hal etish tartibi va boshqalar. Milliy qonunchilikning har qanday sohasi boshqaruv faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy imkoniyatlardan foydalanadi. Bu huquqiy imkoniyatlar – buyruq-ko’rsatma, tahqiqlash va ijozatdir. Buyruq-ko’rsatma – ijobiy majburiyat bo’lib, huquqiy mehyorda ko’da tutilgan biror-bir harakatni sodir etish uchun to’g’ridan-to’g’ri huquqiy majburiyat yuklashni bildiradi. Tahqiqlash – huquqiy mehyorda ko’zda tutilgan sharoitda biror-bir harakatni sodir etmaslik uchun to’g’ridan-to’g’ri huquqiy majburiyat yuklashni bildiradi. Ijozat - huquqiy mehyorda ko’zda tutilgan sharoitda muayyan harakatlarni sodir etish va o’z ixtiyori bilan ularni sodir etishdan tiyilishdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-qism, 16-moddasiga binoan, davlat, uning idoralari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlar asosida faoliyat yuritadi. Ushbu qonun quyidagi holatlarga ko’ra, boshqaruv sohasida alohida ahamiyatga ega: boshqaruv davlat va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatining ko’pgina sohalarini qamrab oladi; boshqaruv subhektlari o’z vazifa va vakolatlarini huquq qo’llanadigan faoliyatni amalga oshirish orqali bajaradi; boshqaruv idoralari o’z vakolatlari doirasida Konstitutsiya va qonunlarga asoslangan holda ularni bajarishga qaratilgan qonun ijodkorligi faoliyatini amalga oshiradi; o’zini-o’zi boshqarish idoralari faqat qonunda belgilab qo’yilgan vaziyatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklashga olib keladigan mahmuriy majburlov choralarini qo’llash sohasida keng vakolatlarga ega. Davlat boshqaruvida qonuniylikni tahminlash bu sohadagi qonunlar va qonuniy hujjatlarning aniq va so’zsiz bajarilishi, qo’llanilishi, ularga rioya etilishi bo’yicha shaxs va tashkilotlarning birgalikdagi faoliyatidan iboratdir. Bunday faoliyat quyidagi masalalarga qaratiladi: ijro hokimiyati va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida amaldagi qonun va qonun hujjatlarida mustahkamlab qo’yilgan talab va ko’rsatmalarni bo’zishga yo’l qo’ymaslik; bunday holatlarni o’z vaqtida va tezkor aniqlash; ularni oldini olish va sabablarini aniqlash; ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; aybdorlarni tegishli javobgarlikka tortish. O’zbekistonda qonuniylikni tahminlash usullari quyidagilardan iborat: 1. Tashkiliy-tarkibiy tuzilmalar (davlat idoralari va jamoat birlashmalari). 2. Tashkiliy-huquqiy usullar (alohida faoliyat turlari, amaliy usul va vositalar). Bu usullar ko’zatish va nazoratdan iborat. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling