Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Farroshboshi, sharbatdor, oftobachi (


Download 1.89 Mb.
bet188/221
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#227371
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   221
Bog'liq
2 5456645895326009657

Farroshboshi, sharbatdor, oftobachi (yuvinish asboblarining mutasaddisi), bakovul-oshpaz, shabgard (tungi qorovullar) va boshqalar;

Mahmuriy boshqaruvni maxsus tashkil etilgan quyidagi to’rtta markaziy organ amalga oshirgan: davlat devonxonasi, moliya-soliq organi, diniy sud organi va nazorat organi.

Davlat devonxonasi boshqaruv organi sifatida amaldorlar tarkibini to’ldirish, ularni almashtirish, Rossiya siyosiy agenti va mahalliy (joylardagi) amaldorlar bilan yozishmalar olib borish, chet el mahsulotlaridan soliq yig’ish ishlarini boshqarish bilan shug’ullangan. Devonxonani mamlakatning bosh vaziri Qo’shbegi boshqargan. Amir mamlakatda bo’lmagan paytlarda davlat boshqaruvi uning qo’lida bo’lgan.

Ikkinchi boshqaruv moliya-soliq organi bo’lib, mahmuriy boshqaruv organi hisoblangan va uni Devonbegi boshqargan. Devonbegi lavozimi Qo’shbegidan keyin ikkinchi o’rinda turgan. Bu organ mamlakatda soliq yig’ish, xazinaning daromad va xarajatlarini hisoblash bilan shug’ullangan. Uning qoshida mirzolar, shogirdpeshalar, mehmonxona amaldorlari, zakotchilar, miroxurboshi, sharbatdor, mahramlar, navkarlar (300 nafarga yaqin) va quyi xizmatchilar bo’lgan. Barcha amaldorlar Devonbegi tomonidan lavozimiga tayinlangan va amir tomonidan unvon berilgan.

Uchinchi mahmuriy boshqaruv diniy sud organi hisoblanib, uni amirning bosh din peshvosi Qozikalon boshqargan. Bu organ sud ishlari, notarial vazifalar, din veshvolariga bog’liq masalalarni hal qilish va o’quv muassasalarining faoliyatiga rahbarlik qilgan. Uning qoshida mirzolar (ish yurituvchilar), qozilar, mullai azimlar (tergov ishlarida jalb etiladigan vakillar), devonbegi (xo’jalik yurituvchi shaxs), miroxurboshi, mahramlar hamda quyi xizmatchilar faoliyat ko’rsatgan. Mazkur mansabdorlarni Qozikalon tayinlagan va vazifasidan ozod qilgan.

To’rtinchi mahmuriy nazorat organi Rais qaramog’ida bo’lib, uning vakolatiga qonunlarning bajarilishi, axloqiy soflik, diniy ehtiqodni himoya qilish hamda bozorlarda tosh-tarozi va o’lchov birliklarining aniqligi ustidan nazorat qilish kirgan. Uning qoshida mirzalar, raislar (topshiriqlarning bajarilishiga mutasaddi amaldor), mahramlar, devonbegi (xo’jalik boshqaruvchisi), miroxurboshi va quyi xizmat vakillari faoliyat ko’rsatgan. Barcha amaldorlarni Bosh Raisning o’zi tayinlagan. Bosh Rais bevosita amir va Qozi kalon oldida javob bergan.

Amirlik 27 ta beklikdan iborat bo’lib, ular orasida Qarshi bekligi taxt vorisi va Buxoro bekligi Qushbegining o’zi tomonidan boshqarilgan. Qolgan bekliklarni esa bevosita amir tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan beklar boshqargan.

Har bir beklikda soliq va yig’imni yig’ish uchun alohida mansabdor shaxslar mavjud bo’lib, ular devonbegiga bo’ysunganlar. Zakotchilar mahalliy beklardan mustaqil ish olib borganlar. Ular devonbegi tomonidan lavozimga tayinlanib, amir tomonidan unvon berilgan.

Har bir beklikda qozi, notarius, tergovchi faoliyat ko’rsatgan. Qozi mahalliy bekdan mustaqil ish yuritgan. U faqat Qozikalonga bo’ysungan. Qozi mahalliy mahmuriy organlar tomonidan qonunlarning bajarilishi yuzasidan nazorat olib borgan. Beklik qozilari beklikning bosh shaharlarida yashaganlar. Beklik qozisining huzurida turli mansabdor shaxslar mavjud bo’lganlar.

Har bir beklik amlokdorlarga bo’linib, ularni mahmuriy – politsiya va soliq yig’ish vazifalarini bajaruvchi amaldorlar boshqargan. Ularning huzurida mahalliy oqsoqollardan yordamchilar va maxsus topshiriqlarni bajarish uchun amaldorlar bo’lgan.

SHarqiy Buxoro bekligining boshqaruv tizimi boshqa bekliklarnikidan bir muncha farq qilgan. Ularda amaldorlardan tashqari tojik aholisi yashaydigan hududlarda “shohlik” mavjud bo’lib, shoh amaldor vazifasini bajargan (Masalan: Pomirda Parpisho, Salimsho va hokazo). SHoh mahalliy tojik aholisi tomonidan urug’ zodagonlari orasidan saylab qo’yilgan va beklar tomonidan tayinlangan.


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling