Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi
Ijtimoiy-madaniy sohadagi vakolatlar
Download 1.89 Mb.
|
2 5456645895326009657
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat boshqaruvida sudlarning roli.
- Vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa idoralari.
- Agentliklar, Qo’mitalar, Markazlar va Inspektsiyalar
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari.
- Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari.
- O’zbekiston Respublikasi Vazirliklari.
Ijtimoiy-madaniy sohadagi vakolatlar:
Fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tabirlarini amalga oshiradi. Fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini tahminlash chora-tadbirlarini ko’radi, ijtimoiy tahminot tizimini takomillashtiradi. Sog’liqni saqlash, xalq tahlimini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko’maklashadi. Vazirlar Mahkamasining majlislarida davlat boshqaruvi, xo’jalik va ijtimoiy – madaniy qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi. Majlislar yilning har choragida kamida bir marta o’tkaziladi. Ularni tayyorlash va o’tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish tartibi to’g’risidagi” qarori bilan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama etish uchun masalalar vazirlar, davlat qo’mitalarining raislari, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, kontserinlar, uyushmalarning raxbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ular bo’lmagan hollarda ularning birinchi o’rinbosarlari tomonidan kiritiladi. Davlat boshqaruvida sudlarning roli. Har bir davlatda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham odil sudlov organlari tizimi mahmuriy-hududiy tuzilmalarda tashkil etilgan hamda sudlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirish jarayonida korxona va tashkilot, davlat organlari va fuqarolar o’rtasidagi huquqiy munosabat natijasida kelib chiqadigan masalalarni belgilangan hududiy birliklar miqyosida ko’rib chiqadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida “O’zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Xo’jalik sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasining xo’jalik sudi bilan shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo’jalik sudlaridan iborat”, deb belgilangan. 2000 yil 14 dekabrda qabo’l qilingan “Sudlar to’g’risida” gi qonunning yangi tahririga ko’ra, yuqorida sanab o’tilgan sud tizimiga o’zgartirishlar kiritilib, sudlar ixtisoslashtirildi. Yahni, jinoyat ishlari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha Oliy sudi, fuqarolik va jinoiy ishlar bo’yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudlari joriy etilgan. O’zbekistondagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda sud organlarining tahsiri kuchli bo’lib, bu jarayonni davlat nomidan kafolatlaydi. Sud organlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab berilgan fuqarolarni huquq va erkinliklarini millatlarning tengligi tamoyillari asosida amalda qo’llanilishini nazorat qiladi. SHuningdek, sud organlari mamlakat ijtimoiy hayotidagi ishlab chiqarish muassasalarida, davlat idoralarida, jamoat birlashmalarida fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquqlarini mulk shaklidan qathiy nazar himoya qilinishini tahminlaydi. Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiyaviy nazorat bo’yicha sud organi hisoblanib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko’radi. Bu sud huquqiy muhofazi qiluvchi qonunlarni, qonunchilik va ijro hokimiyatining boshqa hujjatlarini Konstitutsiyaga zid deb topish va ularni harakatdan to’xtatib qo’yish huquqiga ega bo’lgan maxsus organ hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud quyidagi vakolatlarga ega: Oliy Majlis qabul qilgan hujjatlarni, Prezident farmonlarini, Hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarini, O’zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarini va boshqa majburiyatlarini Konstitutsiyaga mosligini aniqlaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasining qonunlari O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to’g’risida xulosa beradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining normalariga sharh beradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ko’rib chiqadi. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda ehlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Konstitutsiyaviy sud Oliy Majlisda qonunchilik tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va mahmuriy sudlov ishlarini yurgizish borasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Oliy sud qonunda ko’rsatilgan protsessual shakl va tartibda umumiy yurisdiktsiyali sudlar, shuningdek, harbiy sudlar faoliyati ustidan ham sudlov nazoratini amalga oshiradi. Undan tashqari Oliy sud, quyi sudlarning mahlum ishlar bo’yicha yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarini tuzatish maqsadida ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi va asosli ekanligini tekshirish yo’li bilan ularning faoliyatini nazorat qiladi. Oliy sud - Oliy sud raisi, uning o’rinbosari va o’rinbosarlari, sudlov hayhatlari raislari, Oliy sud sudyalaridan iborat tarkibda ish olib boradi. Sud faoliyatining katta qismi sudlov hayhatlari zimmasida bo’ladi. Oliy sudlov hayhtlari fuqarolik ishlari bo’yicha, jinoyat ishlari bo’yicha, harbiy ishlar bo’yicha hayhatlar hisoblanib, ular tarkibi Respublika Oliy sudi Plenumi tomonidan tasdiqlanadi. Oliy sud faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish Oliy sud raisi zimmasiga yuklatilgan. Oliy sud raisi umumiy yurisdiktsiyali sudlarning barcha hukm va boshqa qarorlariga qonunda belgilangan tartibda protest berish hamda ular ijrosini to’xtatib qo’yish huquqiga ega. Iqtisodiy sohada, turli mulk shakllariga ega tashkilotlar, idoralar, korxonalarni boshqarish jarayonida, shuningdek, tadbirkorlar orasida vujudga keladigan munosabatlarda yuzaga chiqqan bahslarni hal qilish Oliy xo’jalik sudlari tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Xo’jalik sudlarining asosiy vazifalari – tashkilotlar va fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonunchilikni to’g’ri va bir xilda qo’llash, iqtisodiy munosabatlarda qonuniylikni mustahkamlash va qonunchilikning huquqiy vositalaridan foydalanishga sharoit yaratishdan iborat. Oliy xo’jalik sudi faoliyatining asosiy tamoyillari – qonuniylik, xo’jalik sudg’yalarining mustaqilligi, sud va qonun oldida hammaning tengligi, tomonlarning teng huquqliligi, ish yuritishda oshkoralik, sud muhokamasining bevosita va uzviy amalga oshirilishi hisoblanadi. Sudning qonuniy kuchga kirgan huquqiy hujjatlari xo’jalik sudining to’xtami, qarori, ajrimi barcha davlat organlari, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari, hamda boshqa organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan O’zbekistonning barcha hududlarida bajarilishi shart hisoblanadi. Vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa idoralari. O’zbekistonda davlat boshqaruvining muhim tashkiliy-huquqiy shakllaridan bo’lgan Vazirliklar davlat boshqaruvining ixtisoslashtirilgan markaziy organlari hisoblanadi. Davlat boshqaruvining bu tashkiliy – huquqiy shakli umumdavlat miqyosida faoliyat yuritadigan, qoidaga ko’ra, ijtimoiy hayotning muayyan bir tarmog’iga rahbarlik qiladigan ijro etuvchi – farmoish beruvchi organ hisoblanadi. Vazirlikka hukumat ahzosi bo’lgan mansabdor shaxs – Vazir boshchilik qiladi va u vazirlikka topshirilgan tarmoqning rivojlanishi hamda vazirlikning faoliyati uchun Vazirlar mahkamasi oldida shaxsan javobgar bo’ladi. Vazirlik jamiyatdagi muayyan tarmoqning yakkaboshchilik asosida boshqariladigan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazir tarmoqning rivojlanishi va tarmoqqa doir davlat siyosati olib borishga shaxsan javobgar hisoblanadi. Vazirlik qoshida Vazir, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari, vazirlik tizimiga kiruvchi rahbar xodimlardan iborat hayhat tuziladi. Tarmoq rivojlanishining dolzarb masalalari hayhatning har oylik majlislarida muhokama etiladi. Muhokama natijalari bo’yicha hayhat qorori Vazirning buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Davlat qo’mitalari ham davlat boshqaruvining markaziy iqtisoslashtirilgan organlariga kiradi. Davlat qo’mitalari davlat boshqaruvining o’ziga xos tashkiliy-huquqiy shaklini tashkil etsa –da, ularning tashkil topish, faoliyat yurgizish, bo’ysunish, maqom hamda funktsiyalari nuqtai nazaridan Vazirlik boshqaruvi bilan qator umumiyliklarga egadir. Tarmoqlararo xususiyatga ega bo’lgan davlat qo’mitalarining faoliyatida asosan muvofiqlashtirish va tartibga solish funktsiyalari keng o’rin egallaydi. Davlat qo’mitasiga rahbarlik uning raisi tomrnidan amalga oshiriladi. Qo’mita raisi bosh vazirning taqdimiga muvofiq Prezident tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi. Davlat qo’mitasining ichki faoliyatiga doir buyruq, yo’riqnoma va ko’rsatmalar rais tomonidan chiqariladi va u qo’mita tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Agentliklar, Qo’mitalar, Markazlar va Inspektsiyalar – Respublika davlat boshqaruvining ijro etuvchi – farmoyish beruvchi faoliyati olib boradigan ixtisoslashgan funktsional boshqaruvni amalga oshiradigan markaziy idoralaridir. Ushbu maxsus idoralar hukumat tomonidan xo’jalik va madaniy tarmoqlarida tashkil etiladigan tashkiliy-huquqiy boshqaruv shakllari hisoblanadi. Mazkur markaziy boshqaruv idoralari mamlakat hayotining muhim bir tarmog’i bo’yicha davlat boshqaruvini olib boradilar va shu tarmoq bo’yicha qabul qilingan qonunlar ijrosini tahminlaydilar. Mahalliy davlat hokimiyati organlari. O’zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatining tashkil etish Konstitutsiya, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonun, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari “Ish tartibi” va boshqa mehyoriy qonun hujjatlari asosida tashkil etiladi. Mahalliy ijroya hokimiyati deganda O’zbekistonda tashkil etilgan viloyat, tuman, shahar hokimiyati tizimi tushuniladi. Mahalliy vakillik va ijro etuvchi mahkama hokimning rahbarligi ostida ishlaydi. Viloyat hokimlari, Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim muommolarini muhokama qilish uchun hokim huzurida Maslahat Kengashi tuziladi. Bu Kengash tarkibiga hokim, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari, kotibiyat boshlig’i kiradi. Maslahat Kengashi tarkibiga hokimning qaroriga muvofiq xalq deputatlari Kengashi ahzolari va boshqa tashkilotlardan bo’lgan vakillar ham kirishi mumkin. Konstituttsiyaga binoan, mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga quyidagilar kiradi: -qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini tahminlash; -hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; -mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish; -mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish; -atrof muhitni muhofaza qilish; -fuqarolik holati aktlarini qayd etishni tahminlash; -normativ hujjatlarni qabul qilish hamda Konstitutsiyaga va qonunlarga zid kelmaydigan vakolatlarni amalga oshirish. Viloyat, tuman va shahar ijroya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlarga ega bo’ladi. Mahalliy ijroya hokimiyati organlari boshqarmalar, bo’limlar va bo’linmalardan iborat bo’lib, ularning tuzilishi va tashkil etilish tartibi, faoliyat yuritish asoslari Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Hokimning faoliyatini to’g’ri tashkil etishda hokimning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari faoliyatini tashkil etish o’ta muhimdir. Tuman tarkibidagi shahar va shaharchalarda Kengashlar tuzilmaydi. SHahar tartibidagi tuman hokimi shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. SHahar tarkibiga kiruvchi tuman hokimlari shahar hokimini rasmiy vakili hisoblanadi va unga hisob berib turadi. Tumanlar tarkibiga kiruvchi shahar hokimlarining tayinlanishi ham shu tartibda amalga oshiriladi. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari. 1993 yil 2 sentyabrda bo’lib o’tgan Oliy Kengashning o’n ikkinchi chaqiriq uchunchi sessiyasida “Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi bu hujjat qishloq, shaharcha va ovullar tarkibida tuziladigan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining tuzilishi va ularning huquqiy holatini belgilab berdi. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolarga ko’maklashadilar. Ular o’z hududlaridagi ijtimoiy-xo’jalik vazifalarni hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlar o’tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga Respublika rahbariyati va hukumatining qarorlarini bajarish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi. Konstitutsiyada belgilab qo’yilganidek, “shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini-o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga rais (oqsoqol)ni uning maslahatchilarini saylaydi. O’zini-o’zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi”. Fuqarolar yig’inini rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilan kelishilgan holda zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yig’ini shuningdek, xalq deputatlari Kengashi, hokim tomonidan yoki shu hududda yashayotgan fuqarolarning uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. Yuqorida eslatilgan Qonunda fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilarini saylash tartibi belgilangan bo’lib, ularni fuqarolarning yig’ini (yig’ilishi) tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishgan holda saylaydi. Fuqarolar yig’inlarda qatnashish huquqiga ega bo’lgan barcha aholining yarmidan ko’prog’i ishtirok etgan taqdirda yig’inlar vakolatli deb hisoblanadi, vakillar yig’ilishlari esa vakillarning kamida uchdan ikki qismi kelganda vakolatli hisoblanadi. Fuqarolar yig’ini (yig’ilishi)ni olib borish uchun rayosat saylanadi. Yig’inni rais (oqsoqol) yoki uning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar bo’yicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali va oddiy ko’pchilik ovoz berish bilan qabul qilinadi. O’zini-o’zi boshqarish organlari o’z-o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida qarorlar qabul qiladilar. Bu qarorlarni tegishli hududda yashaydigan barcha fuqarolar bajarishlari shart. O’zbekiston Respublikasi Vazirliklari. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi O’zbekiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi O’zbekiston Respublikasi Xalq tahlimi vazirligi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O’zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling