Devoni arz (harbiy vazirlik) – lashkarga mo’ljallangan maosh va tahminot, harbiylarning ro’yxati, yangilanib turishi, harbiy qismlarning tarkibiy soni, ularga ketadigan xarajatlarning turi va hajmi, ot-ulov, harbiy yurishlar paytidagi tahminot, harbiylar ko’rigini tashkil etish kabi vazifalarini bajargan1.
Saljuqiylar hokimiyatida, ayniqsa Sulton Sanjar hukmronligi davrida hokimiyatda harbiy sarkardalar katta o’rin egallaganlar. Harbiy boshliqlar va sarkardalarning ko’pchiligi turli urug’ va qabilalardan (o’g’o’z, turkman, xalaj, chig’il va boshq.) chiqqan kishilardan bo’lgan. Harbiy sarkardalar tabaqasi o’z tahsirini Sulton Sanjar boshqarayotgan hokimiyatga o’tqazib, ularning ixtiyori bilan ish tutishni talab qilganlar. Harbiy sarkardalarning mavqei Sulton Sanjarning Qatvan cho’lidagi mag’lubiyatidan so’ng yanada kuchayib ketgan edi.
Saljuqiylar davri mahalliy boshqaruv tizimida viloyat boshliqlari (voliylar) ham o’z devonlariga ega bo’lganlar. Voliylarni oliy hukmdor tayinlagan va mansabidan olgan. Voliylar butun viloyat hayoti bilan bog’liq barcha sohalarga boshchilik qilganlar. Moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralari voliylar nazorati ostida faoliyat ko’rsatgan. Tumanlar va shaharlar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham viloyatlarniki singari bo’lgan.
Qo’yida A.Ziyo tadqiqotlariga asoslanib G’aznaviylar va Saljuqiylar hukmdorlari ro’yxatini berishni lozim topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |