Er egaligi. Dehqonchilik va chorvachilik. Butun O’rta Osiyo hududida bo’lgani kabi Xiva xonligida ham yer egaligining quyidagi shakllari hukmronlik qilgan: davlatga qarashli yerlar yoki podsholik yerlari; xususiy shaxslarga qarashli yerlar; diniy muassasalarga qarashli yerlar, yoki vaqf yerlari.
Podsholik yerlari bevosita davlatga, xonga tegishli bo’lib, avloddan avlodga meros bo’lib o’tgan. Davlat yerlariga doimiy sug’oriladigan ekinbop yerlardan tashqari tashlandiq yerlar, qumlik, adirlar va yaylovlar, ko’l va to’qayzorlar ham kirgan. Davlat yerlari bosib olingan hududlar, xonga qarshi mulkdorlarning musodara qilingan yerlari, yangi yerlarning o’zlashtirilishi hisobiga ham kengayib borgan. Davlat yerlari xon tomonidan mulkdorlarga va ijarachi dehqonlarga, bevatan (ersizlar)larga foydalanish uchun bo’lib berilgan.
Bunday yerlardan davlatga olingan hosilning 40-50 foizigacha mahsulot yoki pul ko’rinishida soliq undirilgan. Davlat yerlari xonlik xazinasining asosiy manbai hisoblangan. Xon o’ziga xolis xizmat qilgan amaldorlarga, yaqin qarindoshlariga, sodiq xizmat qilgan navkarlarga va dindorlarga davlat yerlaridan inhom qilib bergan. Bunday yerlar soliqlardan ozod etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |