Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi
Download 1.89 Mb.
|
2 5456645895326009657
- Bu sahifa navigatsiya:
- soliq kesma
Soliq siyosati. Xova xonligida qo’shni davlatlarda bo’lgani kabi xiroj, zakot, boj, jizhya kabi soliqlar mavjud bo’lgan. Muhammad Rahimxon I amalga oshirgan iqtisodiy islohot tufayli xonlikdagi soliq siyosatiga o’zgartirishlar kiritiladi. Xususan, ilgari mahsulot ko’rinishida yig’ib olinadigan xiroj o’rniga pul solig’i solg’it (solg’ut) joriy etildi. Bunga ko’ra, 10 tanobdan ortiq yeri bo’lganlar yiliga 3 tillo (54 tanga), 5-10 tanob yeri bo’lganlar 2 tillo (36 tanga), 5 tanobgacha yeri bo’lgan dehqonlar 1 tillo (18 tanga) miqdorda soliq to’laganlar. 15 tanobgacha yerni ijaraga olgan ijarakorlar yiliga davlat xazinasiga 34 tanga, 10 tanobgacha yerni ijaraga olganlar 22.6 tanga, 5 tanobgacha yerni ijaraga olganlar 11.3 tanga miqdorda soliq to’laganlar. Ijarakor dehqonlar davlat xazinasiga soliq to’lashdan tashqari, ijaraga yer bergan xo’jayinga pul yoki mahsulot bilan haq to’lashi yoxud ishlab berishi lozim bo’lgan.
Xonlikdagi yarim o’troq va chorvador aholi ham davlat xazinasiga belgilangan miqdorda xiroj va zakot to’laganlar. XIX asr boshlaridan boshlab ulardagi xiroj solig’i soliq kesma deb atala boshlagan. Bunga ko’ra, qoraqalpoqlar va qo’ng’irotlilar ekin maydoni va hosil miqdoridan qathiy nazar davlat xazinasiga har yili 24.5 ming kichik tillo miqdorida soliq to’lab turganlar. Qoraqalpoqlar va qozoqlardagi yersiz va ot-ulovsiz dehqonlar, xon, uning qarindoshlari va saroy amaldorlarining shaxsiy yerlarida ijarakor bo’lsalar hosilning har 4 yoki 5 botmoni hisobidan ikki botmon miqdorida davlat xazinasiga soliq to’laganlar. CHorvador aholi xon xazinasiga zakot solig’i to’lagan. XIX asr boshlariga qadar bu soliq natura ko’rinishida, 40 bosh chorva hisobidan bir bosh undirilgan bo’lsa, keyingi davrlarda zakotni undirishga o’tilgan. Endilikda chorvadorlar yirik chorva uchun 40 bosh chorvadan 5 tillo, mayda chorvaning har 40 boshiga 10 abbos (10 abbos – 25 kumush tanga) miqdorida soliq to’laganlar. Yuqoridagilardan tashqari xonlikning barcha o’troq, yarim o’troq va ko’chmanchi aholisi qazuv, begor, qochuv, otlanuv, boj puli, miltiq solig’i, ulov tutuv, qo’nalg’a, chopar puli, tarozi haqi, mirobona, darvozabon, mir tuman haqi, afanak ruli kabi qo’shimcha to’lov hamda majburiyatlarni ham bajarganlar. Ular orasida eng og’iri qazuv, qochuv va begor bo’lib, bu davlat qurilishi, ariqlarni va daryodagi dambalarni tahmirlash, qalha, saroy, shahar devorlari, yo’l va ko’priklar qurilishi hamda tahmirlanishi uchun har yili 12 kun bepul ishlab berish majburiyati bo’lgan. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling