Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Download 1.89 Mb.
bet205/221
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#227371
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   221
Bog'liq
2 5456645895326009657

3-modda. O’zbekiston Respublikasi to’la davlat hokimiyatiga ega, o’zining milliy-davlat va mahmuriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi.

4-modda. O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo’linmas bo’lib, uning xalqi o’z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o’zgartirilishi mumkin emas.



5-modda. O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. O’zbekiston Respublikasi Davlat idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi,ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida quriladi.

6-modda. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega.

Suveren O’zbekiston Respublikasi hududida SSSR Qurolli Kuchlarini o’akllantirish va ularga rahbarlik qilish masalalarida harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini o’zida saqlab qoladi.

7-modda. O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir.

Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning mahnaviy boyliklari O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi.

8-modda. Davlat mulki obhektlari, shuningdek dav­lat korxonalari, muassasalari va tashkilotlariniig, shu jumladan, Itgifok, qaramog’ida bo’lib kelgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mul­ki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki boshqa fondlari hamda o’zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O’zbekiston Respublikasining mulkidir.

9-modda. O’zbekiston Respublikasining mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish respublika qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika hududida joylashgan, Ittifoq qaramog’ida bo’lib kelgan davlat korxonalarini aktsiyali jamiyatlarga aylantirish, ularni mulkning boshqa shakllariga o’tkazish faqat O’zbekiston Respubli­kasi qonunlarida ko’zda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi.


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling