14-modda. O’zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning subhekti bo’lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlarini, investorlarning huquqlarini belgilaydi, o’zining konversiya qilinadigan valyuta jamg’armasini yaratadi, oltin va boshqa zahiralarni, ayirboshlanadigan valyutani sotadi va sotib oladi.
15-modda. O’zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda Respublika fuqaroligi joriy etiladi.
O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari, millatidan, elatidan, ijtimoiy kelib chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va ehtiqodidan qathiy nazar, bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo’ladilar.
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqarida ham O’zbekiston Respublikasining himoyasida bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |