Ma'naviyat beqiyos kuch


Download 171 Kb.
bet1/12
Sana16.03.2023
Hajmi171 Kb.
#1278941
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abdug`afforov Asadbek


Ma'naviyat beqiyos kuch.

Milliy istiqlol mafkurasining ma'no-mohiyatini chuqur anglab yetish uchun bu manfaatlarning har biri haqida tasav-vurga ega bo'lish lozim. Bu manfaatlar, tili, dini, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning hayotiy intilishlarini aks ettiradi. Ularning har biri xalqimizning bosh maqsadi bo'lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish g'oyasi bilan chambarchas bog'liq.


Masalan, bosh g'oyamiz tarkibidagi «ozod» so'zi musta-qillik ma'nosini ham ifoda etadi. jMustaqillik tufayli odamlar tinch mehnat va ijod bilan shug'ullanmoqda, o'z mehnat natijalariga o'zlari egalik qilmoqda. Mustaqillik sharofati bilan milliy boyliklarimiz faqat o'zimizning manfaatimiz uchun xizmat qilmoqda. Ongimiz, tafakkurimiz erkin rivojlanyapti. Yurtdoshlarimizga mutelik va qaramlik hissi begona. Yurtimiz mustaqil bo'lib, o'z tanlagan yo'lidan olg'a boraversa, uning qudrati, obro'-e'tibori yanada ortadi./ Buni bilib oling. Hududiy yaxlitlik deb, mamlakat hududi-ning xalq xohish-irodasi asosida yagona va bo'Iinmas ekanini ifoda etadigan tamoyi Mamlakatimiz hududining yaxlitligi tamoyili o'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasida belgilab qo'yilgan. Hududiy yaxlitlik yurtdoshlarimizning butun mamlakatimiz bo'ylab erkin harakat qilishi, yagona xalq bo'lib, umumiy maqsad sari intilib yashashini, mamlakat tinchligi va barqarorligini, hokimiyat idoralarining samarali faoliyat yuritishini ta'minlaydi, yurtimiz boyliklarining talon-toroj bo'lib ketishiga, boshboshdoqlikka yo'1 qo'ymaydi.
Buni bilib oling. Sarhadlar daxlsiziigi deganda, tarixan shakllangan, dunyo miqyosida tan olingan davlat chegaralari-ning qonun asosida muhofazalanishi tushuniladi.
Mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi tamoyili o'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasida belgilab qo'yilgan. Sarhadlarimiz daxlsizligi ham davlatimiz mustaqilligi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligining muhim shartlaridan biridir.
Oila muqaddas dargoh. Biz ana shu oilada kamol topamiz, ulg‘ayamiz va mustaqqil hayotga qadam qo‘yamiz. Har bir millat o‘z istiqbolini kamolga yetayotgan yoshlari timsolida ko‘radi. Shuning uchun ham jamiyatning tayanchi — oila sanaladi. 
O‘zbek xalqi qadim zamonlardan oilani muqaddas bilgan. Oiladagi tarbiya oilaviy hayotni kuzatish, o‘rnak olish va yaxshi o‘gitlar eshitish orqali shakllanadi.
Hozirgidek murakkab sharoitda milliy o‘zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan xurujlar, ularning ongi hamda qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani har birimizdan yanada hushyor va ogoh bo‘lishni talab etmoqda. Oq-qorani ajrata olmagan g‘o‘r yoshlarni bunday oqimlar domiga tushib Ba’zi ota-onalar farzand tarbiyasiga beparvo bo‘lmoqda. Ayrim yoshlarning yengil-elpi hayotga moyilligi sezilmoqda. Erta va qarindoshlar o‘rtasida nikoh holatlari, oilaviy ajralishlar uchrab turibdi. Ijtimoiy-ma’naviy muhiti qoniqarli bo‘lmagan oilalarda yuzaga kelayotgan bu muammolarga yechim topish, ular yurt ravnaqi, yoshlar tarbiyasida to‘siq bo‘lmasligi uchun nima qilmoq kerak?
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar hokimligi va Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda Xalqaro oila kuniga bag‘ishlab Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kollejida tashkil etgan «Oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish: muammo va yechimlar» mavzuidagi konferensiyada bu savolga Yashnobod tumani mahallalari faollari, namunali oilalar, olim va tadqiqotchilar, tibbiyot xodimlari, yoshlar birgalikda javob izladi.
Anjuman muhokamasida yosh avlod tarbiyasida oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilikning o‘rni masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Partiyaning Toshkent shahar kengashi raisi H.Boboxonov, yuridik fanlari doktori, professor B.Toshev va boshqalar bu masala yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdi.
Ma’ruzalarda oilaviy ajrimlarning oldini olish profilaktikasi, globallashuv sharoitida oila farovonligini ta’minlashda axborot xavfsizligi kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.
...Hali kollejni tamomlamagan o‘quvchi qiz onaning qistovi bilan xolasining o‘g‘liga turmushga chiqadi. Yaqin qarindoshlar qurgan nikohdan nogiron farzand tug‘iladi. Ota-onasi tomonidan haddan ortiq taltaytirib yuborilgan farzand giyohvandlik domiga ilinadi...
Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kolleji o‘quvchilari tayyorlagan sahna ko‘rinishlarida ba’zi oilalar hayotida uchrab turgan shu kabi voqealar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.
– Mamlakatimizda har bir oilaning erkin, farovon yashashi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda, – deydi O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari N.Yo‘ldosheva. – Bugungi tadbirimizning mazmun-mohiyati oila jamiyat ravnaqida muhim ahamiyatga egaligi, oila boshliqlari va a’zolariga o‘z huquq, burch va mas’uliyatlari, farzandlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratishi lozimligini tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
Inson shunday yaralganki, u tabiat va jamiyatda paydo bo'ladigan ko'pdan-ko'p rnuammolarga yoshligidanoq javob izlaydi, Hayotdagi turli voqea-hodisalarning mohiyatini tushunishga intiladi. Dunyoning sir-asrorini sodda va aniq qilib izohlab beradigan biiimlar, tasavvur va tushunchalarga qiziqadi. Shu tariqa u doimo haqiqatni bilishga intilib, nimanidir kashf qilib, yangiliklarni qidirib yashaydi.



Download 171 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling