Ma'naviyat beqiyos kuch


Moddiy va ma`naviy hayot uyg`unligi, fuqarolik ma`suliyati va daxldorlik


Download 171 Kb.
bet4/12
Sana16.03.2023
Hajmi171 Kb.
#1278941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abdug`afforov Asadbek

Moddiy va ma`naviy hayot uyg`unligi, fuqarolik ma`suliyati va daxldorlik
Bu galgi amaliy mashg'ulot Yurtboshimizning «Yuksak ma'na-viyat — yengilmas kuch» asarining 65—70-sahifalaridan o'rin olgan mulohazalarini to'liq o'qish va muhokama qilishga bag'ishlanadi. Avvalo, muallifning materializm va idealizm ta'limotlarining yuzaga chiqish tarixi to'g'risidagi fikrlari darslikda mazkur termin-larga berilgan ta'riflar yordamida keng sharhlanishi maqsadga muvofiqdir. Shundan keyin sho'ro zamonida materialistik qarashni ustun qo'yish natijasida paydo bo'lgan, insonning ma'naviy qadriyatlari, ayniqsa, uning milliy va diniy tuyg'ulariga bepisand munosabatda bo'lishning salbiy oqibatlari hayotiy misollar yorda­mida izohlanadi. Bunda, masalan, «O'zbekkino» Milliy agentligi tomonidan suratga olingan «O'rtoq Boykenjayev» nomli badiiy filmda aks ettirilgan ham fojiaviy, ham kulgili tarixiy lavhalar sharhi orqali sho'ro siyosatining insoniylikka zid mohiyatini ochib berish mumkin. Yoki «Temir xotin» badiiy filmidagi inson va uning taqdiriga faqat moddiy boyUk yaratishi lozim bo'lgan bir mashinadek munosabat ko'rsatilgani, odamning ruhiy olami, ma'naviy ehtiyojlari esa ochiqdan ochiq oyoqosti qilingani to'g'­risida xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir.
Umuman, insonning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini bir-biriga qarama-qarshi qo'yish oxir-oqibatda jamiyat hayotini inqirozga olib kelishi muqarrar ekanini isbotlovchi tarixiy misollarni amaliy mashg'ulot paytida ko'plab keltirish mumkin.
Mashg'ulot davomida Yurtboshimizning quyidagi fikrlariga alohida to'xtalish, ularni amaliy misollar yordamida keng sharhlash tavsiya etiladi:
«Biz iqtisodiy o'nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomUa uyg'un ravishda rivojlanib borishini doimo davlatimiz va jamiyatimizning e'tibor markaziga qo'yib kelmoqdamiz»'.
Mazkur tamoyil asosida rivojlanayotgan O'zbekistonda fuqaro-lararo, millatlararo, dMararo o'zaro hamjihatlik ta'minlanayotgani, jamiyatimizda inson qadri, huquq va erkinliklari e'zozlanayotgani hayotiy haqiqatdir. Ayrim mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida aholi qatlamlari o'rtasida o'zaro tengsizlikning keskin kuchayib ketgani, nafsiy qadriyatlarning markaziy o'rin egallab borayotgani, buning natijasida mazkur jamiyatlarda «Boy boyga boqar, suv soyga oqar» qabilidagi qarashlar hukmronlik qila boshlayotgani ham sir emas.
Shundan kelib chiqib, bizning yurtimizda moddiy va ma'naviy jarayonlarning o'zaro mutanosib tarzda rivojlantirilayotgani siyosiy-ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo'lib xizmat qilayotganini alohida ta'kidlash o'rinli.
Amaliy mashg'ulotga tayyorgarlik jarayonida rasm chizish qo'lidan keladigan o'quvchilar ko'magi bilan katta qog'ozga qa-notlarini keng yoyib parvoz qilayotgan qushning suratini solish, uning bir qanotiga moddiy hayot bilan bog'liq tushunchalarni, ikkinchi qanotiga esa ma'naviy hayot qadriyatlarini yozib chiqish mavzuni esda saqlab qolishimizga yordam beradi, deb o'ylaymiz.



Download 171 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling