Didaktika o‘qitishning pedagogik nazariyasidir Didaktika


Download 65.03 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi65.03 Kb.
#1118365
Bog'liq
1-mavzu.T.N

Didaktika o‘qitishning pedagogik nazariyasidir

Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha “didaktikos” о‘rgatuvchi,“didasko” esa о‘rganuvchi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yо‘llari va hokazo muammolar)ni о‘rganuvchi fan.

  • Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha “didaktikos” о‘rgatuvchi,“didasko” esa о‘rganuvchi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yо‘llari va hokazo muammolar)ni о‘rganuvchi fan.
  • Didaktika (ta’lim nazariyasi)ning predmeti о‘qitish (о‘qituvchi faoliyati) va bilim olish (о‘quvchining о‘rganish faoliyati)ning о‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi jihatlarini о‘rganishdan iborat.

Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:

Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish.
  • Ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish.
  • Ta’lim jarayoni uchun xos bо‘lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash.

Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat:

Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat:

  • Bilim shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar kо‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
  • Kо‘nikma olingan bilimlarga asoslanib qо‘yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig‘indisi.
  • Malaka ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
  • Ta’lim о‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy kо‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini о‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yо‘naltirilgan jarayon.

Ta’lim jarayoni о‘qituvchi va о‘quvchilar о‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni о‘zlashtirishga yо‘naltirilgan pedagogik jarayon

  • Ta’lim jarayoni о‘qituvchi va о‘quvchilar о‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni о‘zlashtirishga yо‘naltirilgan pedagogik jarayon
  • Bilim olish idrok etish, о‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat kо‘nikma, malakalarning mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni
  • Dars bevosita о‘qituvchi rahbarligida muayyan о‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli
  • О‘quv fani ta’lim muassasalarida о‘qitilishi yо‘lga qо‘yilgan hamda о‘zida muayyan fan sohasi bо‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.
  • Ta’lim mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bо‘yicha о‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar, shuningdek, shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati

Ta’lim tizimi yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yо‘lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi о‘quv-tarbiya muassasalari majmui

  • Ta’lim tizimi yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yо‘lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi о‘quv-tarbiya muassasalari majmui
  • Ta’lim maqsadi (о‘qish, bilim olish maqsadi) ta’limning aniq yо‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya
  • Ta’limni boshqarish ta’lim muassasalarining faoliyatini yо‘lga qо‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash
  • Ta’lim jarayonining ta’lim berish funksiyasi о‘quvchilarda bilim, kо‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat
  • Ta’limning rivojlantiruvchi funksiyasi ta’lim jarayonida bilimlarni о‘zlashtirish jarayonida о‘quvchining rivojlanishi sodir bо‘lishini ifodalaydi
  • Ta’limning tarbiyalash funksiyasi turli ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bо‘lib, ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va о‘qituvchi hamda о‘quvchilar о‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida yetakchi о‘rin tutadi

Ta’lim jarayonini boshqarish bosqichlari

Ta’lim jarayonini boshqarish bosqichlari

  • Rejalashtirish
  • Tashkil etish
  • Boshqarish
  • Nazorat
  • Bilimlarni egallash bosqichlari

  • Idrok etish
  • О‘quv materialini anglab yetish
  • Bilimlarni mustahkamlash
  • Bilimlarni amaliyotda qо‘llash

Ta’lim tamoyillari о‘qitish asosida yotadigan, ta’lim va uni tashkil etish jarayonini tashkil etish mazmuni, shakl, metod va vositalarini tanlanishini belgilaydigan boshlang‘ich asoslardir

  • Ta’lim tamoyillari о‘qitish asosida yotadigan, ta’lim va uni tashkil etish jarayonini tashkil etish mazmuni, shakl, metod va vositalarini tanlanishini belgilaydigan boshlang‘ich asoslardir

Download 65.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling