Ta’lim shakllari – ta’lim texnologiyasining tarkibi. O’qitishni tashkil etish shakllari haqida tushuncha


Download 28.24 Kb.
bet1/6
Sana09.03.2023
Hajmi28.24 Kb.
#1254694
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
rano 6 mavzu

    Bu sahifa navigatsiya:
  • SINF

TA’LIM SHAKLLARI – TA’LIM TEXNOLOGIYASINING TARKIBI.
O’qitishni tashkil etish shakllari haqida tushuncha.
Ta‘lim insoniyat jamiyati rivojlanishining dastlabki paytlaridayoq katta rol o’ynagan. Maktabning tarixan taraqqiy etish davrida ta‘limni tashkil qilish shakllari turlicha bo’lgan. Ta‘limni tashkil etish shakllari ma‘lum ijtimoiy tuzum va Shu tuzumning manfaatlariga mos holda shakllangan. Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta‘limning mukammal jamoa shakli ya‘ni dars necha yillardan beri takomillashib, unga qo’yilgan talablar murakkablashib va zamonaviylashib bormoqda.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tarixda birinchi bo’lib maktab ta‘limida sinf-dars tizimini yaratdi.
Ya. A. Komesnkiyning ta‘limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo’lsa ham g’arb mamlakatlariga juda tez tarqaldi va ta‘limni tashkil qilishning birdan-bir shakli deb e‘tirof etildi. Sinf-dars tizimi sharq mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon mamlakatlariga tadbiq etilmadi. Ularda 1917 yilga qadar o’rta asr maktablariga xos ta‘lim tizimi (shakli) davom etib keldi. Ushbu maktablarda 6 yoshdan 15-16 yoshgacha bo’lgan bolalarga bir xonada bir vaqt maboynida mashg’ulot olib borilardi. Shu boisdan bolalarning bilim darajalari va o’zlashtirishi ham turlicha bo’lar edi. O’zbek maktablari oktyabr to’ntarishidan keyin sinf-dars tizimiga o’tdi. Hozirgi davrgacha guruhli mashg’ulotlarning sinf-dars tizimi deb atalgan bunday shakli keng tarqaldi, mustahkamlandi va Shuncha vaqt maboynida darsning tashkiliy shakllari ham, ta‘limning metodlari ham uzluksiz takomillashib ketdi.


SINF- yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo’lgan ma‘lum miqdordagi o’quvchilar guruhidir.


DARS deb bevosita o’qituvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta‘lim mashg’ulotiga aytiladi. Dars – o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars – o’quv ishlarining markaziy qismidir. Hozir maktablarimizda qo’llanilayotgan sinf-dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi: Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo’ladi. Dars mashg’uloti asosan 45 daqiqaga mo’ljallangan bo’lib, qat‘iy jadval orqali olib boriladi. Dars bevosita o’qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi. Dars o’tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta‘lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi. Endilikda mustaqil respublikamiz xalq ta‘limi oldiga qo’ygan talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda maktab ta‘limini tashkil qilishning yangi-yangi shakllari yaratilmoqda. Bugungi kunda maktablarimizda ta‘limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda.

Download 28.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling