Falsafa 2-mavzu savollariga javoblar. 202-guruh Askarova Zulxumor


Download 34.5 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi34.5 Kb.
#153463
Bog'liq
Falsafa 2-mavzu


Falsafa 2-mavzu savollariga javoblar. 202-guruh Askarova Zulxumor.

1. Qadimgi sharq falsafasi mifologiya negizida paydo bo'lgan va asosiy e'tibor inson uning turmush tarziga qaratilgan. Ilk falsafiy taʼlimotlar qadimgi Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qadimgi Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bo’linib, biri vedalardan kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) hisoblanadi. Qadimgi Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi VII asrda vujudga kelgan. U Qadimgi Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga “Qoʻshiqlar kitobi“, “Bahor va kuz“ kabi qadimgi yodgorliklar va Konfutsiyning “Aforizm“larini, daosizmni kiritish mumkin. Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qadimgi turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalqlarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi tabiiy-falsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qadimgi Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalqlarining tafakkur tarziga singib ketgan.

2. Falsafa Qadimgi Hindistonda quldorlik davlatlari tashkil topa boshlagan miloddan avvalgi 1-ming yillikda vujudga kela boshlagan. Dastlabki ta’limotlar yozma manba –“Veda”lardir. “Veda”lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo`lib, mutaassib dindor hind uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular “Veda”ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so`zlar deb biladi. “Veda”da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. Hind falsafasi asoslari “Upanishadalar” nomi bilan mashhur bo`lgan manbalarda ham o`z aksini topgan. “Upanishadalar” sirli bilim degan ma’noni anglatib, “Veda”larning falsafiy qismini tashkil etadi. Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo`linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, nyaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari “Veda”ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi. Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun “Veda”ning muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, “Veda”haqiqiy bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo`lishiga qaramay, ular ham “Veda”ning muqaddasligini tan olmagan. Sankxya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab bo`lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va rux (purusha) yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo`nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda (proporsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular quyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, aloqador bo`lmagan sabab. Bu falsafiy maktab haqida buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» asarida atroflicha fikr yuritgan.

3. "Avesto" Markaziy Osiyo xalqlarining ko'p asrlik tarixga ega, butun borliq, undagi moddiy vaa nomoddiy narsalar, ezgulik va yomonlik, barcha tirik mavjudotlar hamda insonlarning turmush tarzi haqida ma'lumot beruvchi qimmatli, zardushtiylikning muqaddas kitobi. “Avesto”da dunyoning yaratilishi , insonning haq bo’lib kamol topishi, ezgulik uchun yovuz kuchlar bilan kurashi, erkinlik, ijodkorlik va bunyodkorlik yo’lidagi orzulari o’z ifodasini topgan. “Avesto” eramizdan oldingi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan. Uning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqli, deb qaraladi. “Avesto”ning bizgacha yetib kelgan nusxalarida Eron shohi Kayxisrav va Turon shohi Franhrasyan (Afrosiyob) o’rtasidagi munosabatlar ifodasini topgan. Bunday tarixiy voqelik miloddan avvalgi 620 –yillarga to’g’ri keladi. “Avesto”da Sharq falsafiy tafakkuriga ilk bor axloq kategoriyasini kiritgan Zardusht hatto o’z ta`limotining sofligini ham suv bilan tenglashtiradi: “Amudaryo naqadar buyuk va suvi qanchalik pok va shirin bo’lsa, bizning ta`limot ham shunchalik buyuk va pokizadir”. Avestoning bosh g'oyasi " Ezgu niyat, ezgu so'z, ezgu amal".

4. Qadimgi Xitoyda falsafa sinfiu tabaqalanish: yer mulkdorlari va shahar boylari yuksalayotgan vaqtda- miloddan avvalgi 6-5-asrlarda shakllana boshladi. Eng avvalgi faylasuf Lao-szi falsafiy mushohadalarni sevgan, tez orada u Osmon va Osmonosti sirlaridan voqif donishmand sifatida xalqqa taniladi. Yosh Konfutsiy saboq olish uchun uning oldiga borgan.

Dao falsafasida ilk substansiya bor, lekin xudo yo‘q, unda xudojo‘ylar bor, ammo dogma yo‘q. Daodagi xudojo‘ylik hayotning, borliqning butunligiga ishonishdadir. Olamni ham, odamni ham hech kim yaratmagan, agar ularni kimdir yaratgan bo‘lsa, yaratish boisi mavjud. Boisi bor narsa o‘tkinchidir, u yo‘q bo‘lishga mahkum. Faqat Mavjudlik, Butun va ularga taallluqli narsalargina barqarordir, abadiydir. “Agar siz ishingizda Butunni, muabbatni tuygan va u bilan bevosita aloqaga kirishgan bo‘lsangiz, demak, siz dao yo‘lidasiz”,- deb aytga edi Lao-Szi. Dao mustaqil fikrlash falsafasidir. Umr hikmati mudom yangi fikr izlab yashashdadir. Ana shunda inson aqlu zakovati ilohiy qudratini, Butunga daxldorligini namoyon etadi. Dao falsafasi biror ta’limotni shakllantirishni va’da qilmaydi. Chunki, hayot ta’limotlardan keng. U hayot kabi rang-barang, hayot kabi mavjlanib, to‘lib-toshib, har bir ondan zavqlanib yashash tarafdoridir. Yashashga o‘rgatish esa, ta’limot bo‘lmasa-da, falsafadir. Dao biror idealga yetishga ham va’da qilmaydi. U hayot kabi tabiiy, ruh kabi ozod, qalb kabi sertuyg‘u, aql kabi chopqir yashash usulidir. Dao dialektik mushohadalar falsafasidir. U hayotni butun borlig‘icha tadbiq etadi va borliqdagi qarama-qarshiliklardan ma’no izlaydi. Hatto ushbu qarama-qarshiliklarga tayanish dao falsafasidagi yagona bilish usulidir.



Konfutsiy kambag’allashib qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tug’ilgan.Konfutsiyning haqiqiy ismi Kun Fu szi (muallim Kun) bo‘lib, lotincha yozilishda Konfutsiy sifatida qayd etilgan. Bu mutafakkir Xitoyning birinchi faylasufi hisoblangan. Uning butun dunyoda mashhur bo’lgan nomi “kun” va “fu tszi”so’zlari asosida yasalgan “Kun” hozirgi vaqtda familiyani anglatuvchi so’z bo’lsa, “fu” faylasuf, “szi” o’qituvchi ma’nolarini ifodalovchi so’zlardir. Ya’ni Konfutsiy “falsafa o’qituvchisi” degan so’zlarning familiya (taxallus) maqomini olgan shaklidir. Konfutsiy yashagan davrdan “To’rt asos” va “Besh asos” degan ulkan yozma yodgorliklar saqlanib qolgan. “Besh asos” Konfutsiyga qadar yaratilgan “Qo’shiqlar kitobi”, “Taomillar kitobi” (“Marosimlar kitobi”), “Rivoyatlar kitobi”va “Folbinlik kitobi” (“O’zgarishlar kitobi”) singari qismlardan iborat bo’lgan. Lekin bu kitoblarning barchasi konfutsiylik ta’limoti asosida qayta ishlangan va Konfutsiy ta’limotining mohiyatini ochishga xizmat qilib kelgan. “To’rt asos” esa Konfutsiy “Hikmatlar”idan tashqari, “Menszi” (“Men - muallim”), “Buyuk ta’limot” va “Oraliq haqidagi ta’limot” singari Konfutsiy shogirdlarining hikmatli so'zlardan tashkil topgan. Konfutsiy ta'limoti markazida "muruvvatli zot" turadi.

5. Markaziy Osiyoning buyuk ensiklopedist allomalari Forobiy, Beruniy va Ibn Sinolar dunyo ilm-fan beshigini tebratgan daholar bo'lishgan. Abu Nasr Forobiy – Sharqda Arastudan keyin “ikkinchi ustoz” unvoniga muyassar bo’lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bo’lib, ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolar sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qilishga bag’ishlangan. Mutafakkir olamni ikki ko’rinishda: “Vujudu vojib” (olloh) va “vujudi mumkin” (barcha moddiy va ruhiy narsalar) misolida talqin qiladi, barcha narsalar “vujudi vojib” tufayli yashash huquqiga ega bo’ladi. Ular o’zaro bir-biri bilan sababiy tarzda bog’lanadi. Sababsiz oqibat bo’lmaganidek, oqibatsiz sabab ham bo’lmaydi,- deydi Forobiy. Abu Rayhon Beruniy deyarli barcha fan sohalarida ijod etgan buyuk qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asardan 28 tasi bizgacha yetib kelgan. Uning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta`sirida shakllandi. U modda va zamon, qonuniyat, zaruriyat va tasodifiyat, harakat va rivojlanish, ziddiyat, sabab va oqibat kabi falsafiy muammolarga katta e`tibor bergan. Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim maqomga egadir. Bilishga bo’lgan qiziqishning ikkita sababi bor. Birinchidan, bu o’ziga hos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan maqsad odamlar ehtiyojlarini qondirishdir. Bilish sezgilar etkazib bergan ma`lumotlardan boshlanadi. Ular bilishning yuqori bosqichi aqliy bilish uchun o’ziga hos ko’makchi va asos bo’lib hizmat qiladi. Bilimning chinligi kuzatuv va sinov — tajriba orqali belgilanadi. Ular tufayli ashyolarning muhim jihatlari o’rganiladi, ularning miqdoriy tomonlari aniqlanadi, bilish jarayonining samaradorligi oshib boradi. Abu Ali ibn Sino buyuk alloma va mutafakkir. U Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilib, Hamadon shahrida vafot etgan. Ibn Sinodan qolgan ma`naviy me`ros taxminan 280 nomdan ziyodroqdir. Ular tibbiyot, falsafa, mantiq, psihologiya, axloq, musiqa, farmakologiya va boshqa sohalarga bag’ishlangan. Olimning “Shifo kitobi”, “Tib qonunlari”, “Bilimlar kitobi”, “Tabiat durdonasi” kabi asarlari mashhurdir. Borliqni talqin etishda Ibn Sino Forobiy izidan borib, uni “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”dan iborat, deb e`tirof etadi. “Vujudi vojib” birinchi sabab vazifasini bajaradi. “Vujudi mumki’» esa uning oqibatidir. Yaratilishi doimiy bo’lganligi uchun yaratilgan “vujudi mumkin’ ham abadiydir. Olimning sababiyatga oid mulohazalari e`tiborga molikdir. Unga ko’ra, sabablar moddiy (muayyan holatni keltirib chiqaruvchi sabab), faol (muayyan holatni o’zgartiruvchi sabab), shakliy (turli hil quvvatlar bilan bog’langan sabab) va tugallovchi (barcha sabablarning pirovard maqsadi) sabablardan iboratdir.
Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling