Ta’lim shakllari – ta’lim texnologiyasining tarkibi. O’qitishni tashkil etish shakllari haqida tushuncha
OLIY O’QUV YURTLARIDA O’QITISHNING TASHKILIY SHAKLLARI
Download 28.24 Kb.
|
rano 6 mavzu
OLIY O’QUV YURTLARIDA O’QITISHNING TASHKILIY SHAKLLARI.
Oliy maktabdagi o’qitish jarayoni o’qitishning shakl va metodlarini tashkil etishning ko’p qirrali yagona tizimiga asosan amalga oshiriladi. Oliy o’quv yurtlaridagi o’qitishning shakl va usullari tasnifi o’zaro bog’langan va o’zaro shartlangan ikki faoliyatga tayanadi: – o’quv jarayonini boshqarish va tashkil etish bo’yicha o’qituvchilarning faoliyati; – talabalarning o’quv va bilish faoliyati. Ta’lim shakllari – ta’lim texnologiyasining tarkibi. O’zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to’g’risida» gi qonunida «Oliy ta‘lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta‘minlaydi» deyilgan. Shu bilan birga oliy ta‘lim talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga ham o’rgatadi. Shu o’rinda yurtboshimiz ta‘kidlaganidek «Ayniqsa o’sib kelayotgan avlod taqdiriga hech kim befarq qaray olmaydi. Bunda oliy o’quv yurtlarining ahamiyati kattadir. Yoshlarni qay usulda o’qitish, ularni tarbiyalash, mustaqil mamlakatning yetuk mutaxassislari bo’lishiga qayg’urish har birimizning muqaddas burchimizdir». Shu nuqtai nazardan oliy maktablarda bilimlarni hozirgi zamon darajasida berib borish alohida ahamiyatga ega. Hozirda oliy ta‘lim ikki bosqichdan iborat, ya‘ni bakalavriat va magistratura. Mana Shu bosqichlarni amalga oshirishda, aniqrog’i, oliy ma‘lumotli yetuk mutaxassis tayyorlashda o’qitishning bir qancha tashkiliy shakllari qo’llaniladi. Oliy o’quv yurtlarida o’quv ishlari va bilim berishning tashkiliy shakllari «Ta‘lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ga asosan olib boriladi. Oliy maktabdagi o’quv jarayoni shakllariga ma‘ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv anjumanlar, maslahatlar, ekskursiya, ekspeditsiya, o’quv ishlab chiqarish pedagogik amaliyoti, kurs va diplom ishlari, talabalarning mustaqil ta‘limi kabilar kiradi. MA‘RUZA– bilim berishning Shunday shakliki, unda pedagog (o’qituvchi) tomonidan berilayotgan bilimlar, malaka va ko’nikmalar talabalarga yoppasiga bayon etiladi. Ma‘ruza – o’quv jarayonining ilg’or usullaridan biri bo’lib, dastlab u o’rta asrlarda biron bir kitobni o’qish yoki uni izohlash yo’li bilan namoyon bo’lgan. Jamiyat rivojlanishi maboynida og’zaki tushuntirishning bu usuli XVIII asrda lotin tilida amalga oshirildi. XVIII asr o’rtalariga kelib ma‘ruzalar rus tilida o’qiy boshlandi. Uning ilg’or namoyandalaridan biri M.V. Lomonosovdir. Fanlar bo’yicha ma‘ruzada hal qilinadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: ilmiy bilimlarning muayyan miqdori bayon qilinadi; talabalarga fan va tadqiqotlarning metodologiyasi tanishtiriladi; o’quv faoliyati va o’quv mashg’ulotlarining barcha turlari orasidagi metodik aloqalar ko’rsatiladi. Didaktik maqsadiga (yo’nalganligiga) ko’ra kirish, tematik va umumiy – yakuniy ma‘ruzalar farqlanadi. Download 28.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling