Ta’lim shakllari – ta’lim texnologiyasining tarkibi. O’qitishni tashkil etish shakllari haqida tushuncha
Download 28.24 Kb.
|
rano 6 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI
AMALIY MASHG’ULOT – o’quv ishlarining mantiqiy davomi bo’lib, bu termin talabalarning mustaqil auditoriya ishlarining umumiy tushunchasi hisoblanadi. Agar ma‘ruzada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bo’lsa, amaliy mashg’ulotlarda bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va detallashtiriladi. Eng muhimi, amaliy mashg’ulotlar talabalarning bilimini sinashga xizmat qiladi. Amaliy mashg’ulotlarda mashqlar, laboratoriya ishlarini o’tkazish, har xil ilmiy tajribalarni o’tkazish kabilar amalga oshiriladi. Bilim berishning bu shaklida ma‘ruzalarda olingan nazariy bilimlar bevosita amaliyot bilan bog’lanadi va o’quvchilar tomonidan tajribalar amalga oshiriladi. Amaliy mashg’ulot shakllaridan biri seminardir.
SEMINAR – talabalarning ma‘ruzadan olgan ilmiy-nazariy bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish maqsadida tashkil etilgan ta‘lim shakllaridan biridir. Seminar jarayonida o’qituvchining o’rni juda yuksak, ya‘ni o’qituvchi talabaning o’rniga javobni aytib bermaydi, balki muhokamalarni tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Seminar mashg’ulotiga tayyorlanish talabalardan katta mas‘uliyatni talab etadi. Jumladan, talabalar seminar darslariga tayyorgarligi davomida mustaqil o’qishlari, kerakli adabiyotlar bilan ishlashlari, ro’znoma va jurnallardan foydalana bilishlari, LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI– Bunda talabalar mustaqil ravishda vazifa bajaradilar yoki eksperiment o’tkazadilar. Laboratoriya mashg’ulotlari talabada tadqiqot o’tkazish ko’nikmalarini shakllantiradi, fan va texnikaga ijodiy yondashishni ta‘minlaydi, eksperimentning umumiy metodikasini egallashga imkon beradi. Laboratoriya mashg’uloti odatda maxsus jihozlangan xonada hamda tegishli apparat, asbob-uskunalar: mikroskop, lupa, kolba, o’lchov asboblari va boshqa qurollar bilan ta‘minlangan joylarda (auditoriyada) olib boriladi. EKSKURSIYA – ta‘lim va tarbiya ishlarining Shunday turidirki, bu usul bilan o’rganilayotgan narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda (zavod, fabrika, dala, tabiatni kuzatishga) yoki maxsus muassasalarga (muzey, ko’rgazma va h.k.larga) tashkiliy ravishda olib boriladi. Ekskursiya usuli asosan o’qituvchi yoki ekskursiya o’tkazishga mas‘ul bo’lgan shaxsning kuzatilayotgan ob‘ektni bayon qilishi, tushuntirishi orqali olib boriladi. Ekskursiya oxirida, albatta yakunlovchi dars o’tkaziladi va unda o’quvchi-talabalar tomonidan tayyorlangan chizma, rasm, taassurotlar kabi materiallardan foydalaniladi. Download 28.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling