Geografiya ta'limida qo'llaniladigan metodlar tasnifi


Download 1.24 Mb.
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1427778
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6 GEOGRAFIYA TA\'LIMIDA QO\'LLANILADIGAN METODLAR TASNIFI

GEOGRAFIYA TA'LIMIDA QO'LLANILADIGAN METODLAR TASNIFI


Maktab geografiyasidan ko‘nikma va malakalar maktabda geografiya o‘qitishning asosiy vazifasi ilmiy tizimlar bilan ya’ni maktabda o‘quv predmeti hisoblangan geografiyaning mazmunini tashkil etuvchi tasavvur va tushunchalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat. Maktabda geografiya o‘qitish davomida o‘quvchilar bilimi o‘zgarmasdan kelmaydi, balki rivojlanib boradi. Bunda tafakkur jarayonida tasavvur va tushunchalar o‘zaro bog‘langan, bir-biriga o‘tib turadi va butunni tashkil etadi. Shu bilan birga tasavvur va tushunchalar o‘quvchilarning ongida o‘ziga xos yo‘l bilan hosil qilinadi. O‘quvchilar o‘z bilimlaridan foydalana olishlari va ularni amalda ishlata bilishlari lozim. Shu sababli geografik bilimlargina emas, geografik ko‘nikma va malakalarga ham ega bo‘lishlari kerak. Geografik bilim, ko‘nikma va malakalar bir-biri bilan aloqada va bog‘liqdir.

O‘quvchilar geografik bilimga suyangan holda geografik ko‘nikma va malakalar oladi. Ikkinchi tomondan mana shu ko‘nikma va malakalar hosil qilish o‘quvchilar bilimini o‘zlashtirishda yordam beradi. Maktab geografiya kursida maktabning boshqa o‘quv predmetlaridagi kabi bir necha umumiy ko‘nikma va malakalar ya’ni kitob, ma’lumotnomalar bilan ishlash, ma’ruzalar tuzish o‘z fikrini og‘zaki yozma bayon qilish, hamda ma’lumotni har bir kishi uchun zarur bo‘lgan boshqa bir qancha malakalar hosil bo‘ladi. Barcha fanlar uchun umumiy bo‘lgan ko‘nikma va malakalardan tashqari har bir geografiya o‘qitish jarayonida o‘ziga xos bo‘lgan ko‘nikma va malakalar ham hosil qilinadi. Bular ko‘nikma va malakalar xaritani o‘qiy olish va u bilan ishlay olish. Bu ko‘nikma xaritada yo‘nalishlarni, masofalarni, joylarning holatini, geografik obektlarning kattaligi va shaklini aniqlay olish, turli xaritalarning shartli belgilardan foydalana bilish. Belgilarga qarab biror hududni ta’riflab berish, mustaqil ravishda oddiy xaritasxema chiza olish va bezash ishlarini o‘zi ichiga oladi. Bir qancha ko‘nikmalar topografiyaga oiddir.

  • O‘quvchilar geografik bilimga suyangan holda geografik ko‘nikma va malakalar oladi. Ikkinchi tomondan mana shu ko‘nikma va malakalar hosil qilish o‘quvchilar bilimini o‘zlashtirishda yordam beradi. Maktab geografiya kursida maktabning boshqa o‘quv predmetlaridagi kabi bir necha umumiy ko‘nikma va malakalar ya’ni kitob, ma’lumotnomalar bilan ishlash, ma’ruzalar tuzish o‘z fikrini og‘zaki yozma bayon qilish, hamda ma’lumotni har bir kishi uchun zarur bo‘lgan boshqa bir qancha malakalar hosil bo‘ladi. Barcha fanlar uchun umumiy bo‘lgan ko‘nikma va malakalardan tashqari har bir geografiya o‘qitish jarayonida o‘ziga xos bo‘lgan ko‘nikma va malakalar ham hosil qilinadi. Bular ko‘nikma va malakalar xaritani o‘qiy olish va u bilan ishlay olish. Bu ko‘nikma xaritada yo‘nalishlarni, masofalarni, joylarning holatini, geografik obektlarning kattaligi va shaklini aniqlay olish, turli xaritalarning shartli belgilardan foydalana bilish. Belgilarga qarab biror hududni ta’riflab berish, mustaqil ravishda oddiy xaritasxema chiza olish va bezash ishlarini o‘zi ichiga oladi. Bir qancha ko‘nikmalar topografiyaga oiddir.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling