Markaziy boshqaruv organlari. Ahamoniylar davlatining oliy hokimiyati tepasida shohlar shohi-shahanshoh turgan. Hokimiyat ierarxiyasida fors zodagonlarining oila boshliqlari, asosiy o’rin egallaganlar. SHahanshoh saroyida Kengash mavjud bo’lib, bu kengashga fors zodagonlarining oila boshliqlari, yuqori martabali amaldorlar, noiblar, saroy amaldorlari kirganlar. Davlat ahamiyatiga molik bo’lgan barcha masalalar ushbu kengashda ko’rib chiqilsada, hal qiluvchi qarorni shahanshoh qabul qilgan.
SHohlar shohidan keyingi o’rindagi ikkinchi shaxs xazarpat (mingboshi) deb atalgan. U podsho gvardiyasi va davlat boshqaruvida shahanshohning asosiy yordamchisi hisoblangan.
Ahamoniylar davlatining bosh mahmuriy markazi So’za shahri edi. Bu yerda shoh devonxonasi mavjud bo’lib, unda barcha davlat hujjatlari-shahanshoh farmonlari, nomalar, farmoyishlar, ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir hujjatlar saqlangan. SHoh devonxonasi boshlig’i dapirpant (mirzo boshi) deb atalagan. Uning qo’l ostidagi devonxonada bosh xazinachilar, hisobchilar, huquqshunoslar, mirzalar kabilar xizmat qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |