Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Download 1.89 Mb.
bet60/221
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#227371
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   221
Bog'liq
2 5456645895326009657

Madaniy hayot. Ilk o’rta asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar O’rta Osiyo madaniyatiga ham tag’sir etmasdan qolmadi. Bu davrdagi madaniy hayot dastavval antik davr madaniy ang’analari asosida rivojlangan bo’lsada, Kushon davlati xarobalarida bir nechta mustaqil davlatlar va mulklarning paydo bo’lishi o’ziga xos mahalliy madaniyatlarning paydo bo’lishiga imkon yaratgan edi. Ilk o’rta asrlarda madaniyatining shakllanishiga shuningdek, qo’shni davlatlar avvalo, Hindiston, Eron, Afg’oniston, Xitoy bilan hamda ko’chmanchi chorvadorlar bilan bo’lgan aloqalar ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan edi.

Bu davr meg’morchiligi O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlarni o’zida aks ettiradi. SHakllanayotgan mulkdorlar toifasi O’rta Osiyoning turli hududlarida yirik qalg’alar qurib, ular atrofini ximoya inshootlari bilan o’rab oladilar. Bunday qalg’alar vohalarda ko’pincha tabiiy tepaliklar ustiga bunyod etilgan. Bunday qalg’alar Xorazm, Toxariston, Sug’d, Ustrushona, Marv hududlaridan topib o’rganilgan. Meg’morchilikda asosan tosh, paxsa, xom g’isht va yog’och qurilish materiali sifatida ishlatiladi.

Mil.IV-VI asrlar O’rta Osiyo xalqlarining diniy qarashlari zardo’shtiylik, buddaviylik, xristianlik va moniylik diniy eg’tiqodlari bilan bog’liq edi.IV-V asrlarga oid zardo’shtiylik ang’analari bilan bog’liq bo’lgan otashkadalar Qashqadaryodagi Yerqo’rg’ondan, Panjikent atroflaridan, Buxoro vohasidan topib o’rganilgan. Ularning barchasida zardo’shtiylik bilan bog’liq bo’lgan ossuariy (astadon) lar uchraydi. Tadqiqotchilarning fikricha,bu davrda zardo’shtiylik diniga O’rta Osiyoning markaziy va shimoliy hududlarida sig’inishgan bo’lsa,mintaqaning janubiy hududlarida buddaviylik dini tarqalgan edi. Buddaviylik dinining ibodatxonalari Qoratepa, Fayoztepa (Termiz), Ushturmullo (Kobadiyon), Ajinatepa, G’ishttepa, Qalaikofirnihon (Toxariston), Marv kabilardan topib tadqiq etilgan.

O’rta Osiyodagi xristianlikning markazi Marv shahri edi. Beruniy mag’lumotlariga ko’ra, Iso payg’ambar tug’ilganidan 200 yil o’tgach xristianlar Marvda paydo bo’lgan edilar. “Tojik xalqi tarixi” kitobida berilishicha, 334 yildayoq Marvda yepiskoplik, keyinroq esa Mitropoliya mavjud edi. Govurqalg’adan xristianlik ibodatxonasi qoldiqlari va xristianlar dafn etilgan qabriston ochib o’rganilgan. Sug’dning ayrim hududlarida (Samarqand va Panjikent) ham xristianlik tarqalganligi haqida mag’lumotlar bor.

III asrning ikkinchi yarmidan boshlab O’rta Osiyoda moniylik dini tarqala boshlaydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha,Moniylik diniga asosan SHarqiy Turkiston va qisman CHag’aniyon hamda Sug’d aholisi eg’tiqod qilgan.

Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo xalqlari sang’ati devoriy suratlar,haykaltaroshlik,turli taqinchoq buyumlari orqali izohlanadi. Devoriy suratlar Dilbarjin (Avg’oniston), Varaxsha, Afrosiyob, Panjikentdan topib o’rganilgan bo’lsa, Quyovqo’rg’on, Vaxshi vohasi, Afg’onistondagi CHaqaloqtepa, Yerqo’rg’ondan turli hajmdagi haykallar,zargarlik buyumlari topib o’rganilgan. Umuman olganda, boy bezaklar, sopol, metall idishlar, devoriy suratlar, hatto kiyimlardagi tasvirlar bu davrda O’rta Osiyodagi tasviriy sang’atning rivojidan dalolat beradi.

Eftalitlar davrida chorvador aholi turkiycha so’zlashganligi sababli,turkiy til tobora ko’proq yoyila boshlaydi. Bu davrda o’troq aholining katta qismi sug’diy tilda so’zlashar edilar. Sug’d tili va yozuvi Yettisuv,Farg’onadan o’tib SHarqiy Turkistonga qadar yetib boradi. Uning “Samarqand usuli”keng yoyilgan edi. Bundan tashqari Xorazm, Kxaroshtiy, Buxoro yozuvlari ham mavjud bo’lgan. Bunday yozuv yodgorliklari Zangtepa,Qoratepa, Afrosiyob xarobalaridan, Kofirqalg’adan topib o’rganilgan.


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling