Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish yo’nalishi 21. 112-guruh tayyorladi: Abdullo obidov


Download 398.47 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi398.47 Kb.
#1441322
Bog'liq
Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish yo’nalishi 21.112

Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish yo’nalishi 21.112-guruh

tayyorladi: Abdullo obidov

RESTORANLAR VA OVQATLANTIRISH KORXONALARIDA ISHLATILADIGAN IDISH- TOVOQ VA ANJOMLAR


1. Chinni, billur va shisha idishlar. Metall idishlar. Restoran biznesida ishlatiladigan anjomlar.
2. Restoran oshxonasida ishlatiladigan sochiq va dasturxonlar. Mijozlarga sovuq gazzakni berishda ishlatiladigan idish tovoqlar.
3. Stolga birinchi va ikkinchi taomni va desertni berishda ishlatiladigan idish tovoqlar.

Chinni, billur va shisha idishlar. Metall idishlar. Restoran biznesida ishlatiladigan anjomlar.

Chinni idish — oppoq qordek, nur o‘tkazuvchan tashqi ko‘rinishi chiroyli, sifati yaxshi, termik xususiyati yuqori, bo‘yoq tutishda chidamli. Chetiga chertsangiz uzoq payt jaranglab turadi va taom iste’mol qilishda estetik tuyg‘u uyg‘otib, taomni lazzatli qiladi. Restoranlar uchun chiqariladigan an’anaviy Xitoy va Yevropa chinnilari restoranning madaniyatini ko‘rkamlashtiradi. Chinniga berilgan bo‘yoq dunyoda eng sifatli va chidamlidir, unda kishi sog‘lig‘iga putur yetkazadigan za-rarli moddalar yo‘q. Bo‘yoq sirti silliq, mustahkam, unda pichoq yoki vilka izlari qolmaydi. Mahsulotning chekka-lari yupqa va yaltiroq, u uzoq muddat chidamliligi bilan farq qiladi, odatdaga idish-tovoqlarga qaraganda 2-4 marta uzoq xizmat qiladi.

Chinni buyumlar

Billur va Metall idishlar. Restoran biznesida ishlatiladigan anjomlar.

Lyuks toifadagi va oliy toifa-dagi restoranlarda stollar billur idishlar bilan bezati-ladi va vino-aroq tarqatishda ulardan foydalaniladi. Billur idishlar tantanali kechalarda, mehmonlarni qabul qilish paytlari, banketlarda ishlatilganda tengi yo‘q manzara vujudga keladi.

Metall idishlar-alyumin, po‘lat, jez, chuyan, temir, melxior, neyzilberlardan tayyorlanadi. Emal bilan qoplanishi mumkin. Alyumin idish shtamp qilinib va alyumin, dyuralyumindan qo‘yish yo‘li bilan yoki ularning ikkinchi eritmasidan tayyorlanishi mumkin. Shtamp qilinib tayyorlangan alyumin idish yengil (tub qalinligi 1,5 mm), urtacha (2 mm) va og‘ir (tubi qalinligi 2,5 mm) bo‘ladi. Quyib tayyorlangan, devorlari qalin idishlar — tovalar, kastryul, qozonlar, agar ularning sirtiga yaxshi ishlov berib pardozlansa, zanglamaydi. Bu idishlar asosan taomlarni qovurish uchun, ikkinchi taom tayerlash uchun ishlatiladi. Alyumin idishlarga turli xil ishlov beriladi, kumushsimon va boshqa har xil ko‘rinishda yaltirab turadi.

Restoran oshxonasida ishlatiladigan sochiq va dasturxonlar. Mijozlarga sovuq gazzakni berishda ishlatiladigan idish tovoqlar.


Download 398.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling