Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Download 1.89 Mb.
bet87/221
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#227371
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   221
Bog'liq
2 5456645895326009657

Ulug’ hojib – oliy hukmdorning eng yaqin kishisi, dargoh bilan devonlar o’rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib turuvchi, rasmiy qabullarni uyushturuvchi amaldor;

Amiri horis – oliy hukmdor chiqargan jazolar hukmlarini ijro etish bilan shug’ullanuvchi amaldor;

Salohdor – saroydagi qurol-aslaha, ayniqsa oliy hukmdorga tegishli narsalarni saqlash bilan shug’ullanuvchi amaldor;

Xos vakil – dargoh ishlarini boshqaruvchi amaldor;

Jangdor – sulton va dargoh xavfsizligini tahminlovchi amaldor. Undan tashqari oliy hukmdor huzuridagi dargoh faoliyatini tahminlashda jomador, sharobdor, choshnigir (sultonning ovqatlanishiga mashul), sarhang, miroxo’r, tashtdor kabi amaldorlar ham xizmatda bo’lgan.

Saljuqiylar davlat boshqaruvidagi devonlar sulolaviy va rasmiy devonlarga bo’lingan. Sulolaviy devonlar oliy hukmdor xonadoni faoliyati bilan bog’liq bo’lib, bu xonadonga tegishli bo’lgan mol-mulk, yer-suv, xazina kabilarning boshqaruvi va hisob-kitobi bilan shug’ullangan. Rasmiy devonlar qo’yidagilar bo’lgan:



Devoni tug’ro – bu devon oliy hukmdorning farmonlari, qarorlari, rasmiy yozishmalari va hujjatlarini tayyorlab, ularni muhr bostirishga taqdim etgan. Joylarga rasmiy hujjatlar yuborish, ulardan hujjatlar qabul qilish, chet ellarga maktublar yuborish, davlat hujjatlarida maxfiylikni tahminlash ham shu devonning vazifasi edi;


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling