Bojxona ekspertizasi va tovarlarni tasniflash


Download 5.46 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi5.46 Kb.
#1132338
Bog'liq
Qurilish materiallari assortimenti va tif tn asosida tasniflanis-fayllar.org


Qurilish materiallari assortimenti va tif tn asosida tasniflanishi

Bojxona ekspertizasi va tovarlarni tasniflash” kafedrasi


Tovarshunoslik fanidan


Mustaqil ishi
QURILISH MATERIALLARI ASSORTIMENTI VA TIF TN ASOSIDA TASNIFLANISHI
Mavzu :

    • 1-kurs BI 220-guruh kursanti Jumaqulov Bunyod.


Davlat Bojxona qo’mitasi Bojxona instituti

Reja:
Qurilish uchun mo‘ljallangan tovarlar to‘g‘risida umumiy tushuncha
Qurilish materiallarining turlari va ularning tasnifi.
Qurilish materiallari tarkibi va tuzilishining ularning xususiyatlariga va ulardan foydalanishga ta’siri va ularning TIF TN asosida tasniflanishi.

Qurilish uchun mo‘ljallangan tovarlar to‘g‘risida umumiy tushuncha.


  • Qurilish materiallari - binolar (inshootlar) qurish va taʼmirlashda ishlatiladigan tabiiy va sunʼiy ashyolar hamda buyumlar. Umumiy ishlarga moʻljallangan (mas, sement, beton, yogʻoch materiallar) va maxsus (mas, akustika materiallari, issiklik izolyatsiya materiallari, oʻtga chidamli materiallar) xillari bor.

  • Qurilish materiallarining ko‘pchilik qismi yog‘ochlik (drevesina), tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir hamda boshqa organik materiallarni qayta ishlash yo‘li bilan hosil qilinadi.

  • Oʻzbekistonda Qurilish materiallaridan sogʻtuproq, sement, alebastr, ganch, qum, shagʻal, marmar va yogʻoch mavjud. Qurilish materiallari uchun Uzbekiston Respublikasi standartlarida jami 120 tadan koʻp standart qabul qilingan.

Barcha qurilish binolari, inshootlari bir xil qurilish elementlaridan iboratdir.

Fundament, asos – binoning asosi bo‘lib, binoning yuklamasini er bilan bog‘lab turadi.


Karkas – vertikal kolonnalar va ularga gorizontal holda birlashadigan elementlardan iborat konstruksiyadir.
Tashkiliy konstruksiya – tashqi ta’sirdan binoning ichki yuzasini himoyalaydi.

Sement (lot. caementum — shagʻal, chaqiq tosh) — sunʼiy noorganik kukunsimon bogʻlovchi mineral. Suv qoʻshilsa, xamirsimon massa hosil boʻladi, vaqt oʻtishi bilan qotib, toshsimon jismga aylanadi. Sement havoda ham, suvda ham qotish xususiyatiga ega.
Sement qurilishda juda keng qoʻllaniladigan betonning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Sement ning romansement, portlandsement, glinozyomsement, kengayuvchan, gidravlik qoʻshimchali kabiturlari mavjud. Romansement ohaktoshni 900° gacha kuydirish yoʻli bilan olinadi, keyin maydalab kukun holiga keltiriladi.


Gʻisht — qurilish materiali; toʻgʻri burchakli parallelepiped koʻrinishidagi sunʼiy tosh. Tabiiy va sunʼiy (mineral) materiallardan tayyorlanadi. Xom va pishiq turlarga boʻlinadi. Xom g’isht tabiiy sharoitda quritiladi. Pishiq g’ishtni tayyorlashning "hoʻl" va "yarim quruq" usullari bor. Oddiy pishiq g’ishtni "hoʻl" usulda tayyorlash uchun sogʻtuproqdan loy tayyorlanadi, yaxshilab pishitiladi, qoliplanadi, quritiladi va xumdonda pishiriladi.

Qurilish materiallarining turlari va ularning tasnifi.

Barcha turdagi qurilish materiallari 2 guruhga bo’lib tasniflanadi.


Belgilanganligiga ko’ra

Xomashyo turi va tayyorlanish usuliga ko‘ra


Belgilanganligiga qarab qurilish materiallari quyidagicha ajratiladi:

Xomashyo turi va tayyorlanish usuliga ko‘ra qurilish materiallari quyidagicha tasniflanadi.

Qurilish materiallarining turlari va ularning tasnifi.

Materiallarning fizik xususiyatlari o‘rtacha zichlik; g‘ovaklilik; gigroskoplik; namlikni yutish; nam, bug‘ va gaz yutilishi; issiqlikdan kengayish; o‘tga chidamlilik yoki yonuvchanlik; akustik xususiyatlari; sovuqqa chidamlilik kabi xususiyatlar bilan aniqlanadi.


  • Materiallarning fizik xususiyatlari o‘rtacha zichlik; g‘ovaklilik; gigroskoplik; namlikni yutish; nam, bug‘ va gaz yutilishi; issiqlikdan kengayish; o‘tga chidamlilik yoki yonuvchanlik; akustik xususiyatlari; sovuqqa chidamlilik kabi xususiyatlar bilan aniqlanadi.

  • Materiallarning mexanik xususiyatlari egiluvchanlik; plastiklik; tiksotropiyalik (buzilgandan keyin ham o‘zining strukturasini tiklash qobiliyati) kabi xususiyatlar bilan aniqlanadi.

  • Materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlari disperslik, gidrofillik, gidrofoblik, korroziya kabi xususiyatlar bilan belgilanadi.


Qurilish materiallari va xomashyosi


O‘zR TIF TNning bo‘limi


O‘zR TIF TNning guruhi


O‘zR TIF TNning tavar pozitsiyasi


Tosh, gips,sement, asbestdan ishlab chiqarilgan mahsulotlar


XIII


68


6801-6815

E’tiboringiz uchun raxmat!



http://fayllar.org
Download 5.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling