Bojxona ishining vujudga kelishtarixi
Download 25.89 Kb.
|
bojxona
Bojxona ishining vujudga kelishtarixi Bojxona — 1) boj undiradigan joy; 2) chegara orqali oʻtadigan jami yuklarni, jumladan, bagaj va pochta joʻnatmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi; oʻtkazilayogan yuklarni tekshirish, tartibga solish va rasmiylashtirish, ulardan boj va yigʻimlar undirish bilan shugʻullanadi. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibqoidalarning buzilishini oldini olish, ularga nisbatan choralar koʻrish, surishtiruv va tezkor qidiruv ishlari olib borish, kontrabandaga qarshi kurashish ham Bojxona vakolatiga kiradi Bojxonalar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir yoʻl st-yalari, chegara punktlarida joylashadi. Bojxona muassasalari tashqi savdoda mamlakat manfaati taʼminlanishini nazorat qiladi, qimmatbaho boyliklar (sanʼat asarlari, nodir metallar va boshqalar) ning mamlakat hududidan olib chiqib ketilishining oldini oladi. Dastlabki Bojxonalar savdogarlarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun boj undirish maqsadlarida tashkil etilgan. Qadimgi Xitoyda ipak qurtini tashqariga olib chiqmaslikni Bojxona qatʼiy nazorat qilgan. Buyuk Britaniyada 1006 yildan boshlab orolga keltiriladigan har qanday yukdan "qirol haqi" undirilgan. Boltiq dengizini Jahon okeani bilan tutashtiradigan boʻgʻozdan oʻtganligi uchun olinadigan "zund boji" asrlar davomida Daniya qirolligi xazinasini boyitib kelgan. Savdo-sotiq erkinligi va xavfsizligini taʼminlashda Bojxona muhim oʻrin tutgan, olib oʻtilayotgan tovarga maxsus belgi qoʻyilgan va bu tovardan boj olinganini ifoda etgan. Oʻrta asrlarda karvon yoʻllarida, maxsus joylar (koʻpriklar, dovonlar hamda shahar tashqarisi va boshqalar)da savdo karvonlaridan boj oluvchi Bojxona lar boʻlgan. Oʻrta Osiyo hududida Bojxonalar uzoq tarixiy davrda shakllanib kelgan. Oʻzbekistonda birinchi Patta Hisor Bojxonasi 19-asr ning oxirlarida Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin tashkil etilgan. Bu Bojxona Afgʻoniston orqali oʻtadigan yuklarni nazorat qilgan. Sobiq Ittifoq vujudga kelgach, bu post Termiz Bojxonasiga aylantirildi. Keyinchalik havo yoʻllarining rivojlanishi bilan 1958 yilda Toshkent aeroportida Toshkent Bojxona posti tashkil etildi va u Termiz Bojxona ga boʻysundirildi. 1959 yil aprelda Toshkent Bojxona posti Bojxonaga aylantirildi. Oʻzbekiston Bojxona tizimining keyingi rivoji natijasida 1984 yilda Toshkent Bojxonasi tarkibida boʻlgan Tuzel qoʻrgʻoni (aeroport) va Fargʻona Bojxona postlari barpo etildi. 80- yillar oxiriga kelib, Oʻzbekistonning iqtisodiy aloqalari kengayishi bilan Bojxona tizimini takomillashtirish zarurati tugʻildi. 1988 yil oktyabrda Toshkent Bojxonasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi bojxonasi tuzildi. Bu Bojxonalar respublika organlariga boʻysunmay sobiq Ittifoq Bojxonasi tarkibiga kirar edi. Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qulga kiritgach, 1991 yil 24 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashki iqtisodiy faoliyatni, B. ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997 yil 8 iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Bojxona xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997 yil 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Boj tarifi toʻgʻrisida", "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi Qonunlari, 1997 yil 26 dek.da Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi (qarang Bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli Bojxona postlari faoliyat koʻrsatadi. Download 25.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling