Bojxona ishining vujudga kelishtarixi
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomeklaturasi ahamiyati
Download 25.89 Kb.
|
bojxona
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomeklaturasi ahamiyati
O‘zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2017-yilgi versiyasini joriy etish to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini jahon amaliyotida qo‘llanilayotgan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi (2017-yilgi versiyasi) bilan yanada unifikatsiyalash maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Jahon bojxona tashkiloti tomonidan jahon savdosida muomalada bo‘lgan tovarlarning xalqaro tasnifini uyg‘unlashtirish maqsadida Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi, ular 2017-yilda kuchga kirdi. 2. Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan yangi tizimi negizida ishlab chiqilgan 2017-yilgi versiyadagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab amalga kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Toxiriy) 2018-yilning 1-yanvariga qadar 2017-yilgi versiyadagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi chop etilishini va u manfaatdor tashkilotlarga yetkazilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish to‘g‘risida” 2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816-sonli qarori 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin. Download 25.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling