Bojxona qoidalari t-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasi


Download 15.27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.02.2017
Hajmi15.27 Kb.
#41

Bojxona qoidalari 

 

1. T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasi 

O‘zbekiston  Respublikasiga  kirishda/chiqishda  bojxona  qonunbuzilishining  oldini  olish 

maqsadida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvida quyidagilarni bilib olishingiz zarur: 

O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tayotganda 16 yoshga to‘lgan shaxs 

tomonidan  naqd  chet  el  valyutasi,  tovar-moddiy  boyliklar  va  boshqa  shaxsiy  mol-mulklarni 

deklaratsiyalash T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish orqali amalga oshiriladi. 

16 yoshga to‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ularga tegishli bo‘lgan 

tovarlar va predmetlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning ota-onalari, boshqa qarindoshlari yoki 

ularni  kuzatib  boruvchi  shaxslar  deklaratsiyalarida,  qarindoshlik  darajasi,  familiyasi,  ismi  va 

tug‘ilgan yilini ko‘rsatgan holda ko‘rsatiladi. 

Bojxona  deklaratsiyasi  yo‘qolgan  taqdirda  deklaratsiya  tiklanmaydi  va  uning  egasi  unda 

ko‘rsatilgan tovarlar va predmetlarni to‘siqsiz olib o‘tish huquqini yo‘qotadi. 



2. Naqd xorijiy valyutani olib kirish 

T-6  shakldagi  bojxona  deklaratsiyasida  ko‘rsatgan  holda  O‘zbekiston  Respublikasi 

hududiga naqd xorijiy valyutani olib kirish barcha toifadagi shaxslar uchun cheklanmagan. 

Rezidentning yoki norezidentning xohishiga qarab naqd xorijiy valyuta TS-21 kvitantsiyasi 

bo‘yicha saqlash uchun qabul qilinadi. 

5000  AQSh  dollari  ekvivalentidan  oshadigan  miqdordagi  naqd  xorijiy  valyuta 

respublikamizga  bojxona  organlari  tomonidan  TS-28  shaklidagi  guvohnomani  berish  bilan 

kiritiladi. 



3. Naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishda ruxsat beriladi 

a)  rezidentlarga  2000  (ikki  ming)  AQSh  dollariga  teng  ekvivalent  miqdor  doirasida 

ruxsatnoma olmasdan; 

b)  rezidentlarga  2000  (ikki  ming)  AQSh  dollariga  teng  ekvivalent  miqdordan  ortiqcha 

summa  -  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  yoki  vakolatli  banklarning  ruxsatnomasi 

bilan; 


v)  rezidentlarga  5000  (besh  ming)  AQSh  dollariga  teng  miqdordan  ortiqcha  summa 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi bilan; 

g)  norezidentlarga  -  bojxona  deklaratsiyasiga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasiga 

keltirilgan  summa  doirasida.  O‘zbekiston  Respublikasiga  kirishdagi  bojxona  deklaratsiyasida 

ko‘rsatilgan  summalardan  ortiqcha  naqd  xorijiy  valyutani  olib  chiqishga  Markaziy  bank  yoki 

vakolatli banklarning ruxsatnomasi bilan yo‘l qo‘yiladi. 

d)  yo‘l  cheklarini  olib  chiqish,  ular  miqdorini  T-6  bojxona  deklaratsiyasida  ko‘rsatish 

orqali ruxsat beriladi. 

Naqd  xorijiy  valyutani  olib  chiqishga  ruxsat  beradigan  bank  ruxsatnomasini  boshqa 

shaxslarga topshirishga ruxsat berilmaydi. 

Bojxona  nazorati  paytida  aniqlangan  qalbaki  naqd  xorijiy  valyuta  o‘tkazilmaydi. 

Aniqlangan  qalbaki  valyuta  olib  qo‘yilib,  qonunda  belgalangan  protsessual  hujjatlar 

rasmiylashtiriladi. 

4. Naqd milliy valyutani olib kirish va olib chiqish 

Rezident  va  norezident  jismoniy  shaxslar  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasining  naqd 

milliy  valyutasini  O‘zbekiston  Respublikasiga  olib  kirish  va  olib  chiqishga  O‘zbekiston 

Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 baravaridan oshmaydigan summa doirasida 

ruxsat beriladi. 

O‘zbekiston  Respublikasida  belgilangan  eng  kam  ish  haqining  50  baravaridan  ortiqcha 

naqd  milliy  valyutani  O‘zbekiston  Respublikasidan  olib  chiqishga  O‘zbekiston  Respublikasi 

Markaziy bankining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. 



5. O‘zbekiston Respublikasiga import qilish (olib kirish)ga taqiqlangan tovarlar 

O‘zbekiston Respublikasiga quyidagi tovarlarni import qilish (olib kirish) taqiqlangan: 



territorial  butunlik,  siyosiy  mustaqillik  va  davlat  suverenitetiga  putur  etkazish,  urushni 

targ‘ib  qilish,  terrorizm,  zo‘ravonlik,  milliy  ustunlik  va  diniy  nafrat,  irqchilik  va  uning 

ko‘rinishlari (antisemitizm, fashizm)ni targ‘ib qilishga qaratilgan bosma nashrlar, qo‘l yozmalar, 

klishe,  rasmlar,  fotosuratlar,  fotoplenkalar,  negativlar,  kino,  video  va  audio  mahsulotlar, 

gramyozuvlar  va  audiomateriallar,  pornografik  mazmundagi  materiallar  shuningdek  tarkibida 

narkotik, psixotrop moddalar va prekurslar bo‘lgan dori-darmonlar. 

O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  chegarasi  orqali  olib  o‘tilayotgan  naqd  xorijiy 

valyuta,  yo‘l  cheklari,  valyuta,  tovar-moddiy  boyliklarni  va  boshqa  predmetlarni 

deklaratsiyalamaslik  yoki  noto‘g‘ri  deklaratsiyalash,  og‘zaki  so‘rov  vaqtida  bojxona  xodimiga 

ma’lumotlarni  bermaslik  yoxud  noto‘g‘ri  ma’lumotlar  berish  bojxona  qoidalarining  buzilishi 

hisoblanadi  va  bunga  yo‘l  qo‘ygan  shaxslar  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida 

belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 

Qo‘shimcha ma’lumotni 

http://www.customs.uz



 saytidan olishingiz mumkin. 

Download 15.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling