Bo’ka tuman Maktabgacha Ta’lim Bo’limiga qarashli 12-sonli dmtt maktabgacha Ta’lim Tashkilotida o’tkazilgan


Download 11.18 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi11.18 Kb.
#1621124
Bog'liq
ssenariy


Bo’ka tuman Maktabgacha Ta’lim Bo’limiga qarashli 12-sonli DMTT Maktabgacha Ta’lim Tashkilotida o’tkazilgan


“Xotira” nomli tadbir ssenariysi
Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar aziz mehmonlar, va aziz bolajonlar. Bugun bizning tashkilotimizda xalqimizning birinchi prezidenti I.A.Karimov xotirasiga bag’ishlab tadbir dasturini tayyorladik.

Xotirangiz qalblarda mangu yashagay!
Buyuk davlat va siyosat arbobi O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shaxrida tavallud topgan. 1990-yil 24-mart kuni Oliy sovet sessiyasida I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi 1-prezidenti etib saylandi. I.Karimov saylangan kunidanoq, yeg’ilishda u aytgan: “Biz bundan buyon eskicha yashamaymiz va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi”, degan fikrlarni ilgari surdi va qadamma-qadam Respublikamizni har tomonlama rivojlanishi uchun chuqur o’ylangan o’z dasturini tadbiq etdi. 1991-yil 31-avgust 12-chaqiriq O’zbekiston Oliy Sovetining 6-sessiyasida Karimov O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligini e’lon qildi. Jasurlik bobida hammaga o’rnak bo’lgan, xalqning tinchlik-farovonligi uchun jonini fido qilgan bobomiz xotirasi qalblarda mangu yashaydi.
Vatan uchun jonin fido qilgan
Bolam deya bizlarni suygan
Ilm yo’lida yonib-kuygan
Qalbimizda mangu qolgan
Karimov O’zbekiston tarqqiyoti rivojlanishida iqtisodiyotga, ta’limga, san’atga, sport sohalariga o’z e’tiborlarini qaratganlar. Ayniqsa ta’limni rivojlanishida kitobxonlikka katta e’tibor berganlar. Kitob bilim manbai. Qanchalik ko’p kitob o’qigan insonning zukkoligi, fikrlashi, o’zaro muloqot, so’z boyligi oshadi.
Kitob fayzli bilim bog’i
Yashnar unda dil yaprog’i
Oftobday nur taratr u
Ilmdan bog’ yaratar u
Baxt-omading undan qidir
U ko’p jumboq kalitidir


Bugun tashkilotimizda 1-prezidentimiz I. Karimov xotirasiga bag’ishlab guruxlararo “Kitob yarmarkasi” va “Sport musobaqasi” tashkil qildik.
Bugungi tadbirimizni ochib berish uchun so’zni tashkilotimiz direktori xurmatli N Nishonovaga beramiz.
Endigi navbat sport musobaqasi shartlari bilan hamda qatnashuvchi ishtirokchilar bilan tanishtirib berish uchun so’z navbatini tashkilotimiz jismoniy tarbiya yo’riqchisi Joniqulova Dilnozaga beramiz.
Musobaqa shartlari:

  1. Ilon izi bo’lib, tennis sharini olib yurish;

  2. Xalqalarni almashtirib yurish;

  3. Kartoshka ekish va yeg’ish

  4. Xalqa ichida koptokni olib yurish;

  5. Sardorlar baxsi.



Musobaqada “Jasorat” va “Shijoat” jamoalari o’zaro baxs olib boradilar. Natijaga ko’ra 3:2 hisobi bilan “Shijoat” jamoasi ga’alabani qo’lga kiritdi.musobaqa qatnashchilari tashkilot tomonidan estalik sovg’a va medullar bilan taqdirlandilar.
Hurmatli hamkasblar aziz mehmonlar, va bolajonlar. Bugungi xalqimizning birinchi prezidenti I.A.Karimov xotirasiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir dasturimiz o’z nihoyasiga yetdi.
Bu ulug’ insonning xotirasi o’zbek xalqining qalbida doimo mangu va abadiy yashaydi.
Download 11.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling