Boks bo‘yicha murabbiyning kasbiy-pedagogik bilimlari


BOKS BO‘YICHA MURABBIYNING KASBIY-PEDAGOGIK


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana09.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1085683
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 maruza

 
BOKS BO‘YICHA MURABBIYNING KASBIY-PEDAGOGIK 
BILIMLARI, QOBILIYATI VA KO‘NIKMALARI. 
 
Boks sportchilarni tarbiyalash murabbiydan umumnazariy va maxsus 
bilimlarni xamda yuksak pedagogik maxoratni talab etadi. Bu maxorat jismoniy 
madaniyat oliygohlarida mutaxassislarni tayyorlash jarayonida shakllanadi. Boks 
bo„yicha murabbiyning pedagogik ko„nikmalari shunday amaliy usullarni, ular 
murabbiy o„quv-mashq qilish jarayonini tashkil etadi: sportchilarga to„plangan 
sport turi texnikasi va taktikasini o„rgatadi; ularda maxsus harakatlanish qobiliyati 
va irodaviy xislatlarni tarbiyalaydi. 
Bilim, ko„nikmalar va qobiliyatini shakllanishi – yaxlit jarayon bo„lib, 
o„zlashtirilayotgan 
bilimlar 
asosida 
bo„lajak 
mutaxassislar 
pedagogik 
ko„nikmalarni o„rganadilar. 
Bilim, ko„nikmalar va qobiliyatni shakllantirishni zaruriy sharti-ularni qayta 
takrorlash va to„xtab o„ylab chiqilgan mashqlar tizimini qo„llash hisoblanadi. Boks 
texnik jihatdan muvafaqiyat qozongan sport turi bo„lib, shu bilan bir vaqtda 



yakkakurash sport turlaridan biri xisoblanadi. Tayyorgarlik jarayonida bokschilar 
turli ximoya – xujum xarakatlarini mukammal o„zlashtirishga intilishlari kerak. 
Bunga esa turli mashq qilish uslublarini qilish orqali erishiladi. Murabbiy bu 
usullarni doimo takomillashtirib turishi kerak. Bu esa undan maxsus kasbiy 
ko„nikmalarni turli boks vositalarini qo„llash texnikasi borasida yuksak amaliy 
tayyorgarlikni talab etadi.
Murabbiy boshlang„ich tayyorlov guruxlari; o„quv-mashg‟ulot va oliy sport 
maxorati guruxlari uchun qobiliyatli sportchilarni tanlab olish (zamonaviy vosita 
va usullar qo„yilgan holda); sportchi organizmining funksional tizimlari 
imkoniyatlarini; mashq qilish va musobaqa yuklamalariga nisbatan ruxiy 
bardoshlik darajasini aniqlay olishi; sport natijasi va uning dinamikasini baxolay 
olishi kerak. Murabbiy odam organizmi rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini 
xamda bokschi modeli ta„riflarini bilishi lozim.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling