Boks bo‘yicha murabbiyning kasbiy-pedagogik bilimlari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana09.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1085683
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 maruza




 
 
TOSHKENT-2016 
MA’RUZA 1 
 
BOKS BO‘YICHA MURABBIYNING KASBIY-
PEDAGOGIK BILIMLARI 



Muallif: 
O„zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti Milliy va xalqaro 
kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Abduxamidov R 
Taqrizchilar: 
O„zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti Milliy va xalqaro 
kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Umarov Q
Ushbu ma‟ruza matni birinchi bosqich talabalarini mutaxassislikka kirish 
bilan tanishtirish uchun mo‟ljallangan. 
Ushbu ma‟ruza matni O„zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti ilmiy-
uslubiy kengashida muhokama qilingan va nashr etishga tavsiya qilingan. 
«16» dekabr 2016, № 
O’zDJTI , 2016 yil. 



Mavzu: BOKS BO‘YICHA MURABBIYNING KASBIY-PEDAGOGIK 
BILIMLARI 
 
Reja
1. Jismoniy madaniyat bo„yicha mutaxassis va boks bo„yicha murabbiy 
faoliyatlariga tavsiyalar. 
2. Boks bo„yicha murabbiyning kasbiy-pedagogik bilimlari, qobiliyati va 
ko„nikmalari. 
3. Zamonaviy boksning paydo bo„lishi. 
4. O„zbekistonda boks. 
5. Boks bo„yicha murabbiy modeli. 
Boks, yakkakurash sport turlarining biri sifatida, o„zining yakkama - yakka 
jangi va belgilangan aniq qoidalari bilan namoyon bo„ladi. Mashq qilish va 
o„rgatish jarayonida, xilma-xil mashqlar sistemasidan foydalaniladi. Bu 
bokschilarning 
maxsus 
tayyorgarligini 
hamda 
jismonan 
har 
tomonlama 
rivojlanishni ta„minlaydi. 
Texnik-taktik munosabatlarda, boks eng murakkab sport turlaridan biridir. 
Jangdagi intilib, o„zgarib turadigan xolat, bokschining tez va aniq bir to„xtamga 
kela olishi va shu bilan birga o„z o„ylarini ro„yobga chiqarishini talab etadi. 
Shuning uchun bokschi epchil, aniq, tez bo„lishi va o„zini yaxshi boshqara olishi, 
har qanday xolatdan chiqib keta oladigan bo„lishi kerak. 
Ringdagi jang o„zining tez harakatli bo„lishini talab qiladi, bu esa 
bokschining organizmining yuqori talabalarga javob berishi kerak deganidir. 
Shuning uchun bokschining chidamliligini hamda kuchini kerakli miqdorda sarf 
qilishga o„rgatish nihoyatda muhimdir. 
Bizning boksimiz to„g„ri yo„ldan og„ishmay borishi uchun, avvalam bor, 
qo„pol bo„ladigan ayovsiz janglardan ya„ni shikastlanish xollarini yo„q qilish kerak 
bo„ladi. 
Kundalik bo„ladigan o„quv-mashq va musobaqalarni ko„paytirish orqali 
sportdagi raqibini yenga olishga o„rgatiladi. Qoidada belgilanmagan zarbalarga 
yo„l qo„ymaslik, zarbalarni turgan xolatda olish qobiliyatini oshirish muhim 
masaladir. 
O„zbekiston sport maktabidagi boks o„zining vatanparvarlik xususiyatlariga 
ega, bu - sog„lom, jasur, ishlab chiqarish mehnatiga layoqatli hamda vatan 
himoyasiga tayyor yoshlarni tayyorlashdir. 
O„zbek bokschilalarining jismonan tayyorgarligi sohasida ko„plab jismoniy 
tarbiya vazifalari amalga oshirilmoqda. Bokschilarning ta„lim va mashq qilishlari
ularning har tomonlama tarbiyasiga qaratilgan. 
Bokschining barcha jismoniy mashqlari, o„qituvchining to„g„ri boshqaruvi, 
tozalikka rioya qilishi hamda shifokor ko„rigi ostida bo„lishi kerak. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling