Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida


Download 0.49 Mb.
Sana13.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1265883
Bog'liq
Boks ozbekiston



Prezidentimizning 2021 yil 29 apreldagi “Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori yurtimizda boksni yangi bosqichda rivojlantirish uchun qonuniy asos bo'lib xizmat qiladi.




Bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (O'zDJTSU) jamoasi


ham qarorda belgilangan vazifalarni bajarishga kirishgan.


Bu haqda O'zDJTSU Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) G'ulomjon RAJABOV quyidagilarni gapirib berdi:


– Bu qaror soha mutaxassislari va bokschilarning ko'p yillardan buyon kutgan orzu-niyatlarini ro'yobga chiqarmoqda.


Hech shubhasiz, bugun boks mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarning eng sevimli sport turlaridan biriga aylangan. Bokschilarimiz jahon ringlarida 2016 yildan buyon o'tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqalarning deyarli barchasida zafar qozonib, etakchilikni qo'ldan bermay kelyapti.


Xalqaro boks maydonida sportchilarimiz egallagan bunday yuqori reyting esa yoshlarning boksga bo'lgan ommaviy qiziqishini yanada oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash tizimini yanada takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlash va moddiy rag'batlantirish, shuningdek, o'zbek boksining dunyoda etakchiligini saqlab qolish uchun katta yo'l ochdi. Bu yo'lda Prezident qarori g'oyat muhim ahamiyat kasb etib, uning ijrosini to'laqonli ta'minlash bo'yicha ishlar boshlab yuborildi.

Xususan, O'zDJTSUning Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan “Boks alifbosi” nomli bazaviy tayyorgarlik elementlarini o'z ichiga olgan “Yo'l xaritasi” ishlab chiqildi. SHuningdek, umumta'lim


maktablari jismoniy tarbiya fanining yillik dasturiga qo'shimchalar kiritish bo'yicha dastur ishlab chiqildi. Maqsad boksning ommaviyligini oshirishga qaratilgan bo'lib, undan asosan boksga yo'naltiruvchi, o'smir va yoshlarning sport turiga bo'lgan qiziqishini orttiruvchi boks elementlari joy olgan.




“Boks alifbosi” dasturidan joy olgan barcha bazaviy elementlar hech qanday xarajat talab qilmaydi va mashg'ulotlar boks uchun talab qilinadigan jihozlarsiz o'tkazilishi deyarli barcha ta'lim muassasasida qo'llash imkoniyatini oshiradi.
Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling