Bola huqulari to’G’risidagi konvensiya


Download 177.5 Kb.
bet11/25
Sana23.02.2023
Hajmi177.5 Kb.
#1223754
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
BOLA HUQULARI TAYYOR

25-modda
Ishtirokchi-davlat parvarish qilish, himoya ostiga olish yoki jismoniy yohud ruhiy davolash, bolaga taqdim etiladigan davolashni vaqtincha baholash hamda bunday vasiylik bilan bog’liq, bolaga tegishli barcha boshqa shartsharoitni yaratib berish maqsadida vakolatli organlar tomonidan vasiylikka topshirilgan bolaning huquqlarini e'tirof etadilar.
26-modda
1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bolaning ijtimoiy ta'minot ne'matlaridan,jumladan, ijtimoiy sug.urtadan foydalanish huquqini e'tirof etadilar hamda ana shu huquq davlatlarning milliy qonunchiligiga muvofiq tarzda to’la amalgam oshishiga erishish uchun zarur chora-tadbirlarni ko’radilar.
2. Bu ne'matlar zaruratga qarab bolaning hamda bolani boqish mas'uliyatini zimmasiga olgan shaxslarning, bola tomonidan yoki uning nomidan ne'matlarni olish bilan bog’liq har qanday fikr-mulohaza nazarda tutilgan holda taqdim etiladi.
27-modda
1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bolaning jismoniy, aqliy, ma'naviy, axloqiy va ijtimoiy kamol topish uchun zarur hisoblangan turmush darajasiga ega bo’lish huquqini e'tirof etadilar.
2. Ota-ona yoki bolani tarbiyalayotgan boshqa shaxslar o’zqobiliyatlari va moliyaviy imkoniyatlari doirasida bolaning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan turmush sharoitini ta'minlashga asosiy javobgardir.
3. Ishtirokchi-davlatlar milliy shart-sharoitlarga muvofiq, va o’z imkoniyatlari doirasida ana shu huquqning amalga oshishida ota-ona va bolani tarbiyalayotgan boshqa shaxslarga yordam ko’rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko’radilar, zarurat tug.ilgan hollarda moddiy yordam beradilar ayniqsa oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy bilan ta'minlash borasidagi dasturni qo’llab-quvvatlaydilar.
4. Ishtirokchi-davlatlar ota-ona yoki bola uchun moliyaviy javobgar hisoblangan boshqa shaxslar tomonidan bolani boqish ishtirokchi-davlat ichida ham, xorijda ham tiklanishini ta'minlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko’radilar. Xususan, bola uchun moliyaviy javobgar shaxs va bola turli davlatlarda yashayotgan bo’lsalar, ishtirokchi-davlatlar xalqaro bitimlarga qo’shilishga yoki shunday bitimlar tuzilishiga, shuningdek, boshqa tegishli kelishuvlarga erishishga ko’maklashadilar.

Download 177.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling